• Taqrizchilar
  • Xoreografiya va raqs asoslari haqida umumiy
  • Xoreografiya va raqs san’ati asoslari




    Download 4.12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/37
    Sana04.03.2024
    Hajmi4.12 Mb.
    #166411
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Xoreografiya va raqs san\'ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova)
    2-маьруза асбестцемент буюмлар, Banklar va bank tizimi Reja, 5-amaliy PDV, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b (1), Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika (1), MTA 2-amaliy ish topshiriqlari , 4 Iqtisodiyot nazariyasi Uslubiy ko\'rsatma kurs ishi bo`yicha 2022, 1679738860 (1), amaliy 1, Urinova Kamola, Anvarjonov Bunyod, 111, далолат қатнаш ўқувчи ва далолатнома 2020, tabiiy fan dars soatlarining taqsimi, 25-Ekologiya-huquqi-lot-Xolmominov-Toshkent-2014-


    0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI
    E.Y .SAITO V A , N.E.ABRAYKULOVA
    XOREOGRAFIYA 
    VA RAQS SAN’ATI 
    ASOSLARI
    O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta mahsus ta ’lim vazirligi to- 
    monidan 5150200 - «San 'atshunoslik (teatrshunoslik)» yo ‘nalishi 
    talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
    TOSHKENT - 2015
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    UO‘K: 793.3 (09) (075)
    KBK 85.32 
    S-21
    S-21 
    E.Y.Saitova, N.E.Abraykulova. Xoreografiya va raqs 
    san’ati asoslari. -T .: «Fan va texnologiya», 2015, 
    128 bet.
    ISBN 978-9943-998-16-2
    «Xoreografiya va raqs sarfati asoslari» nomli darslik san'at va 
    madaniyat instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Unda xoreografiya va 
    raqs san’ati asoslarini o‘rgatuvchi barcha fanlar yoritib berilgan. 
    Xoreografiya va raqs san’ati asoslari, tarixi, xususiyatlari, qonuniyatlari 
    kabilarga batafsil to‘xtalingan. Negaki bo'lajak san'atshunos, teatrshu- 
    noslar xoreografiya va raqs san'ati nazariyasini bilishlari kerak hamda 
    klassik va milliy raqslami ijro eta olishlari zarur. Shu bilan birga, har bir 
    millat xarakteri va davr etikasi, madaniyati, raqs liboslari va bezaklarini 
    bir-biridan ajrata olish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli, darslikda 
    xoreografiya va raqs san'atini batafsil o‘rgatishga harakat qilindi. 
    Darslikdan barcha qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
    UO‘K: 793.3 (09) (075) 
    KBK 85.32
    Taqrizchilar:
    A.F.Ismoilov - 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murab- 
    biysi, professor;
    L.T. Xasanova - dotsent.
    ISBN 978-9943-998-16-2
    © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    KIRISH
    Oliy taMimning davlat standartlariga asosan «Xoreografiya va 
    raqs san’ati asoslari» fani bakalavriatning 5150200 - «San’atshunoslik 
    (teatrshunoslik)» taMim yo‘nalishida «Umumkasbiy fanlar» blokida 
    o'qitiladi.
    Ushbu fanni o‘qitish jarayonida talabalarga xoreografiya san'ati 
    asoslari, fanni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari (ma'ruza, amaliy, 
    seminar), klassik xoreografiya, xalq sahna raqslari va xalq'ijodiyoti 
    yo‘nalishlar tushunchasi, uning jamiyatimiz madaniy hayotidagi 
    o‘mi, raqs san’ati turlari va funksiyalari (xoreografik studiyalar, 
    madaniyat markazlari, davlat va xususiy professional raqs ansambl- 
    lari, havaskorlik raqs guruhlari), ijodiy jamoalar va birlashmalar 
    ( 0 ‘zbekraqs), o‘quv yurtlari faoliyatlari, xoreografiya xizmati turlari 
    (konsertlar, gostrollar), zamonaviy sharoitlarda xoreografiyaning o‘mi 
    (ommaviy bayramlar, tadbirlar, festivallar, tanlovlar), tomoshabinlami 
    axborot bilan ta'minlash usullari (OAV orqali), turli badiiy-ijodiy 
    jamoalaming o‘zaro hamkorligida madaniy xizmat samaradorligi 
    hamda ilmiy-tadqiqot institutida soha tadqiqotchilarining zamonaviy 
    va ilg‘or texnologiyaga asoslangan ilmiy izlanish tizimiarini ishlab 
    chiqish ko‘nikmalariga ega boMishi nazarda tutiladi.
    Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi davrida madaniyat va 
    san’at taraqqiyoti oliy ta’lim tizimini jahon andozalarini hisobga olgan 
    holda takomillashtirish masalalarini ilgari surmoqda. Bugungi kunda 
    oldimizda jahon fani va madaniyatining eng iIg‘or yutuqlarini o‘zida 
    mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklaridan 
    bahramand boMgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat 
    shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini ta'minlovchi 
    intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin.
    Xoreografiya va milliy raqsning 
    ilmiy asoslarini 
    o‘rganish, 
    tavsiflash va ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi mutaxassislar 
    tayyorlash uchun «San’atshunos-xoreograf» taMim yo‘nalishida 
    talabalar tahsil olmoqdalar. Ulami ilmiy-tadqiqotlar o ‘tkazishning 
    samarali metodlaridan foydalanishga o‘rgatish asosiy vazifalar etib 
    belgilangan. Prezident I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas
    3
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    kuch» nomli asarida: «San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali 
    inson qalbiga yo‘l topish haqida so‘z yuritar ekanmiz, hammamiz 
    yaxshi tushunamizki, har qaysi iste'dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu 
    sababli ijod ahliga qandaydir aql o'rgatish, eng asosiysi, ulami 
    boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ulami birlash- 
    tiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas 
    tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik 
    tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z 
    asarlarida ana shu o‘lmas g‘oyalami bosh maqsad qilib qo‘ysa, ulami 
    badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, 
    madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat 
    qilib, o‘zining ijtimoiy vazifasini to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi», 
    deb ta'kidlab o‘tganlar.
    Jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati ortib borgani sari 
    o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga ham tobora jiddiy va 
    mas'uliyat bilan yondoshish talab etilmoqda.
    0 ‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi san’ati sifatida, o‘zbek 
    xalqining ma'naviy boyliklari chashmasi sifatida O‘zbekiston xalq 
    artistlari, jahonga dong‘i ketgan 
    ustoz san'atkorlar Usta Olim 
    Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘imboyeva, Isohor Oqilov
    Roziya Karimova va shu kabi boshqa buyuk namoyondalarga boy 
    o‘zbek xalq raqs san'atiga bo‘lgan qiziqish g‘oyat katta. Milliy 
    ma’naviy qadriyatlami va go‘zalligini anglash o‘zbek xalqining 
    ma’naviy boyligini oshiradi va yosh avlodni nafaqat yaxshi tarbiyalab 
    qolmasdan, o‘z Vataniga, uning meroslariga muhabbat ham uyg‘otadi. 
    Raqs san’ati sohasida yildan-yilga ilmiy bilimlaming to‘planib 
    borishi, ta’lim maqsadi, mazmimini va uslublarini ilmiy asoslash, 
    bilimli, 
    izlanuvchan, 
    tadqiqotchi 
    san’atshunoslami 
    tayyorlash 
    zaminida xoreografiyaning muhim tarmog‘i bo'lgan «Xoreografiya va 
    raqs san’ati asoslari» fani bo‘yicha darslik yaratish zamrati tug‘iladi.
    Oliy taTim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligi 
    darajasini rivojlantirish, ulaming ilg‘or pedagogik tajribalardan hamda 
    zamonaviy talim texnologiyalaridan foydalangan holda bilimlarini 
    oshirish, malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish zarurati tug‘ildi. 
    Hozirgi kunda Oliy ta’limning boshqa soha va yo‘nalishlari qatorida 
    xoreografiya va raqs asoslari fanini o‘qitishning ham ilg‘or 
    texnologiyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan 
    biri hisoblanadi.
    4
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Darslikning Xoreografiya va raqs asoslari haqida umumiy 

    Download 4.12 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 4.12 Mb.
    Pdf ko'rish