-bob. Metama’lumotlarga asosiy talablar




Download 1,66 Mb.
bet13/21
Sana16.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#237183
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

6-bob. Metama’lumotlarga asosiy talablar
42. Metama’lumotlar fazoviy ma’lumotlarni izlash, sifati, yaroqliligi va ishlov berish imkoniyatlarini baholash uchun mo‘ljallangan. Fazoviy ma’lumotlardan samarali foydalanish, FMMI geoportalidan foydalanuvchilarga beg‘araz taqdim etiladigan metama’lumotlardagi mavjud axborotdan foydalanish yo‘li bilan tashkil etiladi.
43. Metama’lumotlarning kataloglari va bazalarida maxsus ma’lumotlarning rasmiylashtirilgan to‘plamlari mavjud bo‘lib, ularda geografik axborot elementlarining tarkibi va xossalari bayon etiladi, axborot raqamli va raqamsiz ko‘rinishda axborotni izlash, uning saqlovchilari, ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida saqlanadi va taqdim etiladi.
44. Metama’lumotlar Internet jahon axborot tarmog‘idagi FMMI geoportalida joylashtiriladigan XML-sxemadan foydalanib yaratilgan XML formatidagi fayllar ko‘rinishida elektron shaklda yaratiladi.
45. Metama’lumotlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
FMMIdan joylashtirilgan fazoviy ma’lumotlar to‘plamining mavzusi va hududiy qamrovi haqidagi axborot asosida fazoviy ma’lumotlarni izlash;
fazoviy ma’lumotlarning tarkibi, aniqligi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari haqidagi metama’lumotlardan foydalanib, ularning maqsadi va yaroqliligini baholash;
FMMI tarkibidagi geoaxborot resurslarning alohida ko‘rsatilgan manzillari bo‘yicha fazoviy ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash;
fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishga bo‘lgan talablar va ulardan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi axborotlar asosida ma’lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash.
46. Metama’lumotlar idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan barcha bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga asosan respublika, hududlar va mahalliy darajada shakllantiriladi.
FMMI administratori va fazoviy ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilari metama’lumotlarni fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislari bo‘yicha ushbu Nizom, davlat standartlari hamda fazoviy ma’lumotlar sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq yaratishi va yangilab borishi shart.
47. Fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislari bo‘yicha metama’lumotlar quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
fazoviy ma’lumotlarning turi, tarkibi va tuzilmasi;
fazoviy ma’lumotlar yaratilgan hududning joylashgan joyi;
fazoviy ma’lumotlarning yaratilgan (yangilangan) yili;
fazoviy ma’lumotlar taqdim etilgan koordinatalar tizimi;
fazoviy ma’lumotlar sifati (davlat standartlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi);
fazoviy ma’lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi;
fazoviy ma’lumotlarni saqlash formati;
fazoviy ma’lumotlarda tijorat, xizmat yoki qonun tomonidan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;
fazoviy ma’lumotlarning ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlar;
fazoviy ma’lumotlar saqlovchisi haqidagi ma’lumotlar;
fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislarining ochiqligi, ularni sotib olish va ishlatish muddatlari, narxlari va boshqa shartlari;
fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislarini yaratish, boshqarish va taqsimlash uchun mas’ul axborot resurslari operatorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislaridan foydalanishni cheklash shartlari;
fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislarining qo‘shimcha tavsiflari (agar bo‘lsa).


Download 1,66 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Metama’lumotlarga asosiy talablar

Download 1,66 Mb.