|
-chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni
|
bet | 9/10 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 82,81 Kb. | | #138856 |
Bog'liq 7-ma\'ruza8.4-chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir.
Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo‘lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o‘taydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo‘linadi, omillar aniqlanadi;
tanlab olingan omillarning o‘zaro aloqasi aniqlanadi va o‘zaro ta’siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;
tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;
qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo‘llari aniqlanadi.
Bularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko‘pchilik fikri bilan birgalikda qo‘shib olib boriladi, ya’ni:
tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;
qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.
4. Amalga oshirish va baholash.
Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo‘g‘inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo‘g‘inlar (sex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra u ma’muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
|
| |