U r m = α rul / β soshka Bu yerda α rul —rul chambaragining burilish burchagi, gradus.
β soshka — soshkaning burilish burchagi, gradus.
Rul mexanizmi turiga bog´liq holda (ish juftliklari) uzatishlar soni doimiy
yoki o´zgaruvchan bo´lishi mumkin, ya´ni g´ildirakni burish jarayonida uzatmalar
soni o´zgarishi mumkin.
Yengil avtomobillarda rul mexanizmining uzatish soni U r m = 12-20, yuk
avtomobillarda esi. U r m = 15-25 ni tashkil etadi.
Rul yuritmasining uzatish soni burilish sapfasi va rul soshkasidagi
richaglarning yelkalari nisbatiga bog´liq. Boshqariluvchi g´ildiraklar burilganda bu
richaglarning qiyalik burchagi o´zgarishi sababli rul yuritmasining uzatishlar soni
U ryu o´rtacha 0,85 dan 1,1 gacha o´zgaradi.
Rul boshqarmasining uzatish soni (U rb ) quyidagicha aniqlanadi:
U rb = U rm · U ryu Boshqariluvchi g´ildiraklar cheklangan miqdorda 28°-35° burchakka
buriladi. Buning sababi shuki, g´ildiraklar burilganda avtomobil ramasiga, qanotiga
va boshqa detallarga tegib qolmasligi kerak.