|
11-amaliy mashg’ulot mavzu: elektron resurslarni yaratishda onlayn amaliy dasturlardan foydalanish
|
bet | 1/2 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #105723 |
Bog'liq 11-amaliy
11-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: ELEKTRON RESURSLARNI YARATISHDA ONLAYN AMALIY DASTURLARDAN FOYDALANISH
Mashgʻulotning maqsadi: Talabalarga elektron resurslarni yaratishda onlayn amaliy dasturlardan foydalanishni o’rgatish.
NAZARIY QISM
Bugungi kunda test o’qvuchi (talaba) bilimini opeativ baholashning eng samarali usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, testlar, xususan, onlayn testlar so’rovlar, anketalar, ma’lum bir sohaning reytingini aniqlashda ham qulay vosita hisoblanib, natijalarning tezkorligi bilan boshqa baholash mezonlaridan ajralib turadi.
1-Topshiriq. Mavzu yuzasidan foydalanib google formada so‘rovnoma yarating!
2-Topshiriq.Mavzu yuzasidan foydalanib google formada test yarating!
Elektron resurslarni yaratish tartibi
Google Forms orqali test yaratish uchun Formsda − “Создать”ketma-ketligi
bajariladi.
Google Formsni test yaratish oynasi
Ekranda hosil bo‘lgan quyidagi test konstruktori oynasi yordamida test savollari va javob variantlarini kiritib, ularni tahrirlash mumkin. Formsda yaratilgan test blankalari Google Diskda saqlanadi.
Google Forms interfeysi
Ekranning o‘ng tomonidagi belgilar yordamida esa savol qo‘shish, test savollari bankini import qilish, savollarga izoh qoldirish, kompyuter diskidan, Google Diskdan yoki biror internet manzili hamda rasmli fayllarga qidiruv berish orqali tasvirlarni yuklash mumkin. Shuningdek, YouTubedan video yuklash va tegilshli YouTube manziliga havola berish hamda savollar uchun yangi bo‘lim qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Google Forms yordamchi funksiyalari
Formsda savollarni turli ko‘rinishlarda joylashtirish mumkin. Bir javobli va ko‘p javobli test, matnli javoblar, ochiladigan ro‘yxat, javob sifatida fayllarni yuklash, shkala, bir nechta variantlarni belgilash uchun panjarali. Buning uchun Forms oynasining oynaning o‘ng tomonidagi “один из списки” belgisiga bosib, ro‘yxatdan kerakli savol turi tanlanadi. Текст (строка). Ushbu turdagi savol qisqa javobni taklif qiladi. Elektron pochta, ism, manzil, raqamli qiymat, havolani olishni xohlaganingizda undan foydalanish qulay. Ushbu turdagi savollarning quyidagi funksiyalari mavjud:
“Описание” funksiyasi. Barcha turdagi savollarda mavjud. Uni faollashtirish uchun pastki o‘ng burchakdagi belgi bosiladi va “Описание” parametri belgilanadi:
“Проверка ответов” funksiyasi. Bunda ham yuqorida izohlab o‘tilgan amal bajariladi. Sozlamalar maydonida kerakli qator paydo bo‘ladi. Bu yerda siz test olinuvchi o‘quvchi kiritadigan matni uchun kerakli parametrlarni o‘rnatish mumkin:
Masalan, talaba tomonidan beriladigan javob 50 ta belgidan oshmasligi kerak. Agar maydonga 50 tadan ko‘proq belgilar kiritilsa, respondent «Javob juda uzun” degan xabarni oladi. Agar u shartni uddalasa, u 4 ball oladi:
Текст (абзац)da ham xuddi shu funksiyalar amal qiladi. Один из списков. Bu turdagi savollar an’anaviy test ko‘rinishida bo‘lib, faqat bitta javob belgilanadi va uning quyidagi funksiyalari mavjud: “Описание” funksiyasi. Savollarga izoh berish:
Ro‘yxatdagi “Перемещать ответы” funksiyasi tanlansa, savollarni qabul qilgan o‘quvchilarga javoblar kiritilgan tartibda emas, balki aralash tartibda namoyon bo‘ladi. Javob variantlari kiritilgandan so‘ng, to‘g‘ri javobni belgilash uchun:
ikonkasini tanlash kerak bo‘ladi. Hosil bo‘lgan interfeysda to‘g‘ri variant belgilanib, har bir to‘g‘ri javob uchun ball shkalasi kiritiladi. Odatda, har bir to‘g‘ri javob uchun “1 ball” qayd etiladi.
“Настройка” belgisi bosilgandan so‘ng uch bo‘limdan (“Общие”, “Презентация”, “Тесты”) iborat bo‘lgan muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Bu yerda o‘qituvchi o‘zgartirishi kerak bo‘lgan asosiy funksiyalarga tasdiqlovchi belgi qo‘yish lozim bo‘ladi:
Test savollari kurs ishtirokchilar elektron pochtasining “Входящие” papkasidan o‘rin oladi:
Har bir respondent testni ishlab bo‘lganidan so‘ng “Отправить” tugmasini bosib, javoblarni jo‘natishni tasdiqlashi lozim bo‘ladi:
Natijalarni ko‘rish uchun “Посмотреть баллы” tugmasi bosiladi va respondent quyidagi ko‘rinishni qabul qiladi:
|
| |