|
Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlariBog'liq 42-44www.pedagoglar.uz
41-son 1–to’plam fevral 2023
Sahifa: 43
tekshirish, qiyoslash maqsadida qo‘llaniladi. Nemis olimi V.Shtern, fransuz olimi
R.Zazzo, rus olimlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina
va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuzatish «Ona kundaligi»
singari nomda ham atalishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar ilmiyligini oshirishda
bir necha fanlar hamkorligiga suyanib kompleks metodlar qo‘llaniladi. Hozir
muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, kosmik psixologiya, tibbiyot
psixologiyasidagi ko‘pgina kashfiyotlar shu usullar bilan ochilmoqda.
Ikkinchi guruh – empirik metodlarga kuzatish, eksperiment, test, so‘rov,
sotsiometriya, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tadqiq qilish, tarjimayi hol
kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini
bajaradi.
Uchinchi guruh metodlari natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib,
ular statistik (miqdoriy) va psixologik (sifat) tahlili turlariga bo‘linadi. To‘plangan
ma’lumotlarni qayta ishlab chiqishda matematik formulalardan foydalaniladi.
Tadqiqot metodlarining to‘rtinchi guruhi – genetik va donalash metodlaridan
iboratdir.
Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish
bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi. Uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik
uchun yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Quyida
psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarining empirik metodlar
guruhini tahliliy ko‘rib chiqamiz: Kuzatish metodi. Psixologiyada keng
qo‘llaniladigan bu metodning mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa
odamning xatti-harakatlarini, xulq-atvorini, psixikasining tashqi ko‘rinishlarini
kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy kuzatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzatadigan
obyektlarni nihoyatda diqqat bilan aniq o‘rganishi, pala-partishliklarga yo‘l
qo‘ymasligi lozim. Psixik holatning tashqi alomatlariga ishongan holda ish ko‘rish
har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odamning xatti-harakatlarini to‘g‘ri talqin
qilish ayniqsa muhimdir. Ba’zida o‘quvchi juda diqqat bilan tinglayotgandek
ko‘rinsa ham, tamomila boshqa narsa haqida o‘ylab o‘tirgan bo‘ladi. Binobarin,
bolalar holatini bilmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz ko‘z yugurtirib turishning o‘zi kifoya
|
| |