TOPOGRAFIK KARTALAR TUZILISHI.
TOPOGRAFIK KARTALARDA SHARTLI BELGILAR. TOPOGRAFIK KARTA VA PLANDA YUZANI HISOBLASH USULLARI
Reja.
Topografik karta va planlarda tafsilotni ifodalash.
Topografik karta va planlarda relefni tasvirlash.
Relef turlari. Gorizontallarning xossalari.
Geometrik usul.
Analitik usul.
Grafik usul.
Mexanik usul.
Yuz hisoblash aniqligi.
Tayanch iboralar: karta, plan, relef, shartli belgilar, konturli, masshtabli, masshtabsiz, yozuvlarda ifodalash, belgilarda ifodalash, bo‘yoqlar, gorizontallar, kesim balandligi, punktir, yarim gorizontal, berg shtrixlar, relef, balandlik, pastlik, tog‘, tizma tog‘, egarsimon joy, chuqurlik, soy, suv yig‘iluvchi chiziq, terassa, relefni tasvirlash, gorizontal, kesim balandligi, qiyalik burchagi, vertikal burchak, gorizontallarning xossalari, shtrix, grafik usul, geometrik shakl, uchburchak, trapetsiya, poligon, analitik usul, koordinatalari, ikkilangan yuza, grafik usul, paletka, kvadrat katakli, parallel paletka, mexanik usul, chizig‘iy planimerlar, qutbli planimetrlar, oddiy, kompensatsion, planimetr tuzilishi, richag, qutb, sanoq olish mexanizmlari, kareta, siferblat, verner, shakl ichida , shakl tashqarisida, planimetr konstantasi, bir bulak qiymati, yuzasi aniq maydon, sinash, tekshirish, hisoblash aniqligi, natijalarni tenglash, takomillashgan, lupa.
Topografik karta va planlar aniq bo‘lish bilan birga, joy ko‘rinishini, ya’ni joyning baland-pastligini (relefini) va joyda bor tafsilotni (yo‘l, ariq, bino va boshqalarni) yaqqol ko‘rsatishi kerak. Planni ko‘rgan kishi joy haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishi kerak. Buning uchun plan va kartalarda turli tushuntirish bilan birga joy tafsilotini va relefni yaqqol ko‘rsatuvchi shartli belgilar qo‘llaniladi. Tafsilotni ko‘rsatuvchi shartli belgilar konturli yoki masshtabli va masshtabsiz bo‘ladi. Konturli (masshtabli) shartli belgilar joydagi narsalar (bino, yo‘l, kanal kabilar) o‘lchami plan masshtabida kichraytirilib ko‘rsatilsa ham ularning shakli aniq bo‘lishi kerak.
Joydagi narsa o‘lchami plan masshtabining grafikaviy aniqligidan kichik bo‘lsa, ya’ni uni plan masshtabi bo‘yicha ko‘rsatib bo‘lmasa, ob’ekt muhim ahamiyatga ega bo‘lganda masshtabsiz shartli belgi qo‘llaniladi. Masalan, geodezik belgilar, quduq, aloqa liniyalari, yo‘l, ariq, truboprovodlar kabi narsalarni masshtabda ko‘rsatib bo‘lmasa ham o‘rinlari shartli belgi bilan ko‘rsatiladiki, ular masshtabsiz shartli belgilar deyiladi. Ba’zan shartli belgilarning uzi kifoya qilmay, tushuntirish yozuvlari ilova qilinadi. Masalan, qishloqda yashovchi xonadonlar soni, ko‘prikning yuk ko‘tarish quvvati, suvning oqish yo‘nalishi va tezligi, o‘rmonning qalin-siyrakligi va daraxtlarning turi kabilar tushuntirish yozuvi va belgilar bilan ko‘rsatiladi.
Qabul qilingan shartli belgilarning shakl va o‘lchamlari geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan shartli belgilar haqidagi ko‘rsatmada berilgan. Plan chizishda ana shu qo‘llanmadan foydalaniladi. SHartli belgilari to‘g‘ri va aniq chizilgan plan joy tafsilotini yaqqol ko‘rsatganidan joy haqida to‘la tasavvur hosil qilish mumkin.
Joyning relefi ham o‘ziga xos turli shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bunda bo‘yoqlar, turli shtrixlar, gorizontallar va boshqa usullar qo‘llaniladi. Lekin topografik kartalarda relef gorizontallar bilan tasvirlanadi. Relefning turlariga qarab, gorizontallarning turlicha o‘tishi bilan joyning baland-pastligi yaqqol ko‘rsatiladi.
Planni pardozlashda yozuvlar yuqori va quyi ramkaga parallel qilib yoziladi. Daryo, kanal va tizma tog‘larning nomlari ularning oqish va pasayish tomoni bo‘yicha yoziladi. Gorizontallar otmetkasi gorizontalni uzib, orasiga son joyning ko‘tarilishi bo‘ylab, ya’ni raqam usti balandlikka qaraydigan qilib yoziladi. Har 5 yoki 10 m dan o‘tuvchi gorizontallar yo‘g‘onroq chiziladi. Gorizontallar oralig‘i katta joylarda ikki yonma-yon gornzontal orasida kesim balandligi h ning yarmiga to‘g‘ri keladigan joydan yana gornzontal o‘tkaziladi. Lekin u punktir bilan chiziladi va yarim gornzontal deyiladi. Joyning pastlashish yoki ko‘tarilishini yaqqol ko‘rsatish uchun pasayishga tomon berg shtrixlar, chiziladi.
Plan tuzishda turli bo‘yoqlar ishlatiladi. Suv havzalarining chegarasi kuk o‘rtasi esa havo rang bo‘yoq bilan, relef va qumliklar jigar rang bo‘yoq bilan ko‘rsatiladi. Yozuvlar qora tushda yoziladi. Yo‘l, bino chegara chiziqlari ham qopa tushda chiziladi.
Har qanday injenerlik inshooti qurishdan avval u topografik plan yoki kartada loyihalanadi. SHunga ko‘ra, joydagi situatsiya va joy relefi planda to‘g‘ri tasvirlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun joy relefining turlarini bir-biridan yaxshi ajrata bilish va ularni planda gorizontallar bilan tasvirlash yo‘llarini o‘rganish lozim.
|