|
Mehmonxona menejmentida fanni o’qitishning zarurati
|
bet | 3/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 23. Mehmonxona menejmentida fanni o’qitishning zarurati.
Amerikalik olimlar E. Deming va J. Juran Sifatni Umumiy Boshqarish (SUB yoki TQM – Total Quality Management) kontseptsiyasining rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Ular ishlab chiqqan sifat falsafasi va sifatni ta’minlash metodlari SUB nazariyasining negizini tashkil etadi. E. Demingning 1982 yilda nashr etilgan «Sifat, unumdorlik, raqobatbardoshlik» kitobida boshqarishning 14 mashhur qoidasi keltirilgan. Mazkur qoidalarga rioya qilish SUB kontseptsiyasining mohiyatini tashkil etadi.
Deming qoidalari
1. Korxona xodimlari doim mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga harakat qilishlari kerak. Sifatni oshirish vaqti-vaqti bilan emas, balki uzluksiz va rejali ravishda amalga oshirilishi, ishlab chiqaruvchining muhim vazifalaridan biriga aylanishi lozim. Bunda resurslarning oqilona joylashtirilishi, uzoq muddatli ehtiyojlarning qondirilishi, raqobatbardoshlik, biznesning o’sishi, bandlik va yangi ish joylari tashkil etilishi ta’minlanishi kerak.
2. O’zgarayotgan iqtisodiy sharoitlarda rahbar bugungi kun yutuqlari bilan qanoatlana olmasligini nazarda tutadigan biznesning yangi falsafasi o’zlashtirilishi lozim. Rahbar yuzaga kelgan vaziyatni o’rganib chiqib, vaqti-vaqti bilan korxonani yangi sharoitda ishlashga o’tkazishga rahbarlikni o’z zimmasiga olishi kerak.
3. Inspektsiya nazoratiga bo\liqlikka barham berish. Sifatga erishish usuli sifatida inspektsiya nazoratiga chek qo’yish lozim.
4. Past narxlar negizida shartnomalar tuzish amaliyotiga barham berish. Sifat bilan narxning oqilona muvozanatini ta’minlash zarur.
5. Tizimni muttasil takomillashtirib borish. Rejalashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tizimining muttasil va uzluksiz takomillashtirilishi yuzaga keladigan muammolarni zudlik bilan hal qilish, sifatni muttasil yaxshilash va unumdorlikni oshirish imkonini beradi.
6. Ish joyida o’rgatish. Ish joyida o’rgatishni tashkil etish uchun barcha xodimlar, shu jumladan boshqaruv xodimlarini ish joyida tayyorlash va qayta tayyorlash zamonaviy metodlarini amalga joriy etish zarur. Har bir xodimning imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e’tibor berilishi lozim.
7. Rahbariyatni ta’sis etish. Bu yerda qo’yilgan vazifalarni hal qilishga xodimlarga yordam berish maqsadida rahbarlik institutining ta’sis etilishi nazarda tutilmoqda. Hozirda qo’l ostidagi xodimning barkamollik darajasini belgilash va mazkur darajaga erishishda unga yordam berish har bir rahbarning muhim vazifalaridan biridir.
8. Qo’rquvga chek qo’yish. Agar ra\batlantiruvchi motivlar orasida majburlash va qo’rquv ahamiyatsiz rol o’ynasa, korxona xodimlari ancha samarali ishlaydilar.
9. To’siqlarni bartaraf qilish. Xodimlarning bo’limlari va guruhlari o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish nazarda tutilmoqda. Kadrlarga yagona komanda deb qaralishi lozim.
10. Quruq shior va chaqiriqlardan qochish. Sifatga erishish usullarini hisobga olmasdan uni oshirishga chaqirmaslik. quruq shiorlar qanchalik jozibali bo’lmasin, qisqa vaqt mobaynida muayyan samara beradi va keyin unutiladi.
11. Ishni tashkil etishda har xil raqamlar (normativlar)ning ahamiyatini oshirib yubormaslik kerak. Mehnatning samaradorligiga ko’proq liderlik tizimini joriy etish orqali erishishga harakat qilish lozim.
12. Kompaniyada ishlashdan iftixor tuy\usini shakllantirish.
13. Xodimlarni o’z bilim va malakasini oshirishga ra\batlantirish.
14. Korxona faoliyatini takomillashtirish ishiga har bir xodimni jalb qilish. Rahbariyat ishning sifati va unumdorligini oshirish jarayonida muttasil ishtirok etishi lozim. Rahbar sifatni ta’minlash zarurligiga ishonchi komil bo’lgan va bu ishda bevosita va faol ishtirok etgan taqdirdagina sifatning uzluksiz oshishiga erishish mumkin.
SUB tizimlarini ishlab chiqishda Yaponiyaning xizmati kattadir. Yaponiya hamda g’arbning bir qancha mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib, Deming qoidalarini amalga oshirishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berish lozim:
emotsional soha. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, xodimlarning jazoga tortilish yoki ishdan bo’shatilishdan qo’rqish hissiga chek qo’yish, ularni xodimlar bilan rahbariyat o’rtasida xayrixohlik ruhidagi munosabatlarga almashtirish lozim;
ra\batlantirish sohasi. quruq shiorlardan voz kechish kerak, chunki ular xodimlarni mehnatga rag’batlantiruvchi omillar emas;
inson resurslarini rivojlantirish. Xodimlarni o’z bilim va malakasini oshirishga rag’batlantirish tavsiya etiladi;
rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlar. Rahbarning vazifasi xodimlarni nazorat qilish emas, balki ularga ishda yaqindan yordam berishdan iborat deb hisoblanadi;
turli bo’limlar va xizmatlar o’rtasidagi munosabatlar. Bo’limlar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etibgina qolmasdan, balki o’zaro yordam ruhidagi munosabatlarni rag’batlantirish ham tavsiya etiladi.
Faktlarga asoslangan qarorlar qabul qilish
|
|
Jarayonga qarab mo’ljal olish
|
|
Iste’molchiga qarab mo’ljal olish
|
|
Sifatni muttasil oshirib borish
|
|
Ishga barchani jalb qilish
|
|
| |