2-mavzu: Blokcheyn texnologiyalarining jahon miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana13.01.2024
Hajmi0,82 Mb.
#136240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 mavzu

13-rasm. Yozuvlar korpusi sxemasi 
13-rasmda keltirilganidek, har bir yozuv oldingi yozuv havolasi bilan bir qatorda 
bloklash holati va bloklashni ochish qoidasini o’z ichiga oladi. Bunda, yozuv 
manbasi bu –oldingi yozuvning natijasiga havola bo’lib hisoblanadi. Keyingi 
yozuvcning manbasi esa hozirgi yozuv natijasi hisoblanib murakkab turda bajariladi. 
Bu operatsiyaning mazmunini tushunish uchun quyidagicha misolni keltiramiz. 
Misol uchun, “100 bitcoin” yoki “100000000 so’m” kredit berish jarayonini 
keltirishimiz mumkin. Bunda har bir natija chegaralangan shartlar bilan 
himoyalanadi, shuning uchun ixtiyoriy foydalanuvchi yangi yozuvlarni shakllantira 
olmaydi. 
Faqatgina 
bloklangan 
yozuvlarni 
ochish 
qoidasini 
biluvchi 


foydalanuvchilar yozuvlar zanjirlarini kengaytirishi va blokcheyndagi axborotni 
o’zgartirish huquqiga ega bo’ladi. Endi, yuqoridagi misolni qaraylik. Faraz qilaylik, 
oldingi yozuvda “Foydalanuvchi paroli: 5552155166512220358481516581” 
blokcheyn sharti bilan foydalanuvchiga pul mablag’I yuborilgan. Qabul qiluvchi 
𝐴 
foydalanuvchisi o’zining parolli bloklash qoidasiga asoslanib maxfiy kalitni (parol)
kiritgan holda yangi yozuv shakllantiradi va qoida asosida bajariladi. 
𝐴 
foydalanuvchisi o’zining “𝐴𝐵𝐶𝐷𝐸𝐹” parol kalitini hisoblaydi va yangi rekord 
blokcheyn qoidasining bajarilishining natijasi oldingi blokcheyn holatiga 
almashtiriladi, agarda almashtirish aniqlansa yozuv haqiyqiy deb hisoblanadi va 
yozuv maynerga uzatiladi. Agarda uzatilgan xabar paroli hatoligi aniqlansa, 
blokcheyndagi barcha haqiyqiy foydalanuvchilar xabarni uzatmaydi va mayner 
xabarni blok yozuvlariga aylantirmaydi. Bundan, blokdagi yozuvlar korpusiga 
kiritilgan har qanday yozuvlar haqiyqiy deb hisoblanmaydi va qalbakiligi oson 
tekshiriladi[6]. 
Xulosa qilib aytganda, blokcheyn texnologiyasining qo’llanilishi yuqori 
daraja himoyalanishga olib keladi. Albatta bu yuqorida keltirilgan mulohazalarning
qo’llanilishi natijasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan 
holda blokcheyn texnologiyasining qanchalik murakkab strukturaga ega 
ekanligining guvohi bo’ldik. Blokcheyn texnologiyasining kriptobardoshliligini 
aniqlashda esa mumkin bo’lgan kriptohujum va firibgarliklarning nazariy tarafdan 
imkonsiz ekanligini ilmiy tadqiqot natijasida ko’rib chiqdik. Bu albatta blokcheyn 
texnologiyasining hozirgi zamon axborotlashtirish sohasida revolyutsiyasi 
ekanligini yana bir marotaba isbotlaydi. Bu butun dunyoda vositachilik, firibgarlik, 
ko’z bo’yamachilik, ko’rruptsiya hakazo kabi jamiyat ildizini kemirayogan zarar 
kunandalardan xolos bo’lishning eng maqbul yechimidir. Misol tariqasida
jamiyatning asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank molya sohasida blokcheyn 
texnologiyasini qo’llash, banklardagi kreditlash tizimining shaffofligini 
ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bank tzizmida pul aylanmasining yoqqol 
ko’rinishi namoyon bo’ladi. Buning natijasida har hil firibgarliklar va molyaviya 
jiniyatlarning oldini olgan holda bank tashkilotlarining bankrolik holatlariga tushib 


qolmasliklarining oldini olishga asos bo’ladi. Yana shuni aytish joizki, bu 
texnologiya orqali ipoteka kreditlari, avtokreditlar, avtomobillarni ijaraga olish 
hakazo amallarni bajarish mutlaqo ishonchli turda amalga oshiriladi. Albatta bu 
fuqorolarimizning davlat organlari va tashkilotlariga bo’lgan ishonchini yanada 
mustahkamlaydi. Bu kabi ishochning mustahkamlanishi barcha harakat qilgan holda 
yurtimizning ertangi kuni uchun rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Blokcheyn texnologiyalarining jahon miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari

Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish