2 mavzu. Ilmiy tadqiqot usullari. Tasniflash va ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari. Ilmiy tadqiqotlar mavzusini tanlash va baholash. Ilmiy tadqiqot turlari




Download 25,1 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2024
Hajmi25,1 Kb.
#247649
  1   2   3
Bog'liq
2 ITM


2 mavzu. Ilmiy tadqiqot usullari. Tasniflash va ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari. Ilmiy tadqiqotlar mavzusini tanlash va baholash.


Ilmiy tadqiqot turlari
Demak, ilmiy tadiqiqot, insonning maqsadga muvofiq holda olib borilgan (boriladigan) ijodiy faoliyati (ilmiy faoliyat), ilmiy tadqiqot predmeti va ilmiy tadqiqot olib borish vositalarini o‘z ichiga olar ekan.
Ilmiy xodimning ilmiy faoliyati maqsadga muvofiqligi tekshirilayotgan ob’ekti (ilmiy tadqiqot predmeti) haqida yangi va aniqlangan bilimga erishishda bilishning konkret usullari yig‘indisiga tayanadi va bunda mos keladigan ilmiy tadqiqot vositalari (stendlar, o‘quv asboblari, hisoblash texnikasi vositasi, harakatdagi modellar, kompyuterli trenajyorlar, kasbiy kompyuterli o‘yinlar va h.k.)dan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqot predmeti eng avvalo tadqiqotni bilish uchun inson faoliyati yo‘naltirilgan ob’ektdir (manbadir). Tadqiqot ob’ekti material dunyoning har qanday hodisa va jarayoni bo‘lishi mumkin. Tadqiqot predmetiga ob’ekt haqidagi mavjud bilimlar va ob’ektdan tashhari bilimlar ham kiradi.
Ilmiy tadqiqot bir necha turlarga bo‘linadi. Ular:
1. Fundamental tadqiqot–bu muayyan soqa bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish va ular asosida aniq yangi bilimlarni hosil qilishdir.
Uning maqsadi tabiat va jamiyatning yangi qonunlarini kashf qilish hodisa va jarayonlar orasidagi aloqadorlik qonuniyatlarini ochish hamda yangi nazariyalar yaratish.
Fundamental tadqiqotlar ilmni rivojlanishini hamda ilm-fanning bevosita jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi qudratli kuchga egaligini ta’minlaydi.
2. Amaliy (tadbiqiy) tadqiqot–mavjud ishlab chiharish vositalarini yoki iste’mol predmetlarini takomillashtirish yoki yangisini yaratish bilan tavsiflanadi.
Uning maqsadi fundamental tadqiqotda olingan bilimni moddiylashtirishdan iborat. Bunda ko‘proq deduksiya tadqiqot usulidan foydalaniladi va bevosita muayyan tadqiqot ob’ekti bilan ish ko‘radi. Bu jarayon ijtimoiy sohalarda inson, jamoa, qatlam va jamiyat bilan ish ko‘rilsa, texnika soqasida (ishlab chiharish sohasida) esa tadqiqot ob’ekti mexanizm, mashina, texnologiya yoki tashkiliy stuktura, ya’ni «Sun’iy» tabiat bilan ish olib boriladi. Tadqiqot ishini amaliy yo‘naltirilganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqotdan xohlagan maqsadni olishni katta ehtimolini beradi.
3. Ilmiy ishlanma–bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba modellarini yaratishda va ishlatib ko‘rishda, ishlab chiqarish texnologiyasida, shuningdek, ta’lim texnologiyalarini yaratishda hamda mavjud metodologiyani yoki texnika-taxnologiyani mukammallashtirishda va ularni amaliy faoliyatda joriy etishdan iboratdir.
Ilmiy ishlanma bosqichlariga ilmiy tadqiqot natijasida ilmiy tadqiqot natijasidan jamiyat va davlatning boshqa shunga o‘xshash (yaqin) sohalarida ham foydalanish mumkin bo‘lishligi talab qilib qo‘yiladi.
Bu qayd etilgan ilmiy tadqiqot turlari shartli bo‘lib, bu uchalasining chegaralari harakatchandir, ya’ni chegara qat’iy emas. Ayrim adabiyotlarda ilmiy tadqiqot ishlarini shunga o‘xshash quydagicha turlarga ham bo‘linadi.
1. Nazariy.
2. Nazariy – tajribaviy.
3. Tajribaviy.
Fundamental tadqiqot bilan ishlab chiharish o‘rtasida (amaliyot o‘rtasida) uzviy bog‘liq holatlar mavjud bo‘ladi. Ular: amaliy tadqiqot–ilmiy ishlanmalar–ishlanma loyihalash-tirishlar.
Loyihalash va o‘zlashtirish bir paytning o‘zida fanga hamda texnika–texnologiya sohalariga ham kiradi, chunki bu amaliy ish, ya’ni ijodiy faoliyatda mavjud bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka - qabul qilingan standart va tajribaviy mahoratlargagina asoslanib qolmasdan, texnika, texnologiya yoki ishlab chiharishni takomillashtirish, sohalar optimal yechimlarni topish uchun hamdir.
Hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari quyidagilarga bo‘linadi:
maqsadga erishish yo‘lini yoki yaratilishi lozim bo‘lgan texnologiyani ochib beruvchi nazariy tajribaviy ishlar;
yangi yaratiladigan texnologiyaning turi, ko‘rinishi, shakli, usuli, metodologiyasini yaratishga bag‘ishlangan ishlar;
dastlabki (aprior) tajribalar;
texnologiyaning optimal variantini yaratishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari;
ilmiy tadqiqotni olib borish usulini yaratishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar.

Download 25,1 Kb.
  1   2   3




Download 25,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 mavzu. Ilmiy tadqiqot usullari. Tasniflash va ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari. Ilmiy tadqiqotlar mavzusini tanlash va baholash. Ilmiy tadqiqot turlari

Download 25,1 Kb.