O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




Download 67,33 Kb.
bet1/8
Sana29.05.2024
Hajmi67,33 Kb.
#256364
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta’lim menejment kafedrasi-fayllar.org


Ta’lim menejment kafedrasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI




TA’LIM MENEJMENT
KAFEDRASI




Ro‘yxatga olindi № __________




Ro‘yxatga olindi № __________

______” ___________202_ y.




______” ___________202_ y.


TA’LIM MENEJMENTI” KAFEDRASI



MAKTAB MENEJMENTI ASOSLARI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: ZAMONAVIY TA’LIM MENEJMENTI O’QITUVCHISI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR
.


BAJARDI: TARIX FAKULTETI MM - 303 GURUH TALABASI
ILMIY RAHBAR:


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
____” _______202_ y.






Kurs ishi taqrizga qaytarilgan sana
____” _______202_ y.


Kurs ishi himoya qilingan sana
____” _______202_ y.


Baho “_____” _________


___________
(Imzo)
___________
(Imzo)
___________
(Imzo)


Komissiya a'zolari:
__________________


__________________


__________________





X U L O S A





















































Ilmiy rahbar :



MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………...4
I BOB “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining mohiyati. “Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish” tushunchasining tavsifi.
1.1Ta’lim muassasasi menedjerining huquq va majburiyatlari.
1.2Ta’lim menedjerining kompetensiyalari.
II BOB Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
2.1Ta’lim menejmenti. Pedagogik mahorat asoslari.
2.2 O`qituvchining tashqi ko`rinishi va pеdagоgik yo`nalganligi.
Xulosa ...................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.....................................................................

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo`nalish sifatida e‘tirof etildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunida uzluksiz ta‘lim tizimining mohiyati, yo`nalishlari, ta‘lim mazmuni, ta‘limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me‘yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
  1. fuqarolarga ta‘lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslari;


  2. ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;


  3. xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;


  4. pedagogk faoliyat bilan shug`ullanish huquqi;


  5. ta‘lim muassasasining haquqiy maqomi;


  6. ta‘lim tizimi va turlari;


  7. ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy xumoya qilish;


8) ta‘lim tizimini boshqarish.


O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunida alohida urg`u berilganidek, ta‘limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potentsialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-ta‘lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi,
-ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining yo`nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;
-ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta‘lim standarti doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-ta‘lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
- bilimli bo`lishni rag`batlantirish;
-ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta‘lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi ko`rsatilgan. Ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta‘limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro`yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘lim jarayonida uning ma‘naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so`z bilan aytganda, ta‘lim-tarbiya jarayoni shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta‘minlashga yo`naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o`quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o`quvchilarning xohishlariga ko`ra o`quv jadvalidan qo`shimcha fanlarning o`rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o`rgatilishi, fakultativ mashg`ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo`nalishlarda to`garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o`tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.
Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Shuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko`ra bir tipdagi o`quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o`tib o`qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaxarda faoliyat yuritayotgan oliy o`quv yurtidan ikkinchi shaxarda joylashgan oliy o`quv yurtiga o`tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar.

Download 67,33 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 67,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

Download 67,33 Kb.