|
Mavzu: oliy ta’lim tarixi reja
|
bet | 1/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 29,03 Kb. | | #255795 |
Bog'liq 1.2.-amaliy-OLIY TA\'LIM TARIXI
MAVZU: OLIY TA’LIM TARIXI
REJA:
Dunyodagi eng qadimiy universitet qaysi? Oliy ta’lim tarixi haqida
Kollejlarning ta’lim beruvchi kompleks sifatida taraqqiy etishi
Yangi dunyodagi ilk universitet
Ta’limdagi qarashlarning bo‘linishi
Islom mamlakatlarida oliy ta’lim
Universitetlar dastlab Yevropada XI asrda ochila boshlagan. Biroq ilk universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinchi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar universiteti e’tirof etiladi.
Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib chiqqan va taraqqiy etishi juda uzoq muddat davom etgan, shuning uchun ham ularning ilk rivojlanish davri qachon ekanini aniq belgilab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik birinchi Yevropa universiteti sifatida Italiyadagi Boloniya universitetini biladi. Bu ta’lim muassasasi 10-asrning oxirida ochilgan, biroq ungacha ham huquq maktabi sifatida 890 yildan beri mavjud bo‘lgan.
Universitetlar – professorlar uchun ideal maskanlar
11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona boradi. Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo‘lgan bu maskan o‘rta asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Bu dargoh professor va talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta’limining rivojlangani bilan jalb qilgan
Keyinchalik Yevropada 12-13-asrlar mobaynida turli universitetlar ochila boshlanadi.
Birinchi universitetlar ajralib chiqqan maktablar professsorlar fikr almashadigan, ular uchun mo‘ljallangan muassasalar bo‘lgan. Bunday joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta’limoti usullarini ishlab chiqishgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan.
Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari ham o‘rta asrlarda vujudga kelgan. Angliyaning ikki mashhur universitetini tandemda Oksbrij deb ham atashadi.
Kollejlarning ta’lim beruvchi kompleks sifatida taraqqiy etishi
Kollejlar nisbatan keyinroq shakllangan. Birinchi kollej sifatida Oksforddagi Merton kolleji e’tirof etiladi, u 1249 yilda talabalar yashash joyi sifatida tashkil etilgan.
Mertonda talabalar uchun o‘ta qattiqqo‘l muhit tashkil etilgan va talabalarga o‘yin o‘ynash, kuylash, qo‘shiq aytish, hatto ov qilish va baliq ovlash ham taqiqlangan edi. Keyinchalik esa kollejlar ta’lim beruvchi kompleks sifatida taraqqiy etgan.
|
| |