|
Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi
|
bet | 5/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 67,33 Kb. | | #256364 |
Bog'liq Ta’lim menejment kafedrasi-fayllar.orgTa’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra: Ta’lim muassasasining Nizomi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota- onalarning huquq va burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi kabi ma’lumotlar yoritiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:
ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
pedagogik jamoa Kengashi;
direktorning huquq va burchlari;
direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.
O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
o‘quv jarayonini tashkil etish;
iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va h.o.).
O‘qituvchining huquq va burchlari.
O‘quvchining huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim:
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
Maktabgacha ta’lim oilalarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim:
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy ta’lim (V-IX sinflar) kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim 6-7 va 10-11 yoshli bolalarda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi o‘quvchilarga fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim berish, ularda o‘quv-ilmiy, umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash qobiliyatini, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo‘g‘inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori ko‘nikma, malakalarni talab qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oladigan, o‘z ishining ustalari bo‘lgan - texnik, agronom, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiy xarakterga egaligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishga majbur ekanliklarini anglatadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ixtiyoriy xarakterga egaligi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining o‘z xohishlariga binoan o‘qish yo‘nalishini - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni ixtiyoriy tanlash huquqiga egaliklarini bildiradi.
Akademik litseylar o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim stan- dartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradigan, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’lim tizimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi hal qilinadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari (universitet, aka- demiya, institut va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari)da amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)da tashkil etiladi
|
| |