2-mavzu: Blokcheyn texnologiyalarining jahon miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana13.01.2024
Hajmi0,82 Mb.
#136240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 mavzu



2-mavzu: 
Blokcheyn texnologiyalarining jahon 
miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari.
 
Hozirgi kunda, butun dunyoda blokcheyn texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy 
iqtisodiy va hakazo sohalarida keng qo’llanilmoqda. Blokcheyn texnologiyasida 
axborot kommunikatsiya texnologiyasida sohasida katta burilish yasadi. Bu 
burilishni internet yaratilishi bilan qiyoslash mumkin. Jamiyat va undagi insonlar 
hayoti pul, ma’lumotlar va hujjatlar bilan bog’liqdir. Shunga bog’liq holda biz pul, 
hujjat va axborotlarni beruvchi va ularni tekshirib haqiyqiyligini kafolatlovchi, 
yozuvlarning haqiyqiyligini tekshiruvchi har hil turdagi vositachilar bilan 
munosabatda bo'ladi. 
Shuning uchun biz tarmoqdagi vositachiga ishonch bildirishga majbur 
bo’lamiz. Misol uchun, hozirgi kunda bank haridorlarining mablag’lari haqidagi 
ma’lumotlari konfdentsialligini ta’minlash, notarial idora xizmatchilarining 
noqonuniy shartnomalar tuzish kabi hatti – harakatlarga urinishlar, davlat 
tashkilotlari va tijorat tashkilotlari xizmatchilarining o’z manfaatlari yo’lida 
davlatga ziyon keltiruvchi hatti-harakatlarni amalga oshirishga urinishlari 
korruptsiya, davlat mulkini talon taroj qilish kabi hakazo harakatlar amalga 
oshirilayotgani hech birimizga sir emas.
Albatta bu kabi muammolarning chuqur ildiz otishi yurtimizning ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy sohalarda rivojlanish bosqichlarida ortda qolishiga mamlakatimiz 
aholisining ko’pgina qatlamlarida qashshoqlik, ocharchilik, ijtimoiy himoyasizlik 
kabi og’ir oqibatlarga olib keladi. Albatta bu muammolarning yechishning 
mamlakatimizda aniq strategiyalari belgilangan. Asosan, bu borada 2017-2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi 
bo’yicha harakatlar strategiyasida keng qamrovli vazifalar belgilab berilgan. 
Albatta, harakatlar strategiyasining ustivor vazifalari bajarilayotgan holda 
mamlakatimizda ko’pgina ijtimoiy iqtisdiy o’zgarishlar, yangilanishlar yuz 
bermoqda[1]. Lekin, hozirgi kunda axborot texnologiyalarining mamlakatimizning 


ko’pgina sohalariga qo’llanilishi, ko’pgina davlat va molyaviy xizmatlarning 
masofaviy tizimlar yordamida bajarilishi, tizimlar orqali molyaviy amallarni 
bajarishda vositachilardan foydalanilishi natijasida tizimlar xavfsizligiga tahdidlar, 
tizimdagi ma’lumotlarning o’zgartirilishi ya’ni konfedentsialligi buzilishi kabi 
ko’pgina muammolar kelib chiqmoqda.[2] 
Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko’pgina va xavfsizlikni 
ta’minlash maqsadida ko’pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif 
qilinmoqda. Ko’pgina kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi 
va kriptoanalitiklar tomonidan tahlil qilinishi natijasida algoritmlarga nisbatan 
shubhalar kelib chiqmoqda. Albatta bu muammolarni yechish yangi zamonaviy 
konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori bo’lgan kriptoalgoritm yoki 
himoya tizimi zarurligi ko’pchilik mutahasislar tomonidan aytilmoqda. Bu turdagi 
masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini qo’llash bo’yicha ko’pgina 
mulohazalar keltirilmoqda. Endi, biz quyidagicha blokcheyn texnologiyasining 
ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy sohalarga qo’llashning asosiy bosqichlarini ko’rib 
chiqamiz.
Blokcheyn – bu ixtiyoriy pedmet haqidagi ma’lumotlarni ochiq aloqa 
tarmog’I orqali uzatuvchi yagona ishonchli texnologiya bo’lib hisoblanadi. Misol 
uchun, Blokcheyn texnologiyasi orqali molyaviy ma’lumotlarni ishonchli saqlash 
mumkin. Kripto valyuta tizimlarida blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchilarning 
virtual pul mablag’larini ishonchli saqlash va sarflash firibgarliklardan asrash 
imkoniyatini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda blokcheyn texnologiyasini 
qo’llagan holda abonentlar yoki tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, elektron 
shartnomalar, sog’liqni saqlash tizimidagi maxfiy ma’lumotlar (bemorlarning 
kasallik varaqasi va shunga o’xshash maxfiy ma’lumotlar), farmaseftika sohasidagi 
ma’lumotlar (dori darmon maxsulotlarining haqiyqiyligini ta’minlash maqsadida) 
va nikoh to’g’risidagi ma’lumotlarning konfedentsialligini ta’minlashda keng 
qo’llaniladi. Umumiy aytganda, barcha matnli va boshqa turdagi ma’lumotlarni 
blokcheyn zanjirlari bloklarida saqlash ma’umotlar konfedentsialligini ta’minlashda 


katta imkoniyat yaratadi. Blokcheyn texnologiyasining boshqa kriptoalgoritmlardan 
farqi shundan iboratki, blokcheyn bloklariga kiritilgan ochiq yoki maxfiy 
axborotlarni o’zgartirish, o’g’irlash va shunga o’xshash kripto hujumlarni amalga 
oshirirsh kriptoanalitiklarga yaxshi natija bermaydi. Bu deganimiz kriptoanalitiklar 
blokcheyn zanjirlaridagi ma’lumotlarga ziyon keltirishi mumkin emas[1]. 
Yuqorida keltirilgan muammolar yechimi haqida tushunchaga ega bo’lish uchun 
dastlab blokcheyn zanjirli texnologiyasi haqida tushunchaga ega bo’lish zarur. 
Blokcheyn teaxnologiyasi – bu har bir blok oldingi blokiga bog’liq bo’lgan 
ma’lumotlar bloklarini zanjiri hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyasining ishlash 
printsipi 1-rasmda keltirilgan.

Download 0,82 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Blokcheyn texnologiyalarining jahon miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari

Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish