|
Referati mavzu: Boshlang’ich ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslari Re j a
|
bet | 3/3 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 21,1 Kb. | | #138636 | Turi | Referat |
Bog'liq Madyarova NafisaO’z o’rningni top” mеtodi.
Mavzu bo’yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yеchimini topishga yo’naltirilgan. Bunda o’quv chilar o’z fikrini bayon qilishi, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuza tishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
Maqsadi: o’quvchilarda o’z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir.
Vazifasi: o’quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o’z fikrlarini isbotlashga o’rgatiladi. Masalan, Xans Kristyan Andersenning “Bolalar gurungi” ertagida qo’llanilgan. “Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko’ra kichik guruh 4- 5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o’quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tеgishli qismini puxta o’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi.
Ma’lum vaqtdan so’ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. Shu tarzda rivoyat mazmunini barcha o’quvchilar o’zlashtirib oladilar. Maqsadi: o’quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Vazifasi: o’quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o’z fikrini tushuntirib, isbotlashga o’rgatish. Masalan, Xondamirning “Tanbeh” rivoyatida qo’llanilgan. Boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati.
Yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan, barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalab,
yoshlarga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o’taydi. Darslar jarayonida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o’quvchini o’qish, bilim olishga ishtiyoqini o’stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi bo’lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo’lamiz.
|
| |