2-mavzu. Sanoat korxonalari binolarining klassifikasiyasi




Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi218.25 Kb.
#93325
1   2
Bog'liq
SARVAR tavsiyanoma, 7, oferta bonus, Gibbs enrgiyasi1, INGLIZ TILI KURS ISHI YUZA, 1251730 (1), «neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi», 5-kurs sirtqi kundalik, ApplicationFile (4), essential english words 1, 1, Mehnat muxafaza ishchi, detalization 2023-09-01 2023-09-04 51, Xayrullayev.Zafar Loyihalash asoslari
 Oraliqlar soni bo’yicha bir oraliqli va ko’p oraliqli sanoat binolari 
mavjud. Bir oraliqli binolar katta bo’lmagan ishlab chiqarish, energetik yoki 
ombor binolar uchun maqsadga muvofiq. Shuningdek, ular katta oraliq (36 
m va undan ortiq) va yuqori balandlik (18m dan ortiq) talab etuvchi ishlab 
chiqarish binolari uchun ham qo’llaniladi. Ko’p oraliqli sanoat binolari eng 


ko’p tarqalgan bo’lib, turli xildagi sanoat tarmoqlari uchun ko’llaniladi. 
Qavatlar soni bo’yicha - bir qavatli va ko’p qavatli binolar. Qator afzalliklari 
uchun zamonaviy sanoat qurilishining taxminan 90 % bir qavatli binolar 
tashkil qiladi. Ularda jihozlarni joylashtirish, ishlab chiqarish oqimlarini 
tashkil qilish, xilma-xil transport va ko’taruvchi uskunalarni ko’llash uchun 
yaxshi sharoitlar mavjud.
Ko’p qavatli sanoat binolari qavatlararo yopmalarda faqat yengil 
texnologik jihozlarni o’rnatish qulay bo’lganligi uchun cheklangan. Bunday 
binolar asosan yengil sanoat, asbobsozlik, poligrafiya sanoati va shularga 
o’xshash korxonalar uchun qo’llaniladi. Shuningdek, ishlab chiqarish 
jarayoni vertikal bo’yicha mo’ljallangan holda ham ko’p qavatli binolardan 
foydalaniladi. Bunday binolarni cheklangan xududda qurishadi. Ularda 
albatta texnik qavat loyihalanadi.
Ko’p qavatli binolar uchun kolonalar turi 6x6, 6x9 yoki 6x12 m qabul 
qilinadi. Sanoat binolari balandliklari bir-biridan farq qiluvchi bir qavatli 
qismlardan yoki bir va ko’p qavatli qismlardan ham iborat bo’lishi mumkin. 
So’ngisi aralashma qavatli binolar deb yuritiladi.
Ko’tarish - transport jihozlarining qo’llanilishi bo’yicha kransiz va 
kranli (osma kranli, ko’prikli kranlar bilan ) binolar mavjud.
Konstruktiv karkas sxemasi bo’yicha sanoat binolari karkasli, karkassiz 
va aralash karkasli binolarga bo’linadi. Binolar karkasining ishlashiga qarab 
ramalik, bog’lanadigan, ramalik-bog’lanadigan va boshqacha turlari 
bo’ladi. Qoidaga ko’ra katta hajmga ega bo’lmagan sanoat binolari 
ko’pincha karkassiz (yoki aralash karkasli) tarzda quriladi.
Yopmalarning konstruktiv sxemasi bo’yicha tekis karkasli (balka 
yopilmalari bo’yicha ramali, arkali va fermali ), fazoviy karkasli, osma, 
kesishuvchan, pnevmatik tomyopilmali sanoat binolari ishlatiladi.
Qurilish sistemasi bo’yicha asosiy ko’tarib turuvchi konstruksiyalari 
materialiga bog’liq va uni temirbeton karkasli ( yig’ma, quyma, 
yig’maquyma), po’lat karkasli, g’isht ko’taruvchi devorli va tom yopmasi 
bo’yicha temirbetonli, metalli va yog’och konstruksiyalarli binolar mavjud.
Binoning oqama suv sistemasi yechimiga qarab, ichki oqama suv 
sistemasi, tashqi oqama suv sistemali qilib loyihalanadi.
Tomini yon ko’rinish yechimi xarakteriga qarab, fonarli yoki fonarsiz 
binolar bo’ladi.
Xonalarni ichki harorat namlik rejimiga qarab — ishlab-chiqarish 
binolarni isitiladigan va isitilmaydigan, texnologik jarayon tufayli ortiqcha 
issiqlik ajratib chiqaradiganlarga bo’linadi.
Bino xonalari ventilyasiya sistemasiga qarab, sun’iy ventilyasiya bilan 
ta’minlangan va ta’minlanmagan, o’rab turuvchi devor, deraza va 
vitrajlaridagi munosib darchalar orqali aerasiyalangan, shuningdek sun’iy 
havo oqimini tortuvchi ventilyasiya sistemalariga bo’linadi.
Xonalar yoritish sistemasiga qarab, tabiiy, sun’iy va aralash 
yoritiladiganlarga sinflanishi mumkin.


Maydonni qurilish xarakteriga qarab, ishlab-chiqarish binolari zich 
joylashuvli, blokli va pavilonli qilib qurilgan bo’lishi mumkin.
Ichkaridagi ko’tarib turuvchi ustun va devorlarini joylashiga qarab, ishlab-
chiqarish binolari to’sin oralig’li, kataksimon va zallardan iborat bo’ladi. 
To’sin oralig’li binolarda to’sin oralig’i o’lchami ustunlar oraliq 
o’lchamidan katta bo’ladi, kataksimon tipidagi binolarda ustunlar to’ri 
odatda kvadrat yoki shunga yaqin ko’rinishida bo’ladi, zal tipidagi binolarni, 
odatda ichkari devor va ustunlarsiz, katta ishlab-chiqarish maydoni talab 
qilingan holda quriladi.
Texnika taraqqiyoti tezlashayotgan xozirgi davrda sanoat binolarining 
«egiluvchanligi»ni oshirish, universal imoratlarni yaratish, sanoat 
korxonalari sexlarini bir tom ostida yaxlit qilib qurish kabi masalalar alohida 
e’tibor talab kiladi. Keyingi vaktlarda texnologik jihozlarni ochiq 
joylashtirish keng qo’llanilmokda. Sanoat kurilishida fonarli binolar 
qo’llanilishi keng tarqalgan.
Sanoat korxonasi tarkibida maxsus inshootlar xam barpo etiladi. Bular 
jumlasiga sanoat transporti uchun nshootlar (ko’prik kranlar uchun 
estakadalar, kiya yo’laklar, galereyalar), kommunikasiya uchun inshootlar 
va binolar (yer osti yo’laklari, sun’iy ariqlar, alohida tayanchlar, 
estakadalar), jihozlar o’rnatish uchun qurilmalar, jihozlarni joylashtirish 
uchun maxsus inshootlar (mashina osti poydevorlari), jihozlarni joylashtirish 
uchun inshootlar (suyukliklarini saqlash uchun xajmlar, sochiluvchan 
materiallarni saklash uchun bunkerlar, tutun quvurlari, suv bosimli 
minoralar) kiradi.
Ta’kidlash joizki, sanoat inshooti ko’pincha binoning elementi bo’lib 
xam hisoblanishi mumkin. Masalan, bir qavatli sanoat binosidagi ko’prik 
kranlar 
uchun 
ishlatiladigan 
estakadalar 
binoning 
kutaruvchi 
konstruksiyalari tarkibiga kiradi. (tablisa 2.1. Proi.zd.
Shubin 1986)   
Oraliqlarning o’lchamlariga ko’ra kichik oraliqli (6, 9,12 m), 
o’rtacha oraliqli (18, 24, 30 ,36 m) va yirik oraliqli (36 m va undan ortiq) 
sanoat binolar quriladi.

Download 218.25 Kb.
1   2




Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Sanoat korxonalari binolarining klassifikasiyasi

Download 218.25 Kb.
Pdf ko'rish