• Mavzu bo‘yicha mustaqkam esda saqlab holishga oid ma’lumotlar
  • Mavzuni o‘zlashtirishni ta’minlashga oid savollar




    Download 25,1 Kb.
    bet2/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi25,1 Kb.
    #247649
    1   2   3
    Bog'liq
    2 ITM

    Mavzuni o‘zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:

    ilmiy tadqiqot ishi necha turga bo‘linadi;


    fundamental tadqiqot qanday aniqlanadi?
    amaliy tadqiqotni nima uchun tadbiqiy tadqiqot ham deb ataymiz?
    ilmiy ishlanmani qanday aniqlashimiz, ayniqsa uning ilmiyligini qanday baholaysiz?
    Mavzu bo‘yicha mustaqkam esda saqlab holishga oid ma’lumotlar:
    fundamental tadqiqot – bu muayyan soha bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish va ular asosida aniq yangi bilimlarni hosil qilishdir;
    amaliy tadqiqot – bu mavjud ishlab chiqarish vositalarini yoki iste’mol predmetlarini takomillashtirish yoki yangisini yaratish bilan tavsiflanadi;
    ilmiy ishlanma – bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba modellarini yaratishda va ishlatib ko‘rishda, ishlab chiqarish texnologiyasida, shuningdek, ta’lim texnologiyalarini yaratishda hamda mavjud metodologiyani yoki texnika – texnologiyani mukammallashtirishda va ularni amaliy faoliyatda joriy etishdan iboratdir;
    ayrim adabiyotlarda ilmiy tadqiqot ishlarini quyidagicha turlarga ham bo‘ladi: nazariy, nazariy – tajribaviy, tajribaviy.

    Mavzu bo‘yicha muammoli savollar va topshiriqlar:


    fundamental tadqiqotning maqsadi nimalardan iborat bo‘lishi mumkin?
    amaliy tadqiqotning maqsadi fundamental tadqiqotning maqsadidan nimasi bilan farq qiladi?
    ilmiy ishlanma ko‘proq fundamental tadqiqotga tegishlimi yoki amaliy tadqiqotgami yoki bob – baravarmi?
    ilmiy tadqiqot ishlarini turlarga ajratish shartmi, agar shart bo‘lsa nima uchun?
    o‘zingiz shug‘ullanayotgan ijodiy ishingiz ilmiy tadqiqot ishi qaysi turga kiradi?
    Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar:
    umuman olganda ijodiy faoliyatda albatta maqsadni aniq qo‘yib olish kerak. Bunda ilmiy rahbaringiz yoki shu sohaning yetuk mutaxassis – olimlari hamda shu soha bo‘yicha ko‘p yillik amaliy faoliyatga ega bo‘lgan mutaxassislar ham muhim hisoblanadi;
    ilmiy tadqiqot ishida ko‘pincha ular turlarining uchalasi ham qatnashadi va har doim ham ularning ushbu jarayondagi ulushi bo‘ladi. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqot ishi baholashda ularning nazorat va amaliy ahamiyati alohida qaraladi;
    har doim har qanday ijodkor o‘z ilmiy tadqiqot ishini bajarishning optimal variantiga ega bo‘lishini o‘ylaydi. Buning uchun ITI (mavzu)ning ishlanganlik darajasi yaxshi yaxshi bilishga to‘g‘ri keladi va bu orqali ishning ilmiyligi kafolatlanadi.
    ilmiy tadqiqot ishining har bir jabhasiga e’tibor berish orqali mukammal ijodiy faoliyatni amalga oshirishga erishiladi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishi turlarini doimo e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
    Ma’lumki, ilmiy tadqiqot ishi kishining ijodiy faoliyati jarayonidan iborat. Shu sababli ham mazkur jarayon algoritmik (ma’lum ketma-ketlikda) tarzda bajariladi va unga reja yoki loyiqa tuziladi, aks holda kutilgan natijaga erishishga bo‘lgan harakat samarasiz ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarini bartaraf qilishda tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash va muammoning aniq qo‘yilishi muhim rol o‘ynaydi. Bular tadqiqot usullarini tanlashga mustahkam asos bo‘ladi. Shu sababli ham tadqiqotchi bilishning eng umumiy usullari bilan tanish bo‘lishi kerak va bu tadqiqotchiga qaratilayotgan tadqiqot manbaini (hodisa, jarayon yoki predmet) o‘rganishga yordam beradi hamda shuning bilan birga tadqiqot manbaini o‘rab turgan muhit (dunyo) bilan aloqadorlik qonuniyatlarini ham o‘rganishga imkon yaratadi. Demak, bu orqali tadqiqotchi borliqni o‘rganishning umumiy tamoyillari, qonunlari va qoidalari bilan tanishgan bo‘ladi.
    Ma’lumki, har qaysi fan yoki ta’lim faqat o‘zigagina ta’luqli bo‘lgan tadqiqot usullaridan foydalanadi va ular ham o‘ziga xos keng qamrovlilikka (universallikka) ega bo‘ladi. Bu borada aniq (konkret) ilmiy usullarning ba’zi birlari turli fanlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, matematik uslullardan pedagogik, ijtimoiy, texnik, texnologik va shu kabi tadqiqotlarni olib borishda keng foydalaniladi. Quyida biz ko‘proq ishlatiladigan tadqiqot usullari haqida qisqacha to‘xtalamiz.
    Tahlil– manbani, muammoni, natijani ilmiy o‘rganish uslubi.
    Bunda tadqiqot ob’ekti fikran yoki ehtimoliy ravishda tarkibiy qismlarga ajratiladi yoki ob’ektga mos belgilar va ko‘rsatkichlar hamda ularning aloqadorligi o‘rganiladi. Ko‘rsatkichlar (omillar) orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishdan maqsad tadqiqot ob’ektini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sonini kamaytirish va ularni asosiy va ikkinchi darajali ko‘rsatkichlarga bo‘lish masalasi bo‘yicha ham o‘rganiladi.
    Sintez – ob’ektni (ob’ektlarni) bir butun holda qarab, uni (ularni) aks etturuvchi ko‘rsatkichlarni (parametrlarni, omillarni) o‘zaro aloqadorlik holatdagi tadqiqot usuli.
    Odatda, sintez usuli tahlil usulidan keyin, ya’ni ob’ektni ko‘rsatkichlar ierarxiyali tahlilidan keyin, ularni o‘zaro aloqadorlik darajalarini hisobga olgan holda olib boriladi.
    Induksiya – xususiy tasdiqlardan umumiy tasdiqlarga o‘tish haqidagi tadqiqot usulidir.
    Demak, ilmiy tadqiqot ishi davomida xususiy fikrlar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar asosida tadqiqotning ma’lum bosqichida yoki oxirida umumiy ko‘rinishdagi xulosani hosil qiladi va u qonuniyat, qonun, qoida, nazariya ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Induksiya tadqiqot usuli tabiiy va amaliy fanlarda keng tarqalgan usul.
    Deduksiya – umumiy tasdiqlardan xususiy tasdiqlarga o‘tish usuli.
    Ilmiy tadqiqot ishida deduksiya tadqiqot usuli ko‘pincha aniq fanlarda ishlatiladi. Matematika fanlarida induksiya va deduksiya usullaridan ham ko‘proq foydalaniladi va ular ham tahlil va sintezga o‘xshab bir-birini to‘ldiradi va tekshiradi. Ulardagi jarayon kechishi o‘zaro teskari holatda bo‘ladi. Hattoki matematik induksiya metodi alohida tadqiqot usuli sifatida amaliyotda keng qo‘llaniladi.
    Abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli – bu usul qaralayotgan hodisaning (jarayon, predmetning) ba’zan jiddiy bo‘lmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo‘llaniladi
    Nazariy ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchi fikran ayrim xossalari, xususiyatlari, aloqalari va o‘zaro bog‘lanishlarga tayanib oxirida ilmiy abstraksiya bo‘lgan ilmiy tushuncha, qonuniyat va boshqa umumiy qonuniy holatlarni oladi. Ular har qaysi fanni o‘rganishda va uni rivojlantirishda fundamental asos bo‘ladi.
    Formallash – bu usulda hodisa yoki jarayon matematik belgi va qonunlar asosida formulalarda ifodalanadi. Formallashtirish matematik abstraksiyalashning asosi hisoblanadi. U matematik formulalarni undan uzoqlashgan fanda ham qo‘llash imkonini beradi. Bunday hollarda matematik formulalardagi umumiy qonuniyat saqlanib, qo‘shimcha shart-sharoitlar (umumiy hollar) hisobga olinadi. Masalan, matematik apparat (formulalar)lardan bugungi kunda deyarli barcha fanlar (tibbiyot, biologiya, iqtisod, fizika, informatika va h.k.) foydalanilmoqda.
    Umuman olganda texnik amaliy fanlarda nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borishda matematik usullar keng qo‘llaniladi.
    O‘xshashlik – bu yaxlitlikda alohida ob’ektning ba’zi bir belgisi bo‘yicha o‘xshashligi.
    O‘xshashlik usulining asosiy tamoyili shundan iboratki, o‘rganilayotgan ob’ektni xossalarining yoki uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tabiatining o‘xshashligidan tadqiqot qilinmagan boshqa belgi haqida ham xulosa chiharib olish imkoniyati tug‘iladi. Geometriyadagi borib bo‘lmaydigan nuqtagacha bo‘lgan masofani o‘lchash yoki chiqib bo‘lmaydigan cho‘qqini o‘lchash muammolari yechimlari ham o‘xshashlik tadqiqot usulining amaldagi natijasidir. O‘xshashlik usulidan modellash jarayoni keng foydalaniladi.
    Modellashtirish – ob’ektni tadqiq qilish maqsadida, undagi jarayonlar kechishini ifodolovchi modellarni yaratish.
    Tajriba asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotdagi isbotini qal etishdagi asosiy tadqiqot jarayoni.
    Insoniyat paydo bo‘libdiki, tevarak-atrofni kuzatish bor, tahlilqilish bor va ular asosida yakuniy fikrga ega bo‘lish bor. Shuning o‘zi ham tajriba.
    Hodisa va jarayonlarni o‘rganishga mo‘ljallangan (rejalashtirilgan, loyiqalashtirilgan) kuzatish jarayonidagi tajriba va bilimni aniq minimumi ob’ektiv hodisani maxsus yaratilgan sharoitda takrorlash.
    Ob’ektiv hodisani nazariy asoslangan maxsus yaratilgan sharoitda takrorlash uchun (sinash uchun) ma’lum kuzatish ishlari va bilimning aniq bir minimumi (tajriba metodikasi va rejasi) yig‘ilgan bo‘lishi kerak va u kuzatish orqali olib boriladi.

    Tajriba-sinov ishlari hodisa yoki jarayonni nafaqat passiv kuzatishdan iborat, balki uning qanday kechishiga, ya’ni uni bajarishiga ongli-ijodiy munosabatda (tadqiqot maqsadi va rejasini e’tiborga olgin holda) bo‘lishni talab etadi. Bunda tadqiqotchi savodxonligi va ishchanligi asosiy omillardan hisoblanadi. Bunda uning xohishi bilan tadqiqotni sun’iy takrorlashi ham mumkin.


    Tajriba-sinov ishlari yordamida borliq yoki tabiatning yangi qonunlarini yoki qonuniyatlarini va qattoki kashfiyotlarini ham ochish mumkin. Bu jarayonning diqqatga sazovor tomonini yana bir jiqati, u sinchkovlikka ham bog‘liq bo‘ladi va natijada katta-katta ilmiy, ilmiy-texnikaviy yechimlarni qo‘lga kiritishga ular asos bo‘ladi. Masalan, Arximed qonunining paydo bo‘lishi, Yerning tortish qonuni, go‘sht maydalagichning paydo bo‘lishi (Arximed vinti) va h.k. lar shular jumlasidandir.
    Yuqoridagilarga e’tibor beradigan bo‘lsak, keltirilgan tadqiqot usullari ham amallar bajarishdagi o‘zaro aloqadorlik va birlikka ega ekanligiga o‘xshash xususiyatga ega, ya’ni tahlilva sintez, induksiya va deduksiya, absratsiya va o‘xshashlik, modellash va formallash o‘zaro dialektik bog‘langan, aniq ITIda ular bir-birini to‘ldiradilar.



    Download 25,1 Kb.
    1   2   3




    Download 25,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni o‘zlashtirishni ta’minlashga oid savollar

    Download 25,1 Kb.