Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi




Download 67,33 Kb.
bet3/8
Sana29.05.2024
Hajmi67,33 Kb.
#256364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta’lim menejment kafedrasi-fayllar.org

Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi.
Ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq bo‘lib, to‘liq yig‘ilsa-da, biroq ular haddan ziyod ko‘p bo‘lsa ham qaror qabul qilishda yanglishishga olib keladi. Ko‘p holatlarda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Biroq ularning qiziqishlari, xulq-atvorlari, shaxs sifatida shakllanayotganliklarga e’tibor berilmaydi. Xuddi shu sababli, tarbiya jarayonida o‘quvchilar xulqida ko‘plab og‘ishlar kuzatiladi.
Pedagogik tizimni boshqarish aniq metodlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv metodlari - bu ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidir. Ular quyidagicha tavsiflanadi:
Boshqaruv obyektiga ko‘ra (Respublika miqyosida, hudud miqyosida);
Boshqaruv subyektiga ko‘ra (administrativ, xo‘jalik);
Maqsadiga ko‘ra (strategik, taktik, operativ);
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra (ijtmoiy-siyosiy, tashkiliy-pedagogik);
Boshqaruv stiliga ko‘ra(avtoritar, demokratik, liberal);
Boshqaruv vaqtiga ko‘ra (istiqbolli, uzoq manzilli, joriy).
Boshqaruv shakllari turli tuzilish va yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Bularga: instruktiv-uslubiy va nazariy seminarlar, o‘quvchilar jamoasi majlisi, pedagogik kengashlar, maktab konferensiyalari, pedagogik o‘qishlar v.b.
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risdagi qonunining 10- moddasiga muvofiq Respublika ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kabi subyektlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimini maqsadi insonni ta’lim olish huquqini ta’minlash. Ushbu tizim faoliyatining samaradorligi mezoni bu fuqarolarni ta’lim olganlik va tarbiyalaganlik darajasi hisoblanadi.

Download 67,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 67,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi

Download 67,33 Kb.