|
О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti texnologiya fakulteti
|
bet | 1/2 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #153314 |
Bog'liq Aziz yonalishga kirish TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI TEXNOLOGIYA FAKULTETI MUSTAQIL ISH Mavzu: devor turlari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar Bajardi: Anvarov azizbek 21-22 guruh talabasi QABUL QILdi: Mo’minov Abdujambil Toshkent – 2023 reja: 1.Devor haqida tushuncha. 2.Devor turlari. 3.Devorga qo’yiladighan asosiy talablar. 4.Xulosa. - Devor — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (tomni koʻtarib turuvchi) devorga va faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi — pardevorga; ichki va tashqi devorlarga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa devor), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin devor), tosh, shlak-beton va temir-betondan (tosh devor) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham koʻtarilishi mumkin.
- Gʻishtin devor yarim, bir, bir yarim, ikki gʻishtli qilib teriladi. Devorning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va boshqalar) suvab qoʻyiladi.
- Devor koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz yoki yaxlit boʻladi; 2) biror narsaning (oshqozonning, dvigatelnuing) atrofini oʻrab olgan yoki boʻlimlarga ajratgan qismi (oshqozon devori, silindr devori); 3) biror yerni (masalan, hovlini), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turgan gʻov, toʻsiq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, gʻishtdan qilinishi mumkin; 4) qalʼa, qoʻrgʻon, shahar va hatto biror davlatni oʻrab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot.
DEVOR TURLARI - Tashqi va ichki devorlar ularni to’ldirib turuvchi konstruktiv elementlar (deraza, eshik va darvozalar) bilan birgalikda sanoat binolarining vertikal to’siqlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish binolari devor konstruktsiyalarini tanlashda quyidagi sharoitlar hisobga olinadi: ichki muhit (ish rejimi); tashqi muhit-qurilish rayoni muhiti; to’suvchi devor ashyosi va konstruktsiyasi; bino arxitekturasi qurilishi (kompozitsiyasi); texnik iqtisodiy samaradorligi.
- Isitiladigan binolar tashqi devorlarining qalinligi uni ashyosiga qarab 200mm dan 500mm gacha qabul qilinadi. Konstruktiv talablarga ko’ra sanoat binolari devorlarini yuk ko’taruvchi, o’zini o’zi ko’taruvchi va yuk ko’tarmaydigan (ilingan) devor turlariga ajratiladi. Yuk ko’tarmaydigan (ilingan) devorlar asosan to’siq vazifasini bajarib, o’z og’irligini sinch ustiga to’liq o’tkazib turadi. O’zini ko’taruvchi devorlar esa xususiy og’irligini bino balandligi bo’yicha o’zi ko’tarib va uni poydevor to’singa uzatadi. Ko’taruvchi devorlar karkassiz (sinchsiz) binolarda va nim karkasli binolarda g’isht va bloklardan teriladi. Ular bir yo’lda ham to’suvchi, ham yuk ko’taruvchi devor vazifasini o’taydi. Ular o’z xususiy og’irligini, qavatlararo yopma og’irligini, shamol ta’sir kuchini va transport yuklarini ko’tarib turuvchi elementdir
- Ishlab chiqarish binolarida to’suvchi devorlar sifatida yengil betonlarda ishlangan devor panellari keng ko’lamda qo’llaniladi. G’ishtin bloklardan, mahalliy tabiiy tosh hamda boshqa turdagi ashyolardan ishlangan devorlar nisbatan kamroq qo’llaniladi.
- Bunday devorlarni turar joy binolari devorlariga aynan o’xshash qilib teriladi. G’ishtin bloklar nisbatan kam qo’llanilgan bilan, g’ishtlarga nisbatan ancha qulayliklarga ega bo’ladi. Sanoat binolarida ishlatiladigan bloklarning uzunliklari 3,0m gacha (500mm farqli bilan), balandligi esa 585 va 1185mm va qalinligini esa 250mmdan 640mmgacha qilib tayyorlanadi. G’ishtin devorlarga nisbatan yirik bloklardan terilgan devorlarning texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori hisoblanadi. Ularni hajmiy og’irliklari 600- 1600kg/m3gacha bo’lgan yengil betonlardan tayyorlanadi.
- Devorlarda joylashgan o’rniga ko’ra , burchak bloki va ravoq bloki kabi turlarga ajratiladi. bloklarni qator bloki Qator bloki uzunligi – 990, 1490, 1990 va 2990mmga, balandliklarini esa 585, 1185 va 1785mmga teng qilib ishlab chiqiladi. Ravoq bloklarini uzunligi 5990mm, balandliklari esa 585mmga teng bo’ladi. Bloklarni qalinliklari ishlatilish joylariga ko’ra 300, 400 va 500 mm qilib olinadi. Yirik blokli devorlar a – yirik bloklardan terilgan devor fragmenti b – bloklarni ustunlarga mahkamlash: 1 – quyma detali; 2 – ustun; 3 – devorbop blok; 4 – anker.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti texnologiya fakulteti
|