• Terrorizm
  • Black History Month




    Download 4,83 Mb.
    bet1/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #248974
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizm xavfsizlikka tahdid

    Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizm xavfsizlikka tahdid

    Kirish

    XXI-asr texnologiyalar asri bu hech kimga sir emas. Bugungi kunda istalgan ma’lumotni bir necha soniyalar ichida topish va undan foydalanish mumkin. Lekin bir yomon tomoni bu o’rgimchak to’riga filtr o’rnatilmagan u xar qanday ma’lumotni topib beradi. G’arazli kimsalar tarqatayotgan ma’lumotlarni ham. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o’zlariga “Allohning quli” “Allohning qilichi” “Ummu falona” va shu singari jarangdor nomlar qo’yib sodda insonlarni o’z domiga tortishmoqda. Ular dinni o’ziga niqob qilgan ekstremist terrorchilardur. Diniy ekstremizm qanday paydo? Qachon paydo bo’ldi?

    Terrorizm

    Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. “Terrorizm” so‘zi birinchi marta 1793–1794-yillarda Fransiya inqilobi davrida iste’molga kiritilgan. O‘sha davrda bu so‘z ijobiy ma’noda qo‘llangan va hukmdorlar tomonidan xalqqa nisbatan zulm oshib ketganda unga qarshi kurash ifodasi sanalgan.Shunday bo’lsada ular xech qachon ijtimoiy barqarorlik va tarqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etib o’tish lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda.

    Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligini barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarini turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Bu yot g’oya tarafdorlari qilgan buzg’unchiliklarni xali xech kim unutmagan. Oddiygina misol 2001- yil 11- sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 23 yil avval — 2001-yil 11-sent­abrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida bo'lsa kerak. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va narxi nechadir milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita bino yer bilan bitta bo‘lgan edi.


    Download 4,83 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 4,83 Mb.