|
8-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti
|
bet | 1/10 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 82,81 Kb. | | #138856 |
Bog'liq 7-ma\'ruza
8-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati.
1-ma’ruza mashg‘uloti
8.1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash.
8.2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish
2-ma’ruza mashg‘uloti
8.3. Tegishli qaror qabul qilish.
8.4. Amalga oshirish va baholash
Tayanch iboralar: maqsad, ma’lumotlar, axborot, ehtiej, ish-harakat motivlari, qaror, mehnat operatsiyalari, huquq, majburiyatlar, operativ, consensus,o‘zgartirish
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”,“Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari
1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash.
Maqsad-kishining shu paytda ma`qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir.
Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yo`l-yo`riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas.
Ehtiyoj ko`ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o`z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yo`llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to`la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba`zan zo`r xayol surish bilan, ba`zan esa cheksiz orzu bilan bog`liq bo`ladi. Ba`zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko`ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi.
Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo`lib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng to`g`ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo`lgan hamma harakatlar, mumkin bo`lgan qiyinchiliklar va to`siqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega bo`lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin.
|
| |