|
Black History Month
|
bet | 2/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #248974 |
Bog'liq Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizm xavfsizlikka tahdidDiniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligini barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarini turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Bu yot g’oya tarafdorlari qilgan buzg’unchiliklarni xali xech kim unutmagan. Oddiygina misol 2001- yil 11- sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 23 yil avval — 2001-yil 11-sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida bo'lsa kerak. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va narxi nechadir milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita bino yer bilan bitta bo‘lgan edi. Dunyoviy nuqtayi nazardan qaralganda, din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma’lum bir tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllandi. Har bir davlat dini xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud kelganligining o’zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, davlat, guruh, shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko’maklashgan. Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va kamchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordam berib kelgan.Shuning uchun ham din insonnning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo’lib kelmoqda.
|
| |