Mavzu: O'zbekistonda maktabgacha ta'lim va tarbiya haqidagi fikrlarning taraqqiy etishi. Reja: 1




Download 20.85 Kb.
Sana13.07.2023
Hajmi20.85 Kb.
#76694
Bog'liq
Mavzu
Galstuk-Babochka, about blank, psixdan. 2faoliyat.slayd, ingiliz tili MAHLIYO, Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar, file (2), G`uncha 2023-II-mavsum - 150, 1-amaliy topshiriq, 1-amaliy topshiriq1, test1, test12, test3, 2-ma\'ruza PDV 3-kurs, 3-ma\'ruza PDV 3-kurs

Mavzu: O'zbekistonda maktabgacha ta'lim va tarbiya haqidagi fikrlarning taraqqiy etishi.


Reja: 1. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish
2. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich
bosqichi.
3. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha Davlat
dasturlari.


Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bular esa hamisha bolalar ta’lim-tarbiyasi oldidagi dolzarb yechimtalab muammolardan biridir. Bugun maktabgacha ta’limi oldida ham shu savollar ko‘ndalang turibdi. Sababi uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda eng asosiy fundamental bilimlar shakllantirilishi lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun, jumladan, barcha fanlar qatorida Maktabgacha ta’lim - tarbiyani tashkil etish fani bo‘yicha ham zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni taqzo etmoqda. Shu boisdan Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish faniga oid zamonaviy bilimlar tizimini bo‘lajak tarbiyachi pedagoglarga o‘qitish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamizda “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi” hamda maktabgacha ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quvmetodik majmualarda bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. MTT tarbiyalanuvchilarining bilish faoliyatlarini rivojlantirish tarbiyachipedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etishlariga bevosita bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiq etish va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan didaktik tizim sifatida ko‘rib chiqishda bolalar aqliy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyachipedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsad – ta’limning keyingi bosqichida ijodiy va mustaqil fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalab berishdan iborat. 4 Ushbu darslikda Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari – bo‘lajak tarbiyachilarni ta’limtarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga doir bilimlar bilan qurollantirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning pedagogik asoslari kabi masalalar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, jismonan sog‘lom ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq, yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berilgan.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni “Ta’lim to‘g‘risida”gi talablar asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog‘lom va qilib tarbiyalab, maktab ta’limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida olib boriladi. 2022-yilda takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarida bolalarning tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lganlari beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan.
Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga ajratilgan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan iborat. Bunda quyidagi yo‘nalishlar asos qilib olindi:
– jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
– ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
– nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
– bilish jarayonining rivojlanishi;
– ijodiy rivojlanish.

“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining o‘quv Davlat dasturi


2018-yil yaratildi va 2022-yilda qayta takomillashtirildi. Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy
8 g‘oyalari ifodalangan. Bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.

Ma’lumki, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich halqasi bo‘lib hisoblanadi. U sog‘lom, har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, o‘qishga bo‘lgan havasini uyg‘otishga qaratilgan bo‘lib, bu 6-7 yoshgacha bo‘lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo‘nalganlik modeli ustuvor bo‘lib hisoblanadi.


Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo‘lib, belgilangan standart bo‘yicha uni o‘zgartirish 15 emas, balki uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy axloq-odob ehtiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muhabbat uyg‘otish, salomatligini mustahkamlash kabilar kiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
– malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
– maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; –
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
– zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
– maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;
– maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslahat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
– maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish;
– maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
– bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir.
Tarixdan ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. Maktabgacha muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni va metodlari yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919- yilda maorif xalq kommisiyalarining maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi “Oila o‘chog‘i va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya”da bayon qilib berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshi qilish uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy asoslangan dasturini yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Programmaga oid har bir hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya nazaryasi va amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettiradi. Dasturning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat bolalar faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan bilimlardan: ijtimoiysiyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, musiqa-harakat tarbiyasi, tasviriy faoliyat, matematika, savod bo‘limlaridan iborat edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash vazifalari va hajmini belgilashga 47 urinib ko‘rilgan edi. “Dastur”ning vujudga kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tartibga solishga, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga ko‘proq yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 1934-yilda takomillashtirilgan “Tarbiyalash dastur” nashr etildi. Unda bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi. “:Dastur”da quyidagi: ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va plastelindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi bilimlarning kurtaklari, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod chiqarish mashg‘ulotlari bo‘limlari bor edi. Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi, murakkab bilish materialining kiritilganligi, bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining raxbarlik roliga yetarli baho berilmaganligi shular jumlasidandir. 1938-yilda “Bolalar bog‘chasining tarbiyachi uchun qo‘llanma” nashr etildi. Unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri yoritildi. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap yuritiladi. “Qo‘llanma” ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini yosh guruppalariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha belgilangan edi. Bu esa tarbiyachini u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun programma materialini tanlashda qiyin ahvolga solib qo‘yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘pgina masalalari “qo‘llanma”da yetarli darajada o‘z aksini topadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosida ochib beriladi. Ota-onalar bilan ishlash ham yetarli yoritilgan edi. 1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha tayyorlash maqsadlarida “qo‘llanma” qayta ishlab chiqiladi. Dasturda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan bilim mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berilgan. 1959-yil may oyida “Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va meditsina xizmati ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Jumladan, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikkita tipini – yasli va bolalar
48 bog‘chalarini yagona maktabgacha muassasasiga (yasli bog‘cha) birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. Yangi hujjatda maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi, hamda bolalarni o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar to‘plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi tarbiyasini umumlashtirish asos qilib olindi. Atroflarning katta kollektivi tomonidan tayyorlangan ilk yoshdan to maktabgacha kirish yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan tarbiya ta’lim ishlarining yagona programmasi birinchi marta 1962-yilda e’lon qilindi. “Dastur” e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgari programma metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks ettirildi. “Mashg‘ulotlarda ta’lim berish” bo‘limida taqdim etilgan programma materiali ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim minimumini to‘la o‘zlashtirish, ularning atrofdagi voqelik predmetlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglay olishlari uchun qulay sharoitlar yaratadi. “Dastur” shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, yurish turishdagi ijobiy odatlar, axloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutadi. Unga mashg‘ulotlar, dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi kiritilgan. Tarbiyachi “Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi”ga ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshdagi bolani o‘yinlar ko‘ngil ochish va mehnatda ta’lim berish va turmush jarayonida tarbiyalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal etilishini ta’minlamog‘i kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan. “Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi” chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish tajribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablarning boshlang‘ich ta’limning yangi programmalarga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni hisobga oladi. Shundan keyingi yillarda bu “Programma” ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir necha marta qayta nashr etildi. Masalan,
1978-yilda, 1988 va 1995- yillarda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim - tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish
49 ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlagan ma’lum maqsad va vazifalarni mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Shunga ko‘ra “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim tarbiya berish maqsadida 2002-yilda “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratiladi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning 17 foizi ta’lim-tarbiya muassasalarida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va otaonalarga mo‘ljallangan.
Download 20.85 Kb.




Download 20.85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O'zbekistonda maktabgacha ta'lim va tarbiya haqidagi fikrlarning taraqqiy etishi. Reja: 1

Download 20.85 Kb.