➢ Taqsimlash
➢ Ochiqlik
➢
Xavfsizlik
Bu priintsiplar asosida blokcheynning barcha foydalanuvchilari kompyuterlar
tarmog’ini shakllantiradi va ularning har birida ma’lumotlar bloklarining nushalari
mavjud bo’ladi. Odatda bu barcha bloklarning to’liq nushalari bo’lib, biz o’zimizga
lozim bo’lgan bloklarni saqlaymiz. Shuning hisobiga blokcheyn bloklaridagi
ma’lumotlarga zarar yetkazish, buzish, qayta ishlash, o’chirish mumkin emas, sababi
barcha kompyuterlardagi ma’lumotlarni o’chirish yoki o’zgartirish lozim.
Blokcheyn kamida bitta foydalanuvchi mavjud tizimdan ixtiyoriy sondagi
foydalanuvchi tizimlarigacha qo’llaniladi. Bunda har
bir yangi foydalanuvchi bu
tizimni kengaytiradi va bardoshlilikni oshiradi. Tizimdagi barcha foydalanuvchilar
teng huquqli bo’lib, tizim tashkilotchilari, moderatorlar, kuzatuvchilar, adminlar
tushunchalari bo’lmaydi. Tizimdagi har bir foydalanuvchi o’z
bloklari va
ma’lumotlariga ta’sir ko’rsata oladi. Blokcheyn bloklaridagi barcha ma’lumotlar
ochiq va shifrlangan turda saqlanishi mumkin. Agarda blokdagi ma’lumotlar ochiq
turda saqlanadigan bo’lsa, u holda ma’lumot mazmunini osongina o’qish va shu
blokning barcha yozuvlarini ko’rish mumkin. Ma’lumotlarning oochiq holda
saqlanishi asosan bu ma’lumotning mazmuni o’zgartirilmasligining
oldini olish
maqsadida amalga oshiriladi.Bunda har bir foydalanuvchi o’z bloklaridagi
ma’lumotlarni ko’ra olishadi va ularni o’zgartirish huquqiga ham ega bo’ladi.
Shunday qilib, blokcheyn bloklariga yozilgan ma’lumotlar osongina tekshirilgan
holda haqiyqiyligi
osongina tasdiqlanadi, bu tarmoqdagi vositachi abonentlar
yordamidan foydalanmaslikka imkoniyat yaratadi. Albatta bu murakkab jarayon
bo’lib, bloklar hesh funksiya deb ataluvchi protsedurada hisoblanadi.
Shifrlash
jarayoni kalitlar yordamida o’zgartirish amallar ketma- ketliklarini bajarish orqali
amalga oshiriladi. Bunda asosan kriptografik kalitlar qo’llaniladi.Blokcheyn
texnologiyasi ishinchli, xavfsizligi ta’minlangan, ma’lumotlarning konfedentsialligi
va haqiyqiyligini oson va ishinchli tekshirish imkoniyatini beruvchi kriptografik
kalitlar bilan amalga oshiriladi. Bunda kalit sifatida 256, 512 bit uzunlikdagi tub
sonlar qo’llaniladi. Misol uchun,
𝐾 = 117316195423570985008687907853269984665640564039457584
007913129639935
yuqorida aytib o’tganimizdek, mazkur kalit hesh funksiya (SHA, SHA1, SHA2,
SHA256, SHA512, MD3, MD4, MD5 h.k.) algortimlari orqali hisoblanadi. Kiruvchi
boshlang’ich ma’lumotlarni heshlash natijasida yangi kalitlar hisoblanadi. Heshlash
jarayoni shunday hususiyatga egaki, kiruvchi ma’lumotlarda kichik o’zgarishlar yuz
bersa natija to’lig’i bilan o’zgaradi. Bu jarayon quyidagicha 1-jadvalda keltirilgan.