|
Fanlar universiteti
|
bet | 3/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #244396 |
Bog'liq monopol raqobatlashgan bozorUMUMIY XUSUSIYATLAR
RAQOBATLASHMAGAN BOZOR TURLARI
SOF MONOPOLIYA - bu bitta sotuvchi va ko‘p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o‘rnini bosadigan tovar bo‘lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo‘lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo‘lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.
OLIGOPOLIYA - bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.
MONOPOL RAQOBAT BOZORI to‘liq raqobatlashmagan bo‘lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko‘p bo‘lib, ularning har biri o‘z tovarlari narxini ma’lum chegarada nazorat qiladi, ya’ni ular kichik bo‘lsa ham monopol hokimiyatga ega.
MONOPSONIYA - xaridor bitta bo‘lib, sotuvchilar ko‘p bo‘lgan bozor.
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo‘ladi.
Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko‘rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko‘payadi.
SOF MONOPOLIYA VA BOZOR HOKIMIYATI - Sof monopoliya mahsulot o‘rnini bosadigan boshqa mahsulot bo‘lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko‘proq mahalliy bozorlarga xos bo‘ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stansiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo‘lmasa mahalliy kommunal xo‘jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub’ektlar bozor sharoitida narxga ta’sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
- Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil bu - tarmoqqa kirish to‘siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori bo‘lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‘lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo‘lgan firmalar uchun maxsus to‘siqlar bo‘lishini taqazo qiladi. Tarmoqga kirish to‘siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to‘xtatuvchi cheklanishlar.
|
| |