• Kalit so‘zlar
  • Kompetensiyalarini shakllantirishda bolalar adabiyotidan foydalanish pedagogik muammo sifatida




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana24.09.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #272316
      1   2
    Bog'liq
    ZDIF 0405



    21
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LINGVISTIK 
    KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA BOLALAR ADABIYOTIDAN 
    FOYDALANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 
    To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi 
    Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktaranti 
    +99897-903-95-96
    azizatorabekova4@gmail.com 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7728511 
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bolalar adabiyoti orqali til 
    kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari keltirilgan. Maqolaning saviyasi 
    shu mavzuda xorijlik va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari ham yoritilgani bilan belgilanadi. 
    Kalit so‘zlar: 
    til, tilshunoslik, lingvistik kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim. 
    -Zamonamizning muhim shartlaridan biri bo‘lgan fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan 
    o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar ta’lim sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini 
    yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr 
    etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish 
    hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” PQ-3271-sonli qarori, 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta 
    maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 187-sonli 
    qarori, “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-673-sonli qonunining qabul qilinishi 
    va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
    mazkur dissertatsiya tadqiqi muayyan darajada xizmat qiladi. 
    Umumta’lim maktablarida ham ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar 
    amalga oshirilmoqda va bu xalq ta’limi sohasida tubdan o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab 
    bo‘lmoqda. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi 
    Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv 
    dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalar ilg‘or xalqaro mezonlarga 
    moslashtirilishi lozimligi alohida ta’kidlanganligi fikrimiz isbotidir. “Shu bilan birga bolalarning 
    tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli 
    kitoblar yaratish zarurari, bu borada kelgusi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim 
    standarti o‘rniga ilg‘or tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv 
    dasturi” joriy etiladi”[1], - deya ta’kidlagani soha mutasaddilari oldiga ulkan vazifalar qo‘yadi.
    Respublikamiz umumta’lim maktablarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, 
    lug‘at ustida ishlash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlariga zamin yaratish va darslarni 
    integrativ yondashuvlar asosida tashkil etish borasidagi muammolar bir qator olimlarimiz 
    tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, Sh.Yusupov[9], G.Axmedova[2], O.Oxunjonova[6], 
    M.Haydarov[4], B.To‘xliyev[7]larning tadqiqot ishlari taqsinga loyiqdir. Respublikamiz 
    umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalarini 
    shakllantirish 
    masalalari 
    Q.Abdullayeva, 
    S.Matchonov, 
    B.Makulova, 
    T.G‘afforova, 
    G.A.Mamatova; yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning adabiy-nazariy tushunchalarini 
    shakllantirish masalalari A.Zunnunova, Q.Yo‘ldoshev, M.Mirqosimova, U.M.Marasulova, 
    R.X.Niyozmetova, Q.P.Husanboyevalarning ilmiy ishlarida tahlil etilgan; boshlang‘ich sinf 


    22
    o‘quvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari K.Qosimova, 
    Sh.Yo‘ldosheva, X.G‘ulomova, A.Nisanbayevalar tomonidan tadqiq qilingan. 
    Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari olimlari ham o‘zlarining davlat tillarini o‘qitish 
    yuzasidan minglar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazganlar. Ularda ta’limning turli bosqichlarida 
    lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirish, shu bilan birga nutqiy 
    kompetensiyalarni rivojlantirish yuzasidan ilmiy-metodik ishlar amalga oshirilgan. Bunday 
    tadqiqotchilar sirasiga М.Р.Львов[12], Р.А.Будагов[10], Е.М.Катонова[11], В.А.Маслова[14], 
    М.Р.Майенова[13] larning ishlarini aytib o‘tish joizdir. 
    Bugun kunda ta’lim sohasida kompetensiya, kompetentlilik kabi tushunchalar muomalada juda 
    keng foydalanilmoqda. Bu so‘zning asl ma’no-mazmuni nimalardan iborat? Kompetensiya 
    (“competence”, “to compete” so‘zidan kelib chiqib) so‘zi o‘zida “musobaqalashmoq”, 
    “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” ma’nolarini ifodalaydi. So‘zma-so‘z tarjima qilganda 
    “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida ifodalanadi. Atamaning mohiyati shundan 
    iboratki, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “uquvlilik”, “muvaffaqiyatlilik, 
    “natijalilik”, “tushunuvchanlik”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar bilan 
    tasniflanadi[5].
    Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, lingvistik kompetensiya o‘quvchilarda tilning 
    grammatikaga oid bilimlarini rivojlantirish va o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan unumli 
    foydalangan holda o‘quvchilar o‘z fikrlarini to‘g‘ri, izchil, ravon va ma’noli, shu bilan birga 
    tinglovchiga tushunarli tarzda bayon etishini shakllantirishdan iborat.
    Tilning grammatikgaa oid bilimlari deyilganda esa biz tilshunoslik fanining bo‘limlari: fonetika 
    – tovushlar, leksikalogiya - so‘zlarning lug‘aviy boyligi, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, 
    morfologiya - so‘z shaklari, sintaksis - so‘z tuzilishi va qurilishi, yozuv va imlo, tinish belgilari, 
    nutq uslublariga oid tushunchalarni egallashi tushuniladi[4]. 
    Mazkur kompetensiyani rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarda fikr va mulohazalarini o‘z ona 
    tilida erkin, aniq, qisqa, ravon va tushunarli tarzda bayon eta olishiga, o‘z nutqida adabiy til 
    normalariga rioya qilgan holda so‘zlash, imlo va uslubiy xatolarsiz fikr almashishga yordam 
    beradi. Umumta’lim maktablarida mazkur kompetensiyalarga ega o‘quvchini tarbiyalash “Ona 
    tili” fanining zimmasidadir. Biroq amaldagi darsliklarimiz lingvistik bilimdon o‘quvchini qay 
    darajada tarbiyalamoqda?! 
    Olima G.Yusupovaning “Bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda 
    aralash ta’limdan foydalanish metodikasi” nomli tadqiqoti natijasida bo‘lajak pedagoglarning 
    lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanishning tanishuv
    ijodiy qism, baholash bosqichlari, o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida 
    baholash texnologiyalari aniqlashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin [7]. Mazkur tadqiqotda 
    ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida 
    baholash texnologiyalari bo‘yicha asoslab berilganligi ishning yutug‘i hisoblanadi. 
    Ona tili darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarda tilshunoslikka oid nazariy bilimlarni boyitish 
    emas, balki o‘quvchilarda mazkur bilimlarni amaliyotda tadbiq eta olish, qo‘llash 
    ko‘nikmalarini shakllantirish deb belgilab olish bugungi kun ta’lim sohasi oldida turgan asosiy 
    muammo hisoblanadi. Mazkur muammoning yechimi sifatida o‘quvchilarda lingvistik 
    bilimlarni badiiy adabiyot vositasida shakllantirish esa nazariy bilimlarni kontekst ichida 


    23
    kelishi bilan bog‘lagan holda tushuntirish bilim oluvchilarning o‘qib o‘rganganlarini tushunarli 
    va esda qolarli bo‘lishini taminlaydi. 
    Bolalar adabiyoti orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini 
    shakllantirish metodikasini yaratish maqsadini amalga oshirish uchun bir qator vazifalar ishlab 
    chiqildi. Mazkur vazifalar quyidagilar etib belgilandi: 
    -
    ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish 
    yuzasidan pedagogik va metodik imkoniyatlarni tahlil qilish; 
    -
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning 
    didaktik komponentlarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; 
    -
    ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida lingvistik kompetensiyalarni 
    shakllantirishdagi didaktik jihatlarini belgilash; 
    -
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning 
    ilmiy-metodik taminotini takomillashtirish
    -
    “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligini tahlil qilish va darslik mavzularini 
    mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha metodik adabiyotlar ishlab chiqish. 
    Mazkur vazifalarning amaldagi holati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarning 
    lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qilsa, o‘quvchilar 
    uchun esa maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Mazkur tadqiqot 
    natijalari ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir etadi. 

    Download 0,52 Mb.
      1   2




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompetensiyalarini shakllantirishda bolalar adabiyotidan foydalanish pedagogik muammo sifatida

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish