|
Yangi dunyodagi ilk universitet
|
bet | 2/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 29,03 Kb. | | #255795 |
Bog'liq 1.2.-amaliy-OLIY TA\'LIM TARIXIYangi dunyodagi ilk universitet
AQShning eng tarixiy universiteti Harvard hisoblanadi, u 1636 yilda Nyu-Taunda tashkil etilgan. Avval universitet kollej tarzida faoliyat yuritgan va darslar 1638 yildan kollej bog‘i va kichik xonalarda o‘tkazila boshlangan. Keyinchalik esa Harvard nomi kollejga o‘zining yarim boyligi va kitoblarini meros qilib qoldirgan Jon Harvard nomi bilan atala boshlanadi, ta’lim muassasasiga universitet maqomini beriladi. Bu dargoh hozir ham AQShning eng mashhur ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi.
Ayni damda AQShda 3 300dan ortiq oliy ta’lim berishga ixtisoslashgan ta’lim dargohlari bor va ularda taxminan 12 milliondan ko‘proq talaba tahsil oladi.
AQShda har yili o‘rtacha 3 million bitiruvchi yuqori maktablarni tugatadi, ularning taxminan 1 millioni OTMlarga o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Imtihon asosidagi ilk grantlar
1836 yilda London universiteti imtihon va turli grantlar dasturini e’lon qiladi. Bu dasturlarda qatnashish uchun Britaniya imperiyasining turli hududlarida joylashgan istalgan ta’lim muassasasining talabalari talabgor bo‘lishi mumkin edi.
Shu taxlit 1900 yillargacha London universiteti faqat grantlar ajratuvchi va imtihonlarni tashkil etuvchi oliygoh sifatida ishlagan. Biroq 1900 yilda parlament ta’lim va tadqiqot uchun London universitetiga leksiya xonalari, muzeylar laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulot xonalari ochishga ruxsat bergan.
Ta’limdagi qarashlarning bo‘linishi
O‘rta asrlarda universitet talabalari, asosan, tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Yevropada yoshlar universitet ta’limiga o‘tishdan oldin «trivium» guruhidagi grammatika, ritorika, mantiq fanlarini va «kvadrium» guruhiga kiruvchi arifmetika, geometriya, musiqa, astronomiya fanlarini o‘qishi lozim bo‘lgan.
Gumanizm, ma’rifat, islohot va inqilob atamalari ham o‘rta asrlar universitetlaridagi izlanishlar tufayli yuzaga kelgan atamalar hisoblanadi.
18-asrdan boshlab universitetlar o‘z ilmiy nashrlarini chop eta boshlagan. 19-asrdan esa universitetlar uchun german va fransuz modeli ishlab chiqiladi.
Germaniyaning Gumbolt modeli Vilgelm fon Gumbolt tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda universitetlarning leksiya, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashishi erkin bo‘lishi kerak, degan qarash ilgari surilgan.
Fransuz modelida esa universitet qat’iy nazoratda bo‘lishi, tartib-qoida birinchi o‘rinda turishi kerak, degan g‘oya markaziy o‘rinni egallagan.
19-asrgacha Yevropa universitetlarida diniy ta’lim ustuvor bo‘lgan, keyin aniq fanlarga e’tibor kuchaygan. Shunday vaziyatda german universtitetlar modeli ham ommalashib ketadi.
|
| |