2-mavzu. Sanoat korxonalari binolarining klassifikasiyasi




Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.11.2023
Hajmi218.25 Kb.
#93325
  1   2
Bog'liq
SARVAR tavsiyanoma, 7, oferta bonus, Gibbs enrgiyasi1, INGLIZ TILI KURS ISHI YUZA, 1251730 (1), «neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi», 5-kurs sirtqi kundalik, ApplicationFile (4), essential english words 1, 1, Mehnat muxafaza ishchi, detalization 2023-09-01 2023-09-04 51, Xayrullayev.Zafar Loyihalash asoslari


2-mavzu. Sanoat korxonalari binolarining klassifikasiyasi 
Sanoat korxonalarini ishlab chiqarish tarmoqlari bo’yicha turlarga 
ajratiladi. Iqtisodiyotda hammasi bo’lib 15 dan ortiq yirik tarmoqlar 
mavjud. Bularga misol tariqasida elektr energiya, qora metallurgiya, rangli 
metallurgiya, mashinasozlik, metallni qayta ishlash va boshqa tarmoqlarni 
ko’rsatish mumkin. Yirik tarmoqlar o’z navbatida 160 dan ortiq kichik 
tarmoqlarga ham bo’linadi. Masalan, mashinasozlikni qarab chiqsak, bu 
tarmoq avtomobilsozlik, traktorsozlik, stanoksozlik va boshqa kichik 
tarmoqlarga bo’linib ketgan.
Qurilish iqtisodiyotning tarmog’i sifatida qaraladigan bo’lsa, bu soha 
ham sanoat qurilishi, transport qurilishi, qishloq xo’jalik qurilishi, turar joy, 
kommunal xo’jalik qurilishi kabilarga bo’linadi. Sanoat qurilishi o’z 
navbatida og’ir mashinasozlik korxonalari qurilishi, metallurgiya sanoati 
korxonalari qurilishi va boshqa ishlab chiqiladigan mahsulotlar turi va 
texnologik jarayonlar bo’yicha bo’linadi. Qurilishda va loyihalash 
tizimlarida tarmoqli turlanish asos qilib olingan. Shu asosda sanoat binolari 
turlarga ajratiladi.
Sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi sanoat 
korxonalari tipologik tasniflanishi jihatidan quyidagi asosiy guruhlarga 
bo’linadi:
1.Tog’-kon sanoati korxonalari.
2. Metallurgiya sanoati korxonalari.
3. Neftximiya va ximiya sanoati korxonalari.
4. Mashinasozlik sanoati korxonalari.
5.Radio elektr va asbobsozlik sanoati korxonalari.
6.Sellyuloza-qog’oz va yog’ochni qayta ishlash sanoati korxonalari.
7.Qurilish industriyasi sanoati korxonalari.
8.Tekstil va yengil sanoati sanoati korxonalari..
9.Oziq-ovqat sanoati korxonalari.
10. Energetika sanoati korxonalari.
Sanoat binolari tarmoqlanishidan qat’iy nazar, to’rtta asosiy guruhga 
bo’linadi: ishlab chiqarish, energetika, transport-ombor ho’jalik va 
yordamchi binolar.
Ishlab chiqarish binolariga tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat 
chiqaradigan sexlar joylashgan binolar kiradi. Masalan, metallga ishlov 
berish, mexanik yig’ma, temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish, 
oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, avtomobillarni ishlab chiqarish 
sexlari va boshqalar.


Energetik binolarga sanoat korxonalarini elektr va issiqliq bilan 
ta’minlovchi issiqliq elektr markazlari, transformator stansiyalari, 
kompressor stansiyalari misol buladi.
Transport-ombor xo’jalik binolari tarkibiga sanoat transportlari to’xtash 
joylari, garajlar, tayyor mahsulotlar omborlari, o’t o’chirish depolari kabilar 
kiradi.
Yordamchi binolarga ma’muriy-idoraviy xonalar, jamoat tashkilotlari 
xonalari, maishiy xizmat xonalari, ovqatlanish va medisina punktlarini 
misol qilish mumkin. Yordamchi binolarni ishlab chiqarish korxonalari 
tarkibida loyihalash mumkin. Bularga ma’muriy idora xonalari, jamoat 
tashkilotlari xonalari, maishiy xizmat xonalari va umumiy ovqatlanish 
xonalari kiradi.
Sanitar klassifikasiyasi bo’yicha - texnologik jarayonida zararli 
chiqindilari bo’lgan sanoat korxonalari (yoxud bino va inshootlar) uchun, 
loyihalashni sanitariya normalarida 5 ta sinf bo’lishi belgilangan. Korxonalar 
ishlab-chiqarish va obyektlarni sanitariya sinflariga mansubligiga qarab, 
sanitariya saqlanish zonalari o’lchamlari belgilangan I, II, III va sinflar 
uchun tartib raqamiga qarab 1000, 500, 300 m, IV va V sinflarga — 100 va 
50 m.
Sanoat korxonalari ishlab-chiqarish binolari spesifik alomatlariga qarab 
sinflarga bo’linadi, unda binolarni u yoki bu tarmoqqa tegishli ekanligini 
mo’ljallash mumkinligi ko’riladi, bu esa korxonani tuzilishi va ishlab 
chiqarish texnologik jarayoni bilan belgilanadi: to’liq va noto’liq ishlab-
chiqarish siklli; ishlab-chiqarish dasturi, mahsulot nomenklaturasi va 
boshqalar. Binolarning o’ziga xos tomonlari, qavatlar soni, to’sin 
tashlanadigan oraliq soni, asosiy parametrlarning qay darajada kattaligi 
(to’sin tashlanadigan oraliq, bu oraliqlar orasidagi masofa, balandligi, 
maydoni va boshqalar), ichki ustunlar xarakteri va joylashtirish uslubi, 
oqama suvlar sistemasi, ichki transportni qandayligiga qarab farqlanadi. 
Sanoat binolari, bir va ko’p qavatli, to’sin tashlanadigan oralig’i bir va ko’p 
oraliqli, ichki yoki tashqari oqama suv sistemasini, yuk ko’taruvchi transport 
uskunalari bilan jihozlangan yoki jihozlanmagan bo’lishi mumkin.
O’tga chidamliligi darajasiga qarab bino va inshootlar guruhlarga 
bo’linadi. Ishlab-chiqarish binolari funksional alomatlariga qarab hamda 
xo’jaligidagi ahamiyatini hisobga olgan holda, sinflarga bo’linadi. Sanoat 
binolarining hajmiy-rejaviy, arxitekturaviy tarziy yechimi va konstruktiv 
yechimlari juda xilma-xildir. Bajarilayotgan texnologik jarayonlarni 
xarakteri va tashkil qilinishiga qarab, ular qator o’ziga xos tomonlari va 
xususiyatlariga qarab tasniflash mumkin:

Download 218.25 Kb.
  1   2




Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Sanoat korxonalari binolarining klassifikasiyasi

Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish