|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 1/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Sifat tushunchasi mihoyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari.
2. “Mehmonxona xo’jaligida xizmatlar sifatini boshqarish” fanining predmeti va mazmuni, maqsad va vazifalari.
3. Mehmonxona menejmentida fanni o’qitishning zarurati.
4. Sifatni boshqarish raqobatchilikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida
1. Sifat tushunchasi mihoyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari.
Sifat tushunchasi va sifatga b o ig an munosabat ko‘p asrlar davomida shakllanib kelgan. Sifat umum ehtiyojlar va ishlab chiqarish imkoniyatlarinmg o ‘sib borishi va ulami qonoatlantirish bo ‘yicha turli xil holatlarda rivojlangan. Sifat tushunchasita’riflanish evolyutsiyasi 1.1-jadvakla keltirilgan.
Vaqt o iish i bilan va xususan oxirgi o 'n yillikda sifatning mohiyati va rivojlanish jarayoni, uning parametrlari va unga yondashishlar hamda talablar keskin ravishda o‘zgardi.
Xalqaro ISO 9000 standarti lug'atida belgilanishicha, sifat – bu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan talablarni yoki kutilayotgan ehtiyojlami qondirish xususiyatini anglatadigan tavsiflari yigindisidir.
1.1-jadval
Sifat tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi
Yuqoridagilardan kelib chiqib sifat tushunchasiga bir nechta ta’rif berilishi mumkin:
Sifat-bu iste’molchi ehtiyojlarini qondirilishi.
Sifat - bu yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik qurilmalar
yordamida erishiladigan unumdorlik.
Sifat — bu ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi. Buishlarning tez va aniq bajarilishi.
Sifat - bu faoliyatni optimallasbtirilishi. Bu harakatlar dasturiga rioya qilinishi, q o ‘yilgan vazifalarning o ‘z vaqtida bajarilishi.
Sifat - bu rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni.
Sifat - bu mablag‘ joylashtirilishi. Uzoq muddatli rejada ixtiyoriy ishni boshidanoq to ‘g ‘ri bajarilishi keyinchalik nornuvofiqiiklarni bartaraf qilishdan arzon turadi.
Sifat menedjmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bog‘liq vazifalarai hal qiladigan usuldir. Keng m a ’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va is te’m olchilar talablarini qanoatlantirish uchun q o ‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni
qamrab oladi.
Sifat menedjmenti tizimi - u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga oshirilishi, vazifalami hal qilish usullari va erishilgan natijalami qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab oladi.
“Mahsulot” deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlami qoniqtirish uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotlarning sifatiga e ’tibor berish eramizdan avvalgi 2150-yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari m a ’lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miqyosda rivojlana boshlagan edi. O‘troqchilik paydo bo'lishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, misol uchun Hindistonda “Xammurapi” kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miioddan avvalgi
1792-1750-yillardagi shohi Xammurapming adolatpesha qonunlarimajmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miioddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari. Uning 229-moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador b o ‘lsa yoki buyumlarga zarar yetkazilsa, quruvchi jarimalarga tortilishi, biron odam o’lg anida esa qatl qilinishi belgilangan.
Bunga o ‘xshash qoidalar Finikiyaliklarda hamqo‘llanilgan: auditor (nazoratchi)ning sifat nazoratida yo‘l qo ‘ygan xatosi uchun qo‘li kesilgan.
Qadimgi Turkiyada podshoh Boyazid II Ixtisabining ≪Bursa≫ qonunlarida sifatsiz tovarlar bo'yicha jazolar belgilagan.
Xitoy imperatorlari, ishlab chiqaruvchi shaxsi va tovarning keying harakati hamda qayerga ishlatilishi to ‘g‘risida iz qoldirilishini ta ’minlash maqsadida, ishlab chiqaruvchilardan o ‘z mahsulotlariga muhr bosishlarini talab qilganlar. Agar tovar belgilangan talablarga javob bermasa, ishlab chiqaruvchi va sotuvchiga iqtisodiy jazo qoilanilgan. Bu o ‘ziga xos standartlashtirishning ilk yorqin namunasidir.
Shu bilan birga ta ’kidlash joizki, mahsulotlarning sifatiga bo’lgan talablar faqat mahalliy aholi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarga emas, balki hamma uchun birdek amal qilardi.
Yillar, asrlar o ‘tib insoniyat taraqqiy etishi bilan uning ehtiyojlari ortishi talablar o ‘zgarishiga olib kelgan. Sifat masalalariga haqiqiy e ’tibor XIX asrdan shakllana boshladi. Bu davrdan boshlab ishlab chiqaruvchilar o 'z tovarlariga tovar belgisi qo'ya boshlashgan. Sifat tushunchasi biron bir hujjatga bitilganidan va qo‘llanila boshlanganidan so'nggina standartlar kelib chiqa boshlagan.
Mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha tashabbuslar tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlanishi bilan olg'a surilgan va hayotga tadbiq etila boshlagan. Biz ulardan biri - "sifat to ‘garak.lari"ni ko‘rib chiqamiz.
Sifat to ‘garaklan ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig'ilrnalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqqan.
Sifat to'garaklari korxona xodimlari tomonidan o'zlarining maqsadlari va vazifalarini aniq bilishga sharoit yaratadi, xodimlarni mahsulotning sifatini yuqori darajada ta'rninlashga safarbar qiladi.
Sifat to'garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini har bir xodimga yetkazish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mehnatni \a ishlab chiqarishni to 'g 'ri tashkil qilish bilan bog‘liq bo'lgan takliflami joriy qiiishdan iborat.
To'garaklarda sifat nazorati sohasida ishlaydigan xodimlaming malakasini oshirish, sifat nazorati usullarini targ'ibot qilish, har bir bo'linma sex miqyosida sifat nazoratini takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchli va chidamliligini oshirish, yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarishni ko'paytirish, kamchiliktarni va reklamatsiyalarni bartaraf etish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sur'atini ko'tarish, resurslami tejamkorlik bilan saxflash kabi masalalar asosiy maqsad qilib belgilandi.
Dunyoning ko'pgina mamlakatlari o 'z mahsulotlarining sifatini1
oshirish uchun ma'lum tadbirlar, tajribalarga suyanib yutuqlarga
erishgan.
Yaponiyada 60-yillarning boshida sifat to'garaklariga alohida e’tibor berila boshlangan. Aholisi zich, o'zining yer osti boyliklariga ega emas, sanoati asosan tashqaridan keltiriladigan xom ashyoga ixtisoslashgan, hududining 70 foizi tog'liklardan tashkil topgan bu davlat II-Jahon urashidan keyin o ‘zining ichki resurslami jalb qilishga majbur bo‘ldi.
Birinchi sifat to ‘garagi ≪Sharps korxonasida tashkil ctildi. U davrda firma grammofon uchun ignalar ishlab chiqarar edi. Mahsulotning sifatini oshirish va marketing tadqiqotlami rivojlantirish natijasida korxona kcngavdi va eksport uchun mahsulot chiqara boshladi.
1962-yildan boshiab Yaponiyada "Ustalar va brigadalar uchun sifatni boshqarish" jumali chiqa boshladi. Jumal sahifalarida bosilib chiqadigan maqolalar orqali sifatni boshqarish tizimidagi yangiliklami keng ommaga, ayniqsa ishchilarga yetkazishga, b a ’zi ko‘rsatmalami tushunarli boiish in i ta’minlashga harakat qilindi.
Natijada 1967-yilning iyun oyiga kelib 10 mingga yaqin to‘garaklar qayd qilingan b o isa , 1969-yilda bu raqam 20 mingni, 1979- yilning iyunida 100 mingni tashkil qildi. 1987-yil mart oyida ≪sifat to ‘garaklari≫ oqimi o ‘zining 25 yilligida 250 mingta to ‘garaklar borligini qayd etdi.
To‘garaklarning ishlari muntazam ravishda Hukumat tomonidan maxsus tuzilgan "Olimlar va muhandislar ittifoqi" deb atalmish tuzilma tomonidan kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Hozirga vaqtda sifat to ‘garaklari qator rivojlangan davlatlarda, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Germaniya, Belgiya kabi Yevropaning bir qancha mamlakatlarida, Xitoy Xalq Respublikasida ham faol ishlab turibdi.
AQSHda ishlab chiqarishning ayrim qismlarida tajribaviy to'garaklar tashkil qilinib va ijobiy natijadan so‘nggina uni keng ko’lamda joriy qila boshlaydilar.
AQSHda sifat to ‘garaklaridagi tashkiliy gumhlarga qo ‘yiladigan talablar: to‘garakda qatnashish ixtiyoriy b o iish i, to‘garak rahbarlari yetarli malakaga ega bo’lim o g ‘i, hamma darajadagi mutaxassislar sifat to‘garagi ishiga yordam berishga mas’ul, firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat to'garaklanning rejalarini himoya qilish kafoiatlanadi. T o ‘garak a ’zolari va ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolami o ‘zlari tanlaydilar. To‘garakda ma’muriyatga tegishli muammolar ko‘rilmaydi.
≪To‘garakchilar≫ statistik nazorat usullarining natijaviyligini o‘rganadilar, muammolami hal qilish usullarini tahlil qilishadi.
Bundan tashqari bahs o ‘tkazish qoidalari, kelishmovchiliklami hal qilish isullari, eshitishga o ‘rgatish, janjalli sharoitlami keltirmaslik kabilar to ‘garak rahbarlariga maxsus predmet tariqasida o ‘rgatiladi.
G‘arbiy Yevropadagi to ‘garaklar o ‘zlariga xos xususiyatlarga egadirlar: ko‘proq o ‘zaro tushunishni, sharoitlar va mehnat xavfsizligini yaxshilash masalalariga ko‘proq e ’tibor berish asosiy o‘rinni egallad.
Sifat to ‘garaklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda boshqarish apparatining ishlarini yaxshilash, ish yuritishni osonlashtirish, hujjatlar sonini kamaytirish va qarorlar qabul qilishni takomillashtirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Belgiyada shunday to ‘garaklar tashabbuskorlari Sifat to ‘garagining amaliy uyushmasiga birlashgan. Mamlakat b o ‘ylab 2000 sifat to ‘garaklari faoliyat ko‘rsatayotganliklari qayd qilingan.
Mamlakatdagi k o ‘pgina firmalar yalpi sifat nazoratini joriy qilishgan. Bu esa o‘z navbatida sifat to ‘garagining mavqeini birmuncha oshirdi.
1986-yili Italiya milliy uyushmasi sifat to ‘garaklarini tashkil qildi va hozirga kelib bu mamlakatda 4000 dan ortiq korxonalarda sifat to‘garaklari mavjud. Shvctsiyaning Sifat to ‘garagi uyushmasi o‘z qatoriga 1100 korxonani birlashtirgan.
Xitoy Xalq Respublikasida 1980-yilda mamlakat bo ‘yicha 100 mingdan ortiq "Sifat to ‘garaklari" qayd qilingan. 1995-yilga kelib, ulaming soni 500 mingdan oshdi. Xitoy to ‘garaklari muhandis-texnik xodimlami, ishchilami va boshqaruv b o‘g ‘inidagi xizmatchilami birlashtiradigan to ‘garaklami o ‘z ichiga oladi.
Xitoy to‘garaklaming faoliyatini rivojlantirish davlat istiqboli rejasiga kiritilgan. Shuning uchun sifat to ‘garaklarini yaratishda va takliflarni joriy qilishda ilmiy texnikaviy uyushma, Umumxitoy kasaba birlashmalarining uyushmasi, Kommunistik yoshlar Ittifoqi singari davlat va jamoa tashkilotlari faol qatnashmoqda.
To‘garaklarning umumiy rahbarligini va ulaming ishlarini muvofiqlashtirishni sifat nazorati b o ‘yicha Xitoy uyushmasi amalga oshiradi. Mahsulot sifatining yaxshilanishi sanoatni har taraflama rivojlanishiga, mustahkamlanishiga olib kelib, davlatning iqtisodiy qudratini oshirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|