Detalning ishlash imkoniyatini cho’ktirish usuli bilan tiklash




Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.02.2024
Hajmi477,61 Kb.
#151614
1   2
Bog'liq
10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info

Detalning ishlash imkoniyatini cho’ktirish usuli bilan tiklash 
Detalning uzunligini kamaytirish hisobiga sirtqi diametrini 
kattalashtirish jarayoni cho’ktirish deyiladi. (1rasm)
Shunga ko’ra vtulkaning ishlash imkoniyatining bu usulda 
tiklash mumkin yoki mumkin emasligi vtulka balandligining yo’l 
qo’yiladigan qiskartirishiga bog’liq. Quch juda ko’p 
tushadigan vtulkaning ishlash imkoniyatining faqat bir marta 
tiklash mumkin; bunda shuni esda tutish keraki, vtulkaning 
balandligini ko’pi bilan 58 % qiskartirish lozim bo’lgan 
xollardagina uning ishlash imkoniyatini tiklasa bo’ladi. Quch 
kamroq tushadigan vtulkalarning ishlash imkoniyatining 
tiklashda balandligini 15% gacha qisqartirish mumkin. Ichi 
havol bo’lmagan detallarning, masalan dvigatel klapanlari, 
po’lat turtkichlar, yarim o’qlarning ishlash imkoniyatini ham 
cho’ktirish yo’li bilan tiklash mumkin.


2. Detalning ishlash imkoniyatini botirish usuli bilan tiklash.
Detallarning metalini cheklangan oraliqqa surish hisobiga uning 
o’lchamini kattalashtirish jarayoni botirish deyiladi.
Bu usuldan foydalanib, dvigatel klapanlarining anchagina 
yeyilgan kallaklarini, tishlarini, qalinligi yeyilgan tishli 
g’ildiraklarni tiklash mumkin.
Klapanlar kallaklarining ishlash imkoniyatini botirish usuli 
bilan tiklashda metal qizdiradi. Bunda klapan metalini fazaviy 
o’zgarishlar temperaturasidan past temperaturada botirish 
mumkin bo’lsa, u xolda detalga qayta termik ishlov bermasa ham 
bo’ladi. Detal pechda 510 minutdan ortiq turmasligi kerak.
Klapan sterjenining termik ishlovini saqlab qolish uchun 
induktsion ko’rlmada yoki maxsus konstruktsiyadagi pechda 
klapan kallagining o’zigina qizdirib olinadi.
Detallarning ishlash imkoniyatini maxalliy toraytirish xisobiga 
cho’zish usuli bilan tiklash.
Detal o’zunligini kesimini ma`lum joyini toraytirish hisobiga 
o’zaytirish mahalliy toraytirish hisobiga cho’zish deyiladi. Bu 
usul mustaxkamlik zapasi yetarlicha bo’lgan detallar uchun 
qo’llaniladi. Mustaxkamlik zapasi yetarlicha bo’lgan shatun, 
turtkich, klapan sterjeni va boshqa detallarning ishlash imkoniyati 
ana shu usulda tiklanadi. Maxalliy toraytirish xisobiga cho’zish 
usulida detalning deformatsiyalanadigan joyining o’zigina yuqori 
chastotali tok bilan qizdiriladi.
Detallarning ishlash imkoniyatini kengaytirish usuli bilan tiklash
Vtulkaning ichki diametrini kengaytirish xisobiga sirtki diametrini 
kattalashtirish kengaytirish deyiladi. Bu usul porshen barmoqlari, 
kardanli vallarning kristovinalari va yarim o’qlarining kojuxlari 
hamda trubalari, differentsial kosachalari va rul kolonkalari 
trubalarining ishlash imkoniyatini tiklashda qo’llaniladi. 
Kengaytirishda detalning balandligi deyarli o’zgartirilmagan xolda 
tashqi o’lchamlari qatttalashtiriladi. Kengaytirish usulida detallar 
ko’pincha qizdirilmaydi. Agar toblangan yoki yuza qatlami 
puxtalangan detallarning kengaytirish kerak bo’lsa, bunday detallar 
avval bo’shatiladi yoki yumshatiladi, sovigandan keyingina 
kengaytiriladi. Detalning qizdirib kengaytirish kam foydalaniladi. 
Porshen barmoqlarini sovuqlayin kengaytirishda, dastlab, ular ichki 
diametrini o’lchamlari jihatidan gruppalarga ajratiladi. Har qaysi 
gruppaga ichki diametrining o’lchamlari ko’pi bilan 0,3 mm farq 
qiladigan barmoklar kiritiladi. Shundan keyin saralangan barmoqlar 
600-650° S temperaturagacha qizdirilib bo’shatiladi. So’ngra ular 
shtampga qo’yilib, sferik moslamalar yordamida press ostida 
kengaytiriladi.


Detallarning ishlash imkoniyatini toraytirish usuli bilan tiklash.
Vtulkaning ichki diametrini tashki diametri xisobiga kichraytirish 
toraytirish deyiladi. Plastik deformatsiyalashning bu usuldan 
foydalanib, rangdor metal» lardan yasalgan vtulkalarni, rolikli 
podshipniklarning roliklari ostidan darchalarining devorlari, 
yeyilgan separatorlari silliq yoki shlitsali teshigi yeyilgan turli 
xil richaglarning ishlash imkoniyati tiklanadi. Vtulkalarning ishlash 
imkoniyatini siqish usulida tiklash uchun vtulka qizdirilmay, maxsus 
moslamaga o’rnatilib presslanadi. Bunda matritsaning kirish qismi 
burchagiga 78°
Detallarning ishlash imkoniyatini nakatkalash usuli bilan tiklash,
Detal metalini rolikning tishlari yordamida sikib chiqarish yo’li 
bilan uning sirtki diametrini kattalashtirish jarayoni nakatkalash 
deyiladi. Bosim ostida ishlashning bu usuli dumalash podshipnigi 
o’rnatiladigan joyning ishlash imkoniyatini tiklashda qo’llaniladi. 
Bunda nakatlash roligining tishlari yordamida metalni siqib chiqarish 
yo’li bilan detalning sirtki diametri kattalashtiriladi yoki ichki 
diametri kichiklashtiriladi. Nakatlashda hosil qilingan yangi 
yuzaning strukturasi buzilmagan xolda yuk ko’tara olish 
hususiyatining eng kam o’zgarishi, tayanch yuzasi esa iloji boricha 
saqlanishi kerak. Nakatkalash usulida plastik materiallardan yasalgan 
detallarning ishlash imkoniyati tiklanadi. Yuzani nakatkalash uchun 
tishlarning kadami 1,5-1,8 mm keladigan, dumalash podshipnigida 
aylanadigan rolik ishlatish tavsiya etiladi
6. Detallarning ishlash imkoniyatini to’g’rilash usuli bilan 
tiklash.
Dstalning buzilgan shaklini tiklash jarayoni to’g’rilash deyiladi 
(8- rasm). To’g’rilashning ikki usuli: 1) statikaviy quch ta`sirida 
(press ostida) to’g’rilash usuli; 2) naklyoplash yo’li bilan 
to’g’rilash usuli.
Statikaviy quch ta`sirida (press ostida) to’g’rilash usuli. 
Tirsakli vallar va taksimlash vallari. o’zatmalar qutisining vallari. 
Yarim o’qlar, shatunlar, tsilindrlar galovkasi, oldingi o’q 
balkalari va boshqa ko’pgina detallar press ostida yoki maxsus 
moslamalarda sovuqlayin to’g’rilanadi.
Detallarni naktyoplash yo’li bilan to’g’rilash. To’g’rilashning 
bu turi statikaviy quch ta`sirida to’g’rilashda butunlay farq 
qiladi, chunki bu
usulda detalni istalgan yo’nalishda to’g’rilash 
va boshqarish mumkin. Naklyoplash yo’li bilan to’g’rilashning 
asosiy afzalliklari: to’g’rilangan joy shaklining vaqt o’tishi 
bilan o’zgarmasligi; to’g’rilash aniqligining yuqori bo’lishi; 
valning har qanday qismini to’g’rilash mumkinligi; jarayonning 
oddiyligi va uni tez bajarish mumkinligi.
Naklyoplash yo’li bilan cho’yandan yasalgan vallarni ham 


to’g’rilasa bo’ladi. Naklyoplash usulida detalning ishlamaydigan 
yuzalariga bolg’a bilan sekin asta uriladi. Detalga bolg’a urilgan 
sari metallning sirtqi qatlami yoyiladi va kattaroq yuzani egallashga 
intiladi. Bunda detalning sirtqi qatlamida siquvchi qoldiq 
quchlanishlar paydo bo’ladi; bu quchlanishlar to’g’rilangan 
detalning toliqishdagi puxtaligini pasaytirmaydi.
Detallarni payvadlash va suyuqlantirib qoplash bilan tiklash.
Payvandlash turlari Metalldan yasalgan detallarning ma`lum qismini 
suyuqqlanish temperaturasigacha qizdirib, molequlyar tishlashish 
quchlaridan foydalangan xolda ajralmas birikma hosil qilish jarayoni 
payvandlash deyiladi. Ishlash imkoniyati tiklanayotgan detal yuzasiga 
s)toklantirilgan metall qatlami qoplash jarayoni suyuqlantirib 
qoplash deb ataladi. Detal materialini suyuqqlantirish usuliga qarab 
payvandlash ikki turga: Gaz alangasida payvandlash va elektr yoyi 
vositasida payvandlash turlariga bo’linadi. Payvandlash 
mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashmagan (dastaki) turlariga 
bo’linadi. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan turlariga flyus 
qatlami ostida, ximoyalovchi gazlar muxitida, suv bug’i muxitida, 
yarim avtomatik va avtomatik payvandlash, vibro yoy bilan payvandlash, 
kantaktlab payvandlash, plazma yoy yordamida payvandlash kiradi. 
Payvandlash turlarining qaysi biri qanday detallar uchun 
qo’llanilishi detal materiali va undagi darzlar, detalning shakli, 
detalning ish rejimi va boshqa omillarga bog’lik.

Dastaki Gaz alangasida payvandlash usulidan 2mm gacha qalinlikdagi, kam 
uglerodli va kam legirlangan po’latdan, shuningdek, cho’yan va rangli 
metallardan tayyorlangan detallarni payvandlashda foydalaniladi.

Dastaki usulda elektr yeyi vositasida po’lat va cho’yandan murakkab shaklli 
qilib yasalgan detallar," shuningdek alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan 
detallar payvandlanadi va ular sirtiga boshqa metall yoki qattiq qotishma 
suyuqlantirib qoplanadi

Argonyoy vositasida dastaki payvandlash usulidan rangli metallardan yasalgan 
detallarni payvandlashda foydalaniladi. 

Flyus qatlami ostida elektr yoyi vositasida avtomatik payvandlash usuli po’lat 
va rangli metallardan yasalgan, diametri 40 mm dan ortiq bo’lgan tsilindrik 
yuzalari bor detallarni payvandlashda qo’llaniladi.

Ximoyalovchi gazlar muxitida elektr yoyi vositasida yarim avtomatik va 
avtomatik payvandlash usullari uglerodli, kam legirlangan va yupqa list 
po’latlardan yasalgan detallarni payvandlashda qo’llaniladi. 

Suv bug’i muxitida elektr yoyi vositasida yarim avtomatik va avtomatik 
payvandlash usulidan po’lat va cho’yandan yasalgan detallarni payvandlashda 
foydalaniladi.

Plazma yoy vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash hamda 
qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplash usuli qiyin suyuqqlanuvchan 
metall va qotishmalardan tayyorlangan detallar uchun qo’llaniladi.



Vibro yoy vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usulidan 
uglerodli va kam legirlangan po’latlardan, shuningdek cho’yandan yasalgan 
detallar uchun foydalaniladi 
Jarayonni mohiyati. Metallash turlari.
Biror usulda juda mayda (3300 miqron o’lchamli) zarralarga 
aylanguncha suyuqqlantirilgan metallni detalning oldindan tayyorlab 
qo’yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140300 
mG’sek) tezlik bilan purkash jarayoni metallash deyiladi. Metallni 
suyuqqlantirish va purkashda foydalaniladigan mexanizm metalizator 
deyiladi.
qoplovchi metallni suyuqlantirishda foydalanilgan issiqlik manbaiga 
ko’ra, metallash Gaz alangasida elektrik va plazmaviy turlarga 
bo’linadi
Gaz alangasida metallashning ikki usuli; 1) Bosimli gaz ishlatib 
metallash. 2) bosimli gaz ishlatmay metallash usullari mavjud.
Bosimli gaz ishlatib metallash usuli ta’mirlash ishlarida eng ko’p 
qo’llaniladi. Bosimli gaz ishlatib metalashda (6.1-rasm) qoplovchi 
sim yonuvchi gaz bilan kislorod alangasidan suyuqqlantirilib, 
detalning yuzasiga siqilgan havo yoki inert gaz vositasida purkaladi.
1-rasm. Gaz alangasida metallashda ishlatiladigan metalizatorning 
purkash kallagi sxemsi.
1-sim; 2-simni uzatish mexanizmi; 3-aralashtirish kamerasi; 4- gaz 
metal aralashmasi oqimi.
Gaz alangasida metallashda qoplam juda yuqori sifatli chiqadi. Gaz 
alangasida metallash usulining kamchilliklari jumlasiga, detal 
yuzasiga beriltan qoplam nisbatan kimmatga tushadi, metallash 
ustanovkasi murakkab bo’ladi.
Chet ellarda kesuvchi asboblar, ulchash asboblari, shuningdek 
koliplash matritsalari va boshqa muxim detallar ish yuzalarining 
yeyilishga chidaxmliligini oshirish maksadida ularni qiyin 
suyuqqlanuvchan materiallar bilan qoplashda ireaktivm va portlatma 
metallash usullari qo’llaniladi.
Bosimi oshirilgan yonuvchi gaz yordamida metallash detallarning 
yuzasiga qattiq va keramiqaviy kotishmalarning qukunlarini purkashdan 
iborat. Bunday maksadda ishlatiladigan metalizator sxemasi 
keltirilgan (6.2-rasm). Bunda siqilgan havo ishlatilmaydi. Siqilgan 
havo rolini bosimi oshirilgan yonuvchi gaz o’taydi. Shu tufayli 
metall zarralarining temperaturasi saqlanib, detal yuzasiga yumshoq 
xolatda yotadi.
3-rasm. Yuqori bosimli yonuvchi gazdan foydalanib metallash 
metalizatorining sxemasi. 1-atsetilen beriladigan kanal; 2-kislarod 
beriladigan kanal; 3-so’toklantiriladigan qukun beriladigan kanal; 
4-yonib turgan gazlar va koplanayotgan metalning yumshagan zarralari 


oqimi; 5-detalning qoplanayotgan yuzasi.
Elektrik metallashda ish unumi va tejamlilik juda yuqori bo’ladi. 
Ishlash printsipiga ko’ra, elektrik metallash quyidagi ikki turga: 
elektr yoyi vositasida metallash va yuqori chastotali tok vositasida 
metallash turlariga bo’linadi.
Elektr yoyi vositasida metallash (6.4-rasm) usuli metallashning 
barcha turlarini bajarishga mo’ljallangan.
4-rasm. Elektr yoyi vositasida metallash metalizatori.
1-sim; 2-sim uzatish mexanizmining roliklari; 3-havo berish kanali; 
4-yo’naltiruvchi uchliklar; 5-elektr yoyi.
Bunda diametri 1,22,5mm li bir-biridan elektrik tarzda 
izolyatsiyalangan ikkita metall sim uzatish mexanizmi yordamida 
siljiydi. Simlar uchliklardan chiqishi bilan bir-biriga yaqinlashadi 
va elektr yoyi ta`siri ostida ularning uchlari suyuqqlanadi. Siqilgan 
havo oqimi suyuqqlangan simni bosim ostida juda mayda zarralarga 
aylantiradi va detal yuzasiga qoplaydi.
Yuqori chastotali tok vositasida metallash induktsion qizdirish 
printsipidan foydalanishga asoslangan. Yuqori chastotali tok bilan 
ishlaydigan metalizatorning sxemasi keltirilgan (17-rasm). Sim yuqori 
chastotali uyurma toklar kontsentratori bor metallizatorda 
suyuqqlantiriladi. Uyurma tok kontsentratori magnitaviy maydonni 
simning metalizator purkash golovkasidan chiqish joyig’a eng ko’p 
tuplash uchun mo’ljallangan. Yuqori chastotali tok vositasida 
metallashda lampaviy LZ37, GZ 46, LGPZ 30, AZ 46, AGLZ 60, LG 60 
generatorlaridan foydalaniladi.
Eyilgan detallarning ishlash imkoniyatini metallash yo’li bilan 
tiklashning texnologik jarayoni ketma-ket o’tkaziladigan uchta 
asosiy bosqichdan iborat.
-detal yuzasini metallashga tayyorlash.
-detalning tayyorlangan yuzasini metallash detalning metallangan 
yuzasiga ishlov berish 
http://kompy.info 

Download 477,61 Kb.
1   2




Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detalning ishlash imkoniyatini cho’ktirish usuli bilan tiklash

Download 477,61 Kb.
Pdf ko'rish