Shuningdek, yurtimizda sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, doimiy takomillashtirilib borilmoqda




Download 0.73 Mb.
Sana03.03.2024
Hajmi0.73 Mb.
#166126
Bog'liq
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat
14-mavzu. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari, Axborot xavfsizligini tamiinlashning zamonaviy usullari, Ikki o’lchovli integralva uni hisoblash, Ikki o‘lchovli integralni qutb, Хива туман КХМ Конституция олимпиадаси, Doc1, Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, magistral-yollarning-korinishi-cheklangan-ikkinchi-darajali-kesishmalarda-harakatlanadigan-avtomobilning-harakat-xavfsizligi-takomillashtirish, Т И Аскархужаев ва бошкалар Йул куриш машиналаридан фойдаланиш Т, Savollar huquqdan, yol-toshamalarida-paydo-boladigan-deformatsiyalarni-organish-va-uni-yechimlari, YOʻL-MUHANDISLIGI-AVTOMOBIL-YOʻLLARI-EKSPLUATATSIYASI, abdurax, ilova diplom

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan Transport vazirligi hamda uning huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining “Avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan nazoratning amalga oshirilish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining tegishli Farmon va qarorlari ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, yurtimizda sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, doimiy takomillashtirilib borilmoqda. Masalan, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun bilan avtomobil yo‘llari sohasini boshqarish, yo‘llarning toifalari, moliyalashtirish, qurish va saqlash masalalari batafsil tartibga solindi.
So‘nggi uch yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 1 500 dan ortiq qishloq va mahallalardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilib, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan salmoqli ishlar qilindi.
Xususan, mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) tizimlarini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 2,0 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish sezilarli darajada ko‘paytirildi. Oxirgi 5 yilda respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan jami 80 531 km avtomobil yo‘llarini, 1 265 dona ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Axborotda keltirilganidek, joriy yilda davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida dasturga kiritilgan 3 576 ta yo‘l qurilishi obyektlaridan 2 337 tasida tadbirkorlik subyektlari, 1 239 tasida davlat muassasalari ishtirokida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 13 sentyabrdagi tegishli qaroriga asosan yo‘l qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan tadbirkorlik subyektlarida qoidabuzarliklarni oldini olishga qaratilgan 1 094 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.
Qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etish bo‘yicha buyurtmachilarning taklifiga asosan jami 41 ta yo‘l qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida hududiy davlat inspektorlarining ishtiroki natijasida amalga oshirilgan. Xususan, avtomobil yo‘llari bo‘yicha jami 23 ta obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ijro hujjatlari to‘liqligi ta’minlanib, obyektlar foydalanishga qabul qilingan.
Sun’iy inshootlar bo‘yicha esa 18 ta obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ijro hujjatlari to‘liqligi ta’minlanib, ular foydalanishga qabul qilingan.
Yo‘l qurilishi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini boshlash bo‘yicha buyurtmachilarning murojaatlari asosida 111 ta, shundan, 52 ta avtomobil yo‘l obyektlari va 59 ta sun’iy inshoot obyektlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda nazorat qilish ishlari amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Yig‘ilishda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, ayrim kamchiliklar ham borligi qayd etildi. Xususan, bugungi kundagi zamonaviy transport vositalarining kirib kelishi va ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati me’yoriy talablardan yuqori ekanligi oqibatida ko‘priklarda avariya oldi holatlari kuzatilmoqda.
Shu bilan birga, avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarning qatnov qismi deformatsiya shovlari zamon talablariga javob bermayotgani sababli qatnov qoplamada yoriqlar va cho‘kishlar paydo bo‘lyapti. Qolaversa, mahalliy hokimiyatlar tasarrufida bo‘lgan ko‘priklarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bo‘lmagani tufayli ko‘priklar ta’mirtalab va yaroqsiz holatga kelib qolmoqda.
Yig‘ilishda deputatlar mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratgan holda, yangi qurilayotgan ko‘prik inshootlari ko‘p hollarda 1970-1975 yillarda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida loyihalashtirish davom etayotgani sabablari bilan qiziqdilar.
Shuningdek, ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar diagnostikasi ishlari nega me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddatlarda o‘tkazilmayotgani, me’yorlarga ko‘ra ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar kamida 5 yilda bir marta diagnostika qilinishi lozimligini qayd etgan holda, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda, degan savol bilan mutasaddilarga murojaat qildi.
Vazirlik mutasaddilari ko‘tarilgan har bir savol, taklif va fikr-mulohazalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirilar berib, kelgusida avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Muhokamalar davomida deputatlar avtomobil yo‘llarini qurish loyihalashdan boshlab, qurilish jarayoni va foydalanishga topshirilgunga qadar buyurtmachilarning asosiy vazifalari loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.
https://cyberleninka.ru/
Download 0.73 Mb.




Download 0.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shuningdek, yurtimizda sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, doimiy takomillashtirilib borilmoqda

Download 0.73 Mb.