• 1. Avtomobil
  • 7. Mavzu. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jixozlash. Reja




    Download 64 Kb.
    bet1/2
    Sana28.09.2023
    Hajmi64 Kb.
    #85291
      1   2
    Bog'liq
    7. Mavzu7
    portal.guldu.uz-test savollari (1), IXTIYORJON, 1, TahdidSharof, 11-mavzu, 78954213, a- QHyS67FtB4EfgI0G5eLeIPwxyNL63, Mavzu; Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi. Reja Kr, 8-ma’ruza. Sinxron motorlar xarakteristikalari reja, 6-amaliy mashgulot, Tashboyeva G., Yordamchi axborotlashtirish vositalari, Mavzu Lokal tarmoqlarda ulanishlarni tashkil qilish xususiyatla-fayllar.org, ZDPP17046

    7. Mavzu. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jixozlash.
    Reja.
    1. Harakat xizmati tizimlari loyihasini tuzish, harakat xizmati turlari va inshootlari.
    2. Haydovchi va yo‘lovchilarning dam olish joylari va ularga kompleks xizmat qilish inshootlari.
    1. Avtomobil yo‘llarida harakat xizmati tizimi loihasini tuzish kuyidagi asosiy vazifalardan iborat bo‘ladi: xizmat tizimi bino va inshoatlari turi, o‘lchamlarini belgilash; alohida inshoatlar loihasini tuzish yoki andoza loyihalarni mahalliy sharoitga moslashtirish.
    Loyihadagi birinchi va ikkinchi vazifani yo‘lchilar hal qilishi kerak. Uchinchi vazifada yo‘lchilar faqat qisman ishtirok etadi, ya’ni, bino yoki xizmat majmualari loihasini tuzish ixtisoslashgan tashkilotlarga berilgan bo‘lsa inshoatlarning joylashishi yo‘lchilar bilan kelishiladi.
    Avtomobil yo‘llaridagi harakat xizmati turlarining hammasini uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:

    • harakat sharoiti, diqqatga sazovor joylar, aloqa vositalari, qisqa dam olish joylari va boshqalar haqida umumiy ma’lumot berish xizmati;

    • haydovchi va yo‘lovchilar uchun madaniy, maishiy xizmat turlarini taklif etish – ovqatlanish, dam olish, tunash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish – yonilg‘i, moylash materillari bilan ta’minlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash;

    • avariya xizmati va yo‘l harakati xizmati – YTH bo‘lganda jarohat olganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shikastlangan avtomobillarni ta’mirlash;

    Xizmat ko‘rsatiladigan sub’ekt yoki ob’ektlarning xususiyati, qatnov zonalari va vazifasiga qarab harakat xizmati inshoatlarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:

    • qisqa dam olish va mashina qo‘yish joylari – barcha tur va o‘lchamdagi maydonchalar, manzara tomosha qilinadigan maydonchalar, umumiy ovqatlanish va savdo muassasalari, tarixiy joylar, bog‘lar, muzeylar, qo‘riqxonalar, umumiy dam olish joylari oldidagi avtomobil qo‘yish joylari;

    • jamoat transporti bilan xizmat qilish inshoatlari, avtostansiyalar, avtobus bekatlari;

    • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish inshoatlari – avtoyoqilg‘i quyish shahobchalari (AYOQSH), texnik xizmat shahobchalari (TXSH), texnik yordam punktlari (TYOP), avtomobillarni yuvish punktlari (asosan, shaharga kirish joylarida);

    • umumiy ovqatlanish korxonalari – yo‘l yoqasidagi kafelar, bufetlar, bufet avtomatlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish oshxonalari, restoranlar;

    • uzoq dam olish joylari va xizmat majmualari – yo‘l yoqasidagi mehmonxonalar, motellar (katta shaharlar o‘rtasida quriladigan, yo‘l yuradiganlar uchun mehmonxonalar), kempinglar – avtosayyohlar lagerlari, shahar chetidagi umumiy dam olish joylari, dam olish majmualari va avtopansionatlar, aholi kam yashaydigan rayon yo‘llaridagi reysdagi transport vositalari haydovchilari dam oladigan profilaktoriylar;

    • yo‘l nazorati va harakat xavfsizligi inshoatlari – DYXX doimiy postlari, HXX (NO‘P) nazorat-o‘tkazish punktlari;

    Yuqoridagi tasnif hududni (ob’ektlarni) qamragani bilan inshoatlarning tasnifini bermaydi. Inshoatlarning bitta uchastkada yig‘ilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

    • alohida joylashgan, mustaqil, bir maqsadda ishlatiladigan inshoat;

    • blok ko‘rinishidagi, bitta bino yoki binolar guruhida 2-3 savdo, ovqatlanish korxonasi joylashadi;

    • harakat xizmati majmualari, ularning tarkibiga kiradigan, ular bilan bitta yoki yonma-yon erda joylashgan alohida yoki blokda birga joylashgan korxonalar, inshoatlar;

    Amalda bilganlarimizga asoslanib aytish mumkinki, yo‘llarda vazifasi cheklangan bino turlarini qurish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Yo‘lni obodonlashtirish uchun taklif etilayotgan loihalar me’moriy rejalash va qurilish echimlari o‘zgaruvchan bo‘lishi, umumlashgan yacheykalar soni cheklangan bo‘lishi kerak, ya’ni ularni turli kompozitsiyalarda ishlatib bino rejasini o‘zgartirish imkoniyati bo‘lishi, kapitalligi, qulayligi, sig‘imi turlicha bo‘lishi, istalgan, xususan, yo‘l bo‘yidagi rel’efda ishlatish mumkin bo‘lishi kerak.

    Download 64 Kb.
      1   2




    Download 64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7. Mavzu. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jixozlash. Reja

    Download 64 Kb.