• LECTURE 9. THE BASICS OF DESIGNING VEHICLE CONTROLS 9-MAVZU: BOSHQARISH QISMINI LOYIHALАSH АSОSLАRI. O’quv rejasi
  • 1. Rul boshqarmasining kоnstruktsiyalаri vа ulаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #149075
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    lecture 9 (1)



     
    1. Rul boshqarmasining kоnstruktsiyalаri vа ulаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr. 
    2. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi. 
    3. Tоrmоz boshqarmasining kоnstruktsiyalаri vа ulаrga qo´yilаdigаn 
    tаlаblаr. 
    4. Tоrmоz mехаnizmlаri аsоsiy pаrаmеtrlаrining аvtоmоbil mаssаsigа 
    bog´liqligi. 
    1. Rul boshqarmasiining kоnstruktsiyalаri vа 
    ulаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr. 
    Rul boshqarmasi avtomobil harakatlanganda boshqariluvchi g´ildiraklarni 
    burish yo´li bilan uning yo´nalishini o´zgartirish va yurishini haydovchi 
    belgilangan yo´sinda saqlash uchun xizmat qiladi. 
    Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda 
    avtomobilni harakat yo´nalishini o´zgartirishdan yoki tanlangan yo´nalishni 
    saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul 
    mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi.
    Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog´liqligi uchun 
    unga quyidagi talablar qo´yiladi:
     avtomobilni kichik radiusda burilishini ta´minlash;
     rul chambaragiga qo´yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga
    avtomobilni boshqarishni yengillatish;
     kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo´lishi, ya´ni rul 
    chambaragiga qo´yilgan kuch bilan boshqariluvchi g´ildiraklarning burilishiga 
    qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos 
    ravishda boshqariluvchi g´ildiraklarni burilishi;
     burilishlarda g´ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi;
    LECTURE 9. THE BASICS OF DESIGNING VEHICLE CONTROLS 
    9-MAVZU: BOSHQARISH QISMINI LOYIHALАSH АSОSLАRI.
    O’quv rejasi: 


     boshqariluvchi g´ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga 
    uzatilmasligi;
     rul boshqarmasini me´yoriy elastiklikga ega bo´lishi;
     rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik 
    kelishuvchanlik mavjud bo´lishi osma ezilganida boshqariluvchi g´ildiraklarni o´z-
    o´zidan burilishdan saqlash;
     rul boshqarmasining boshqariluvchi g´ildiraklarini barqarorligiga 
    (stabilizatsiya) kam ta´siri;
     yuqori ishonchligi;
    Boshqariluvchi g´ildiraklarni burish uchun xizmat qiladigan mexanizmlar 
    to´plami rul boshqarmasi deb ataladi. 
    Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topgan 
    bo´lib, ularning umumiy tuzilishi 2-rasmda keltirilgan. 
    Boshqariladigan har bir g´ildirak burilish sapfasiga o´rnatilgan, u esa old 
    ko´prik balkasiga shkvoren bilan biriktirilgan. 
    Shkvoren balkaga qo´zg´almas qilib mahkamlangan va uning yuqori va 
    pastki uchlari burilish sapfasining teshikchalariga kirib turadi. Richag sapfani 
    burganda, u boshqariluvchi g´ildirak bilan birga shkvoren atrofida buriladi. 
    Burilish sapfalari bir-biri bilan richaglar hamda ko´ndalang tortqi 
    yordamida ulangan. Shuning uchun boshqariluvchi g´ildiraklar birgalikda bir 
    vaqtda buriladi. 
    Boshqariluvchi g´ildiraklarni burish haydovchi tomonidan rul 
    chambaragini aylantirisji bilan amalga oshiriladi. 
    Rul chambaragini aylantirish natijasida val aylanib, chervakni va u o´z 
    navbatida sektorni harakatga keltiradi. Sektor valiga soshka mahkamlangan, u 
    bo´ylama tortqi va richag orqali burilish sapfasini boshqariluvchi g´ildiraklar bilan 
    birga buradi. 
    Rul chambaragi, val chervak va sektor birgalikda rul mexanizmini tashkil 
    etadi va u haydovchining rul chambaragiga qo´ygan momentini boshqariluvchi 
    g´ildiraklarni burish uchun oshirib beradi. 


    Soshka, bo´ylama tortqi, burilish sapfalarining richaglari va ko´ndalang 
    tortqi rul yuritmasini tashkil etadi, bu uzatma soshkaga uzatilgan kuchni
    boshqariluvchi g´ildiraklarni burovchi sapfaga uzatadi. 
    Ko´ndalang tortqi richaglar boshqariluvchi g´ildiraklarning burilish 
    burchaklarini muvofiqlashtiruvchi rul trapetsiyasini hosil qiladi. Rul chambaragi 
    transport harakati yo´nalishiga muvofiq ravishda avtomobil kabinasi yoki yengil 
    avtomobil kuzovi ichida o´ng va chap tomonga o´rnatilishi mumkin. Bizning 
    mamlakatda va boshqa ko´pgina mamlakatlarda o´ng tomonlama harakat qoidasi 
    joriy etilganligi sababli rul chambaragi ro´baro kelayotgan transportni yaxshi 
    ko´rishi uchun chap tomonga o´rnatilgan. 
    Rul mexanizmi orqali momentning orttirilishi, uzatmalar soniga bog´liq 
    bo´lib, u rul chambaragi burilish burchagining soshkaning burilish burchagiga 
    bo´lgan nisbati bilan baholanadi. 

    Download 0,49 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Rul boshqarmasining kоnstruktsiyalаri vа ulаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr

    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish