|
1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi
|
bet | 1/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,22 Kb. | | #152045 |
Bog'liq 4-mavzu
4-Mavzu:
Paxta xom ashyosi, paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar, saqlash va birlamchi qayta ishlash.
Reja:
1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar.
2. Chigitli paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi.
3. Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash.
1. Paxta xom ashyosi va paxtachilik to‘g‘risida ma‘lumotlar.
О‘zbekiston va jahon paxtachiligi tо‘g‘risida ma’lumotlar. О‘zbekistonda ekilgan chigit unib chiqqach, taxminan 10 kun о‘tgandan sо‘ng birinchi barg paydo bо‘ladi. G‘о‘za unib chiqqandan keyin 45-50 kun о‘tgach shonalash, yana 25-30 kun о‘tgach gullash boshlanadi. G‘о‘zaning kо‘sagi esa, shundan yana 45-60 kun о‘tgach ochila boshlab, paxtaning umumiy yetilish davri uning seleksiya naviga qarab 100-160 kun davom etadi. G‘о‘zaning kо‘sagi shar shaklda yoki uzunligi 60 mm va eng katta diametri 50 mm bо‘lgan tuxum shaklda bо‘lib, ichida о‘rta tolalida 5-7 g yoki uzun tolalida 3-5 g paxtasi bо‘ladi. Paxtaning har chigitida 5-15 ming dona tola о‘sadi.
Paxta tolasining rivojlanishi ikki davrga bо‘linadi: birinchi davri 25-30 kun davom etib, bu davrda tola asosan bо‘yicha о‘sadi, ikkinchi davr esa 15-30 kun, ayrim hollarda 50 kungacha davom etib, bu davrda uning devorlarida sellyuloza qatlamlari yig‘ilib, tola pisha boshlaydi.
G‘о‘za tupidagi kо‘saklar hammasi baravariga pishmaydi. Quyi shoxalardagi kо‘saklar oldin pishadi. Sо‘ngra о‘rta shoxalardagi kо‘saklar sovuq tushguncha pishib ulguradi, shuning uchun ulardan chiqadigan paxta vazmin va sifatli bо‘ladi. Yuqori shoxalardagi kо‘saklar esa sovuq tushgunga qadar yetilib ulgurmaydi, natijada ulardan olinadigan paxta yengil, sifati past bо‘ladi. Quyi va yuqori shoxalardagi kо‘saklarning yetilishi о‘rtasida 1,5-2 oy, ba’zan esa bundan ham kо‘proq vaqt о‘tadi. Shuning uchun paxta hosili bir necha marta terib olinadi. Ochilgan kо‘saklardagi paxta qо‘lda va mashinalarda terib olinadi.
|
| |