|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 5/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Jarayonga qarab mo’ljal olish. SUB har qanday tashkil etilgan faoliyatga jarayon deb qaraydi. Jarayon dastlabki bosqich (kirish) va oxirgi bosqich (chiqish) bilan belgilanuvchi chegaralarga ega bo’ladi.
Jarayon o’z faoliyatida muayyan resurslar (odamlar, uskunalar va h.k.)dan foydalanadi. Mazkur resurslar jarayonda muayyan tarzda taqsimlanishi lozim. Shu bois jarayon, ISO 8402 xalqaro standartiga muvofiq, o’zaro bo\liq resurslar hamda kiruvchi elementlarni chiquvchi elementlarga aylantiruvchi faoliyat yi\indisidir. Ko’pincha resurslarga jarayonga kirish elementlari deb qaraladi.
O’z mohiyatiga ko’ra jarayonlar:
1) muayyan individlar tomonidan bajariladigan individual;
2) korxonaning vertikal yo’nalishdagi faoliyatini aks ettiruvchi va uning rahbarlari, bo’limlari, bo’linmalari va xizmatchilari o’rtasidagi aloqalar tuzilmasiga mos keluvchi funktsional yoki vertikal;
3) pirovard natijalarni ta’minlovchi va korxona manfaatlariga javob beruvchi o’zaro bo\liq jarayonlar yi\indisini tashkil etuvchi ishga doir yoki gorizontal bo’lishi mumkin (10.3-rasm).
Tashkilotning o’zaro bog’liq jarayonlari
Iste’molchi Ish jarayoni Iste’molchi
1-rasm. Tashkilotda ishga doir (gorizontal) jarayonning o’tish sxemasi
Korxona faoliyati natijasida juda ko’p jarayonlar amalga oshirilishi mumkin. Ayni vaqtda, bir jarayon korxona faoliyatining ko’pgina sohalaridan o’tishi mumkin.
SUB nuqtai nazaridan, jarayonga sifat manbai deb qaralishi lozim. Bunga asosan, jarayonning sifati mazkur jarayon natijasining sifatiga tengdir. Jarayonga qarab mo’ljal olish bu yerda xatolarni tuzatish emas, balki ularning oldini olish asosiy omil hisoblanishini anglatadi.
Jarayon natijalariga emas, balki jarayonning o’ziga ta’sir ko’rsatish SUB sharoitida ishlaydigan korxonaning jarayonlarni boshqarish asosiy kontseptsiyasidir. Pirovard natijani kutish va shundan keyingina xatolarni tuzatish mumkin emas. Xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun jarayonning o’ziga ta’sir ko’rsatish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|