• 2. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi.
  • Rul boshqarmаsigа quyidаgi tаlаblаr qo´yiladi




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #149075
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    lecture 9 (1)

     
    Rul boshqarmаsigа quyidаgi tаlаblаr qo´yiladi: 
     аvtоmоbilning buriluvchаnligini yaхshilаsh uchun burilish rаdiusi
    kichik bo´lishi kеrаk. 
     rul chаmbаrаgidаgi kuch kаm bo´lishi kеrаk (оsоn boshqarish); 
     rul chаmbаrаgidаgi vа boshqariluvchi g´ildirаklаrdаgi kuchlаr vа 
    burchаklаr bir-birigа mоs bo´lishi kеrаk; 
     burilish pаytidа g´ildirаklаr yon tаrаfgа ilоji bоrichа sirpаnmаsligi 
    kеrаk; 


     yo´lning nоtеkisliklаridаn хоsil bo´ladigаn zаrbаlаr rul chаmbаrаgigа 
    kаm utkаzilishi kеrаk; 
     rul boshqarmаsining elаstik harаktеristikаsi оptimаl bo´lishi kеrаk; 
     rul yuritmаsi vа оsmаning kinеmаtikаsi o´zaro muvofiqlаshgаn 
    bo´lishi kеrаk; 
     g´ildirаk stаbilizаtsiyasigа tа´sir etmаsligi kеrаk
     yuqori ishоnchli bo´lishi kеrаk, chunki rul boshqarmаsining ishdаn 
    chiqishi аvаriyagа оlib kеlаdi; 
     umumiy tаlаblаr. 
    2. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi. 
    Rul yuritmasi rul mexanizmida oshirilgan kuchni soshka orqali qabul qilib, 
    boshqariluvchi g´ildiraklarning sapfalariga uzatadi va boshqariluvchi g´ildiraklarni 
    buradi. 
    Rul yuritmasi berilgan eng kichik burilish radiusi bo´yicha burilishini
    ichki va tashqi boshqariluvchi g´ildiraklarning har xil burchakka burilishini va 
    soshka vali bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish sonining bo´lishini 
    ta´minlashi lozim. 
    Rul yuritmasi tortqi va richaglardan tashkil topgan bo´lib, rul trapetsiya 
    shaklini hosil qiladi. Rul yuritmasi detallari, bir-biri bilan shunday bog´langanki, 
    boshqariluvchi g´ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-biriga nisbatan 
    birikmalarda turli tomonga yengil burila olishi, shuningdek, o´z birikmalaridan 
    zarur miqdordagi kuchni uzata olishi lozim. Shuning uchun rul yuritmasining 
    tortqilari bir-biri bilan sharnirlar orqali bog´langan bo´lishi kerak. 
    Rul yuritmasi boshqariluvchi g´ildiraklarni to´g´ri nisbatda (ichki 
    g´ildirakni katta, tashqi g´ildirakni kichik burchaklarga) burilishini, boshqariluvchi 
    g´ildiraklarda avtotebranishlar bo´lmasligini hamda avtomobilning osmalari 
    tebranishida g´ildiraklarni o´z-o´zidan burilishini oldini olishni ta´minlaydi.


    Rul yuritmasi: rul taretsiyasidan, rul mexanizmini rul trapetsiyasi bilan 
    bog´lovchi richaglar va tortqilardan, sharnirli birikmalar hamda ko´pchilik 
    avtomobillarda rul kuchaytirgichidan tashkil topgan.
    Rul trapetsiyasi avtomobilning kompanovka imkoniyatlari bo´yicha 
    turlicha bo´lishi mumkin, 23-rasm.
    Trapetsiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo´yicha orqada 
    joylashgan (23-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (23-rasm, b) bo´ladi. 
    Avtomobilning g´ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo´lganida yaxlit ko´ndalang 
    tortqili trapetsiyalar (23-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo´lganda esa, 
    bo´g´inlarga ajratilgan ko´ndalang tortqili trapetsiyalar (23-rasm, v, g, d, e) 
    ishlatiladi. 



    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rul boshqarmаsigа quyidаgi tаlаblаr qo´yiladi

    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish