• Sifatni yaxshilash ishiga jarayonning barcha ishtirokchilarini jalb qilish.
  • 1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




    Download 1,19 Mb.
    bet6/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Sifatni muttasil yaxshilash. Sifatni uzluksiz oshirish sifat strategiyasi muvaffaqiyatining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. U katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Sifatda katta ijobiy o’zgarishlar yasash jarayonni tubdan qayta qurishni nazarda tutadi va katta investitsiyalar qilishni taqozo etadi. Bu yangi texnologiyalarni amalga joriy etish, ishlab chiqarishni keng ko’lamda takomillashtirish va h.k. bilan bo\liq. Sifatni bunday yaxshilashni yaponlar KAYRIO (KAIRYO) deb ataydilar. Bunday yaxshilash ko’proq \arb tadbirkorligiga xosdir.
    KAYRIO sifatni yaxshilash tizimi quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:

    • odamlarning jiddiy sa’y-harakatlari emas, balki katta investitsiyalar talab etiladi;

    • sifatni yaxshilash tizimiga faqat bir nechta mutaxassislar jalb qilinadi;

    • texnologiyalardan cheklangan miqdorda foydalanish talab etiladi;

    • mazkur yondashuvdan faqat qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi.

    Kichik ijobiy o’zgarishlarda «alohida bosqich» samarasi uncha katta bo’lmaydi, biroq bunday kichik o’zgarishlar muttasil va keng ko’lamda amalga oshirilgan taqdirda, ular katta ijobiy o’zgarishlar bilan bir xil samara beradi. Ayni vaqtda, ular nisbatan kam investitsiyalarni taqozo etadi. Mazkur yondashuv yapon menejmentiga xosdir. Sifatni yaxshilashning bunday tizimini yaponlar «KAYZYeN» (KAIZEN) deb ataydilar.
    KAYZYeN sifatni yaxshilash tizimi quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:

    • odamlarning jiddiy sa’y-harakatlari va kam investitsiyalar talab etiladi;

    • sifatni yaxshilash tizimiga hamma jalb qilinadi;

    • juda ko’p kichik qadamlar tashlash talab etiladi;

    • tizimga SUB falsafasiga mos keladigan falsafiy yondashuv xos.



    Sifatni yaxshilash ishiga jarayonning barcha ishtirokchilarini jalb qilish. KAYZYeN sifatni yaxshilash tizimi, KAYRIO tizimiga qaraganda, nisbatan kam investitsiyalardan foydalangan holda, jarayonning barcha ishtirokchilari sifatni yaxshilash yo’nalishida muttasil ish olib borishini taqozo etadi. Shu bois jarayonning bironta ham ishtirokchisi bu ishdan chetda qolmasligi kerak.
    Yuqorida qayd etib o’tilganidek, sifatni yaxshilash jarayoniga rahbariyat faol aralashmasa, kompaniya amalga oshirayotgan sifatni yaxshilash strageiyasi muvaffaqiyat qozonmaydi. Rahbarlik va harakatlarni muvofiqlashtirish mazkur jarayonda muhim ahamiyatga ega. Biroq, KAYZYeN tizimi bo’yicha sifatni muttasil yaxshilash kompaniya rahbariyati bu ishga har bir xodimni jalb qilgan va uni mazkur jarayonga o’zining munosib hissasini qo’shishga ra\batlantirgan taqdirdagina muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Faqat shu yo’l bilan barcha xodimlarning tajriba va ko’nikmalaridan samarali foydalanish mumkin.
    Sifatni yaxshilash strategiyasini amalga oshirishda har bir xodim (quyi bo’\indan boshlab oliy rahbariyatgacha) samarali ishtirok etishi uchun:

    • xodimlarga SUB asoslarini, ishni muttasil yaxshilash kontseptsiyalarini o’rgatish;

    • barcha xodimlarga bajarayotgan ishiga mos ravishda huquq va majburiyatlar yuklash;

    • xodimlarning o’z mehnati natijalaridan manfaatdorligi darajasini aniqlash;

    • ish natijalarini yaxshilashga ra\batlantirish zarur.

    Yuqorida zikr etilgan barcha talablarni bajarish sifatni yaxshilash dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.
    Sifatni yaxshilash jarayonida har bir xodimning ishtirok etishi uning jarayonga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu esa, o’z navbatida, rahbariyat olib borayotgan siyosatga ko’p jihatdan bo\liqdir. Shu munosabat bilan SUB kontseptsiyasida «bo’lib-bo’lib joylashtirish siyosati» tushunchasi qo’llanadi.
    Bo’lib-bo’lib joylashtirish siyosati – korxonani boshqarish tashkiliy tuzilmasining har bir tarkibiy qismiga rahbarlik funktsiyalarini berish hisobiga sifatni yaxshilash bilan bo\liq muayyan vazifalarni yuklash.


    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

    Download 1,19 Mb.