|
Fanlar universiteti
|
bet | 2/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #244396 |
Bog'liq monopol raqobatlashgan bozorMONOPOLIYA ATAMASI
“Monopoliya” atamasini quyidagicha tushunchalari
MONOPOLIYA ATAMASI
Tabiiy monopoliya atamasi ko’pincha bitta korporatsiyaga nisbatan qo’llaniladi. Garchi bu atama bozorni juda keng ma’noda tavsiflash mumkin bo’lsa ham. Tabiiy monopoliyaga asosan temir yo’l, suv ta’minoti kabi tizimlarni kiritish mumkin.
Davlat (yopiq) monopoliyasi - monopoliya bozorining tovar chegaralarini, monopoliya (monopolist) subyektini, uning faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish shakllarini, shuningdek, uning vakolatlarini belgilovchi qonunchilik to’siqlari kuchi bilan yaratilgan monopoliyadir.
Ochiq monopoliya - raqobatchilar ushbu texnologiyani va ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni o’zlashtirgunga qadar bo’lgan davrda yangi texnologiya yoki mahsulotning yuzaga kelishi natijasida mavjud bo’lgan vaqtinchalik holat.
MONOPOLLASHGAN BOZOR
MONOPOLLASHGAN BOZOR — ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi. Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx b-n raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanad
Monopolistik raqobatga ega bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
• Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi);
• Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan;
• Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi;
• Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi)[6];
• Firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda erkin qaror qabul qila olishadi. Masalan, istalgan firma tovarining elastiklik darajasiga koʻra oʻz mahsuloti narxini yoki oshirib yoki kamaytirib qoʻshimcha foyda olishi mumkin. Aytaylik, elastiklik 5 ga teng boʻlgan sharoitda agar firma oʻz mahsuloti narxini 10 foizga tushirsa uning mahsulot sotish hajmi 1,5 barobarga oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, shu sababli bu narx siyosati koʻplab firmalarga sezilarli boʻlmagan tarzda zarar yetkazishi mumkin. Agar sof raqobatlashgan bozorda firma narxni oʻzgartira olmasa, monopolistik raqobat sharoitida firmaning narx siyosati kichik chegaralar ostida kechadi: agar firma narxni keragidan ortiq oshirsa, ashaddiy mijozlar ham raqobatchilarga ketishi, haddan ziyod tushirsa(yaʼni juda koʻp ishlab chiqarsa) oʻsuvchi xarajatlar funksiyasi zarar keltirishi, zarar keltirmagan taqdirda bir birllik mahsulot narxi uning tannarxi (ATC) dan ham pasayib ketishi mumkin.(Shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda firmalar kelishib ish koʻrmasligi kerak)
|
| |