O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim , Fan va Innovatsiyalar Vazirligi
Renessans Ta’lim Universiteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
207-guruh talabasi Madyarova Nafisaning
Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan tayyorlagan
REFERATI
Mavzu:Boshlang’ich ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslari
Re j a:
1. Innovatsiya haqida tushuncha.
2. Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan
foydalnish yo‘llari.
3. O‘qitishda innovatsion faoliyat turlari.
4. Boshlang’ich sinfda interaktiv usullardan foydalanish yo‘llari.
Ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni faol qo’llash, ta’lim
samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O’quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o’stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O’qituvchi darsda boshqaruvchi o’quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog’i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko’p qirrali samara keltiradi. Boshlang’ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo’g’ini bo’lgani sababli ana shu jarayonda o„quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko„proq e‟tibor berish lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan o’quvchilarni maktab hayotiga ko’niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo’l ochib beradilar. Bolalarning o’qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang’ich sinf o’qituvchilarining vazifasi mas’uliyatli ekanligini ko’rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o’tkazish metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ichki yaqinlashuvidir. Ta’lim tizimida innovatsion deyilganda ta’lim maqsadi va mazmuniga yangilik kiritish , yangicha yondashish , pedagog va talabaning hamkorligidagi faoliyatini tashkil etish, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta’limning uslub, shakl, va vositalarining majmuasi tushuniladi. Boshlang’ich sinfda ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o’qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang’ich sinflarda ko’proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o’yin mashqlardan foydalanib, darslar o’tish yaxshi samara beradi. Ko’proq atrof-muhit bilan bog’lab o’tilgan mashg’ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko„nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o’ziga xosligi shundaki, ular o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
O’qitish jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchilar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilish, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (innovatsion) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Innovatsiya- muayyan tizimning ichki tuzilishi.
Ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi.
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan. Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi.
Innovatsiya- yangilik kiritish,yaratish. An’anaviy ta’limdagi kabi bir xil
shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiyadir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga ko’maklashadi. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi kerak. Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmalarini egallash jarayonidgi ishlari doirasini aniq belgilab hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘qish motivlarini o‘stiradi.
Ta’lim jarayonini innnovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur.
Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmalarni egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. SHuningdek, u qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko‘proq interaktiv metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. (Interaktiv so‘zi inglizcha - interaction, ya’ni, inter - aro, o‘zaro, acta harakat ma’nosini anglatadi.) Interaktiv usullar - bu o‘zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o‘qitish demakdir. Interaktiv usullarning 4 asosiy turi mavjud. Bular
kognitiv usullar;
o‘yinlar, eksperimental faoliyat;
ishbilarmonlik o‘yinlari, modellashtirish;
amaliyot orqali o‘qitish, bevosita faoliyat.
Boshlang’ich sinflarda foydalanish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari quyidagilar:
Ilmiylik tamoyili - har qanday o’quv predmeti o’quv materiali fanning zamonaviy yutuqlarga tayanish lozimligini ko’rstadi. Bu tamoyil o’quv dasturlari, o’quv qo’llanma, darsliklarini yaratishda amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga ko’ra har yili fanlarning ishchi o’quv rejalari va o’quv materiallarini takomillashtirishni talab etadi.
Loyihalash tamoyili - o’quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o’quv jarayoni grafigi, o’quv reja, fanning ishchi o’quv dasturi, fan bo’limlari o’quv maqsadlari toifalari, o’qitish jarayoni texnologiyasi egallangan bilim va malakalarni baholash mezonini yaratishni ma’nosini bildiradi.
Tizimlilik tamoyili - o’quv jarayonining barcha elementlari, ularning o’zaro bog’liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi.
Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili - har bir fanni o’qitish jarayoni ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Boshqaruvchanlik tamoyili - o’quv jarayoni boshqariladigan taqdirda o’qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin.
Qayta takrorlanish tamoyili - zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga oshitiladi.
Samaradorlik tamoyili - innovatsion texnologiyalarni o’qitishning ko’zlangan natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishni ko’rsatadi.
Faoliyat yondoshuvi tamoyili - ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo’llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi.
Boshlang’ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o’ziga xos hamda o’quvchi shaxsida o’ziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilg’or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish darslarning xilmaxil shakllarida o’qitishni takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi. Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O’z o’rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli kundalik” mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foydalanib o’tish dars samaradorligini yanada oshiradi.
|