Reja: Detal materialining fizik-mexanik xossalari puxtalash yo’li bilan




Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.02.2024
Hajmi477,61 Kb.
#151614
  1   2
Bog'liq
10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info



10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja 
10- MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARNING TIKLASH USLUBLARI.
Reja:
1.Detal materialining fizik-mexanik xossalari puxtalash yo’li bilan 
tiklash.
2.Termik ishlov berish.
3. Termik-kimyoviy deformatsiyalash.
4. Elektr-fizikaviy usuli bilan tiklash.
Tayanch iboralar: 
termik ishlov berish, termik kimyoviy ishlov 
berish, galvanik cho’ktirish, to’zitish, ishqalab ishlov berish.
O’z xizmat burchini o’tab bo’lgan va ish sirtlaridan nuqsonlar 
paydo bo’lgan mashina detallari turli usullar bilan tiklanadi. 
Tiklash usulini tanlashda yeyilish miqdori, sirtning shikastlanish 
xususiyatini, detal materialining qattiqligi, detal o’lchamlari, 
qo’yim qiymatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. Detallarning 
geometrik shakli va o’lchamlarini tiklash uchun yeyilgan material 
qatlami o’rniga yangi qatlam qoplash usulidan, plastik 
deformatsiyalash usulidan (mavjud hajmdagi metallni qayta taqsimlash 
hisobiga detal shaklini o’zgartirish), detalning yeyilgan qismini 
yangisi bilan almashtirish usulidan, yeyilgan sirtga mexanik ishlov 
berib, nuqsonli qatlamni ketkazib, detalga to’g’ri geometrik shakl 
berish usulidan foydalaniladi.
Detal materialining fizik-mexanik xossalari puxtalash yo’li bilan 
(termik ishlov berish, termik-kimyoviy deformatsiyalash, elektro-
fizikaviy va b. usuli bilan) tiklanadi.
Detalning yeyilgan sirtqi qatlami o’rniga yangi qoplam hosil qilish 
payvandlash, eritib qoplash, Galvanik, polimer va gazotermik 
qoplamalar hosil qilish hamda plastik deformatsiyalash kabi usullar 
bilan amalga oshiriladi. Detallarning sirtqi qatlamida Galvanik usul 
bilan qoplama qatlamlar hosil qilish texnologik jarayonlarining 
murakkabligi, ekologik hamda energiya iste’moli bilan bog’liq 
bo’lgan muammolarni keltirib chiqaradi.
Mashina detallarining tiklashning asosiy texnologik usullari:
Tiklash usullari
Tiklashning texnologik usullari
1
2
Payvandlash va 
Yoy bilan qo’lda, flyus qatlami ostida elektr yoy 


eritib qoplash bilan, himoya gazlari muhitida, elektroshlak bilan, 
qukun sim bilan yoy vositasida, titrma yoy bilan, 
argonli yoy bilan, induktsion usul bilan, gaz 
alangasida, plazmali usul bilan, lazer yordamida.
To’zitish
Gaz alangasida, elektr yoy bilan, plazmali usul 
bilan, detonatsion usul bilan, lazer yordamida, ion-
plazmali usul bilan.
Galvanik 
cho’ktirish
Xromlash, temirlash, nikellash, ruxlash
Elektrofizik 
ishlov berish
Elektro-uchkunli, magnit-impulsli
Ishqalab ishlov 
berish
Antifriktsion
Kimyoviy-termik 
ishlov berish
Azotlash, tsyementatsiyalash, tsianlash, bor bilan 
qoplash
Polimerlardan 
foydalanish
Elimlash, soxta eritilgan qatlamda qoplam hosil 
qilish va gaz alangasi yordamida to’zish
Payvandlash va eritib qoplashning elektr yoy usulida eritish zonasida 
paydo bo’ladigan elektr yoyi materialni eritish uchun asosiy 
zonasida paydo bo’ladigan elektr yoyi materialni eritish uchun 
asosiy issiqlik manbai bo’lib xizmat qiladi. Elektr yoyi gazli 
muhitda ikkita elektrodlar orasida paydo bo’ladigan quchli elektr 
razryaddan iborat, elektr razryad uchun past kuchlanish katta tok, 
yoy oralig’ida gazlarning ionlashishi xosdir. Gazlarning ionlashish 
natijasida erkin elektronlar va ionlar paydo bo’ladi, gazli muhit 
yuqori elektr o’tkazuvchan bo’lib qoladi va payvand yoyning 
barqaror yonishini ta’minlaydi. Payvandlash yoyi hosil qilish uchun 
o’zgarmas va o’zgaruvchan toklardan foydalaniladi.
Yoy ustunidagi harorat 6000-75000S gacha, po’lat elektrodlarda 2200-
25000S gacha ko’tariladi; bunda katod dog’iga nisbatan anod 
dog’ida harorat yuqori bo’ladi.
Elektrodni eritish jarayoni eritish koeffitsienti bilan baholanadi, 
bu koeffitsient quyidagiga teng bo’ladi:
bu yerda Qr-eritilgan metall massa
-payvandlovchi tok kuchi; t-
eritish vaqti. O’rtacha va kam uglerodli po’latlarni payvandlash 


hamda eritib qoplama hosil qilish rejimi
Alyuminiyni gaz va yoy bilan payvandlashdaqo’llaniladigan flyuslar 
tarkibi(massaning ulushi hisobida, %da) Gaz alangasida payvandlash va 
eritib qoplashda metallarni eritish uchun kislorod muhitida yonuvchi 
gazlar (atsetilen, metal propan va b.) alangasidan foydalaniladi. 
Yonuvchi gazlar ichida atsetilen keng tarqaldi, chunki u yongandagi 
alangasi 3100-33000S gacha harorat beradi. Galvanik qoplamalar 
yoyilgan sirtda, detalni deyarli qizdirmasdan turib, metall qatlamini 
qoplab uni dastlabki o’lchamigacha tiklash imkonini beradi. Ular kam 
yeyilgan sirtlarga (0,10-0,20 mm gacha) metall qoplab, detalning 
yeyilishi va korroziya bardoshligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Metall konstruktsiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi.
Mashinalarning metall konstruktsiyalari profilli (shvillerlar, 
burchakliklardan) va tunuka (list) materiallardan yasaladi. Nuqul 
metall konstruktsiyalar asosan payvandlab va kamdan-kam xolda 
parchalanib tayyorlanadi. Payvand choklarda darzlar paydo bo’lishi 
payvand konstruktsiyalarining asosiy nuqsoni xisoblanadi, parchinlar 
tayyorlangan konstruktsiyalarda birikmalar bo’shashib qoladi, 
parchinlar uzilib, parchin mix o’tgan teshiklar yeyilib ketadi. 
Pavandlab tayorlangan metallokonstruktsiyalarda ham, parchinlab 
tayyorlangan konstruktsiyalarda ham bo’ylama to’sinlarda, 
ko’ndalang bruslarda va tirgovuchlarda darzlar, o’zaro tutashadigan 
detallar uchun mo’ljallangan (o’qlar, barmoqlar, vallar o’tadigan) 
tashiklarning yeyilishi, tob tashlashi, egilish va buralishlar 
uchraydi.
Detalning qalinligi, mm
Elektrod dinametri, mm
Tok kuchi, A
2…4
3…4
75…125
4…6
4…5
180…200
6…10
5…5
200….400
Listlardan yasalgan metall konstruktsiyalarda (kabina, kuzov, 
sisternalar, barabanlar va b.da) zanglash va mexanik shikastlanish 
(darzlar, ezilishlar, uzilishlar) lar uchraydi.
- Bo’shashib qolgan parchinlar olib tashlanadi, buning uchun 
ularning kallagi oddiy yoki pnevmatik zubilo bilan, yoki gaz 
alangasida kesib tashlanadi yoki maxsus uchlik o’rnatilgan drel 
bilan o’yiladi. Parchin mix o’tadigan yeyilgan teshik parmalanadi 
va kattalashtirilgan o’lchamda yo’nib kengaytiriladi yoki teshik 
payvandlab to’ldiriladi va qaytadan teshik ochilib nominal o’lcham 


bilan yo’nib kengaytiriladi. Birikmadagi barcha parchin mixlar 
almashtirilganda barcha teshiklar parmalanib, konduktorlar yordamida 
yo’nib kengaytiriladi.
Korpus detallarini tiklash texnologiyasi.
Mashinaning korpus detallari o’zining murakkab konstruktiv shakli 
bilan farq qiladi va unda podshipniklar, vallar, vtulkalar, gilzalar, 
shtivlar, shpilka kabi detallarni o’rnatish va maxkamlash uchun juda 
ko’p teshik va tekisliklar bor.
Korpus detallar bolg’alanuvchan va qulrang cho’yandan, alyuminiy 
qotishmalaridan xamda konstruktsiv po’latlardan tayyorlanadi.
Parametrlar nomi
Parametrlar 
qiymati
Tekislilikdan og’ishi, mm:
Blokning 100mm uzunlikdagi yuqori va pastki 
sirtlari, ko’pi bilan
Oldingi va ketingi torets sirtlari (50mm 
uzunlikdagi), ko’pi bilan
Yon sirtlar, ko’pi bilan
0.02…0,08
0,05
0,015
O’lchamlar aniqligi, kvalitet:
Gilza uyasi
O’zak tayanchlarning teshiklari
Taqsimlash vali uchun teshiklar
Elementlarning yo’naltirish vtulkalari uchun 
teshiklar
7…8
6
7…8
7…8
Konussimonlik va ovallik:
TSilindrlar gilzasi uchun teshiklar, mm
O’zak tayanchlar teshiklari, %
0,01…0,025
50…70
Detallarni mexanik ishlov berib tiklash
Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash ancha keng tarqalgan 
usuldir. Uning mohiyati asosiy, ancha murakkab detalga ixtiyoriy 
o’lchamgacha emas, balki normal o’lchamdan farqlanuvchi oldindan 
belgilangan o’lchamgacha mexanik ishlov berishdan iborat. Ikkinchi 
tutashtiriluvchi detal yangi detal qo’yimlarini saqlagan holda shu 
o’lchamga muvofiq tayyorlanadi. Ta’mirlash o’lchamlari oldindan 
belgilanganligi va ma’lumligi sababli ikkinchi detalni birinchi 
detalga bog’liq bo’lmagan holda boshqa korxonada ham tayyorlash 
mumkin. Detallarning o’zaro almashinuvchanligi bir muncha 
murakkablashsa ham, biroq ta’mirlash o’lchamlari chegarasida 


saqlanadi. Bu xol sanoatda qo’llaniladigan usullarni ta’mirlashda 
qo’llash imkonini beradi? ta’mirlashni arzonlashtiradi va uning 
sifatini yaxshilaydi.
Detallarni plastik deformatsiyalash (bosim ostida) usuli bilan 
tiklash.
Detallarning ishlash imkoniyatini bosim ostida ishlash yo’li bilan 
tiklash materiallarning plastiklik xossasidan foydalishga asoslangan. 
Metalning ma`lum sharoitda tashki kuch ta`sirida yemirilmay qoldiq 
(plastik) deformatsiyalanish xossasi ularning plastikligi deb ataladi.
Bosim ostida ishlangan detalning shakli va o’lchamlarigina o’zgarib 
qolmay, balki uning strukturasi va mexanikaviy xossalari ham 
o’zgaradi.
Metalning elastik deformatsiyalanishida uning kristal panjarasidagi 
atomlar bir-biriga nisbatan elastik tarzda siljiydi, quch berilganda 
bu atomlar asli vaziyatiga qaytib, kristal panjara tiklanadi. Quch 
oshirilsa elastik o’zgarish plastik o’zgarishga aylanadi va quch 
olingandan keyin kristall panjara o’zining dastlabki xolatiga 
qaytmaydi, ya`ni metall plastik deformatsiyalanadi.
Plastik deformatsiyalanishda kristalning bir qismi boshqa qismiga 
nisbatan siljiydi. Siljish natijasida kristall panjarada atomlarning 
joylashish o’rni o’zgaradi, buning oqibatida kristall panjaraning 
shakli buziladiyu, lekin kristallning yaxlitligi buzilmaydi.
Detallarning ishlash imkoniyatini tiklashda ular turli usullarda 
plastik deformatsiyalanishi mumkin. Bu usullar jumlasiga 
qo’yidagilar kiradi:
1.Cho’ktirish; 2.To’g’rilash; 3.Kengaytirish; 4.Toraytirish; 
5.Botirish; 6.Cho’zish; 7.Nakatkalash:


Download 477,61 Kb.
  1   2




Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Detal materialining fizik-mexanik xossalari puxtalash yo’li bilan

Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish