|
-bob. FMMI tuzilmasi va uni yuritishni tashkil qilish
|
bet | 10/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri2-bob. FMMI tuzilmasi va uni yuritishni tashkil qilish
7. FMMIni yaratish, yuritish, rivojlantirish va uning ishlashini ta’minlash umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarga kiradi.
8. FMMI quyidagi asosiy komponentlardan iborat:
ilmiy-texnika siyosati;
bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar;
metama’lumotlar;
FMMIning geoportali;
FMMIning geoportallari tarmog‘i;
tashkiliy tuzilma;
sohaga oid axborot tizimlari;
axborot resurslari;
texnologiyalar va texnik vositalar;
veb-xaritalash, Internet jahon axborot tarmog‘idan fazoviy ma’lumotlarni olish, foydalanish va tarqatishning dasturiy-texnologik vositalari;
fazoviy ma’lumotlar servislari;
normativ-huquqiy hujjatlar;
fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar va geoaxborot servislarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari va normativ hujjatlar.
9. FMMIni yuritish quyidagi ishlarni bajarish orqali ta’minlanadi:
bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarni hamda metama’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, taqdim etish va ulardan foydalanish;
turli maqsadlarga mo‘ljallangan geoaxborot tizimlari va servislarini ishlab chiqish hamda taqdim etish;
texnik va dasturiy vositalarni yaratish;
geoportallarni yaratish va ularni ta’minlash;
fazoviy ma’lumotlarning va metama’lumotlarning sifatini tekshirish;
fazoviy ma’lumotlar bazalarini va metama’lumotlar bazalari va kataloglarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, geoaxborot tizimlarini, geoportallarni, FMMI sohasidagi boshqa texnik va dasturiy vositalarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologik hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish;
fazoviy ma’lumotlar, ularning servislari va metama’lumotlarini ishlab chiqish, saqlash, taqdim etish, integratsiya qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha standartlar, normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
FMMI faoliyat ko‘rsatishini hamda rivojlantirilishini ta’minlash maqsadida boshqa ishlarni bajarish mumkin.
10. FMMI tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Vazirlar Mahkamasi;
fazoviy ma’lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi);
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
FMMIga kiritiladigan fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, o‘z vakolati doirasida davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari;
FMMI administratori;
fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar;
fazoviy ma’lumotlar saqlovchilari;
fazoviy ma’lumotlardan foydalanuvchilar.
11. Kadastr agentligi fazoviy ma’lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, ularning bajarilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek, fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaxslarning FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, FMMIni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini ta’minlaydi;
FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishni ta’minlaydi;
FMMI administratorini belgilaydi va faoliyatini tashkil qiladi;
Bazaviy fazoviy ma’lumotlarga ishlov beradi, FMMI geoportalini yaratish va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
FMMI bazaviy fazoviy ma’lumotlari saqlovchisi funksiyalarini bajaradi, davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni bazaviy fazoviy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi, FMMI texnik va dasturiy vositalar yaratilishini va takomillashtirilishini ta’minlaydi;
FMMI, fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, saqlash, taqdim etish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, saqlash, taqdim etish va ulardan foydalanish jarayonlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ishlov berish, saqlash, taqdim etish va foydalanishning belgilangan tartibi buzilganligini aniqlash natijalari bo‘yicha fazoviy ma’lumotlar sohasidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish haqida asoslangan qaror qabul qiladi;
fazoviy ma’lumotlar sohasida narx siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
fazoviy ma’lumotlar sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasini amalga oshiradi;
FMMI joriy etilishi va undan foydalanilishini monitoring qiladi, yillik hisobotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq fazoviy ma’lumotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish sohasida boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
12. FMMI administratori quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun maxsus davlat vakolatli organiga kiritadi;
bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarni, metama’lumotlarni qabul qiladi va nazorat qiladi hamda ularni FMMI geoportaliga joylashtiradi;
geoaxborot tizimlarida, resurslarida va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasiga taqdim etib boradi;
FMMI faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishini texnik va texnologik jihatdan ta’minlaydi, dasturiy ta’minotlar yaratadi va unga xizmat ko‘rsatadi;
fazoviy ma’lumotlar servislarini yaratadi va ularga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi;
FMMI geoportalida joylashtirilgan ma’lumotlar va metama’lumotlardan, shuningdek, fazoviy ma’lumotlar servislaridan foydalanishni ta’minlaydi;
FMMI tarkibidagi fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligining doimiy monitoringini yuritadi.
FMMI administratori fazoviy ma’lumotlar saqlovchisining buyurtmasiga binoan:
qog‘oz shakldagi mavjud fazoviy ma’lumotlarni elektron shaklga aylantiradi;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni yaratadi;
bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarga ishlov beradi va yangilaydi;
bazaviy fazoviy ma’lumotlarni va FMMIga kiritilgan metama’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etadi.
13. FMMI administratori:
FMMI geopartalida dolzarb bo‘lmagan, ishonchsiz, xato yoki belgilangan tartibni buzgan holda taqdim etilgan fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar aniqlangan taqdirda, FMMI administratori ushbu ma’lumotlardan foydalanishni cheklab qo‘yilishini ta’minlaydi, shuningdek, bunday ma’lumotlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida FMMI geoportalida aniqlangan faktni e’lon qiladi va tegishli fazoviy ma’lumotlar saqlovchisiga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
fazoviy ma’lumotlar yaratuvchisi, saqlovchisi ko‘rsatma talablarini bajarmagan taqdirda, FMMI administratori tegishli takliflarni tayyorlaydi va Kadastr agentligiga yuboradi, aniqlangan muammolarni hal qilish choralarini ko‘radi.
14. FMMI administratorining javobgarligi FMMI administratori texnik va texnologik ta’minot, FMMIda mavjud ma’lumotlarning sifatini ta’minlash va nazorat qilish, saqlash va himoya qilish uchun javob beradi.
15. Fazoviy ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilari:
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni yaratish va yangilashni amalga oshiradi;
metama’lumotlarni fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislari bo‘yicha ushbu Nizomga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq yaratishlari va yangilashlari shart.
16. Fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar o‘zlari yaratgan fazoviy ma’lumotlarni o‘n besh kun muddatda belgilangan tartibda FMMI administratoriga beg‘araz taqdim etishlari, shuningdek, metama’lumotlar elementlari qiymatlari o‘zgargandan keyin o‘n kun muddatda metama’lumotlarni yangilashlari lozim.
17. Fazoviy ma’lumotlarni saqlovchilar:
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni yaratishga buyurtma beradilar;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning yangilanishi va yuritilishini ta’minlaydilar;
o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun FMMI tarkibidagi fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlardan foydalanadilar;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning dolzarbligini, ishonchliligini, yaxlitligini va aniqligini ta’minlaydilar;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning dolzarbligi, ishonchliligi, to‘liqligi, yaxlitligi, aniqligi va xavfsizligi, shuningdek, bazaviy fazoviy ma’lumotlarning ochiqligi va ommaviyligini ta’minlaydilar.
18. Fazoviy ma’lumotlardan foydalanuvchilar:
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlardan foydalanish uchun buyurtma beradilar;
o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun FMMI tarkibidagi fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlardan foydalanadilar;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etmaydilar;
fazoviy ma’lumotlar servislaridan foydalanadilar;
fazoviy ma’lumotlardan foydalanish jarayonida ikkilamchi yaratilgan fazoviy ma’lumotlarni FMMIga taqdim etadilar.
|
| |