|
Topografik kartalar tuzilishi
|
bet | 9/9 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #273816 |
PP-2K planimetri. Prof. A. V. Maslov taklifiga ko‘ra, ikki karetkali qilib chiqariladigan planimetr shifri PP-2K (qutbli planimetr-kompensatsion 2) deb nomlanadi. Bunda asosiy hisoblash mexanizmidan tashqari, aylantirish richagining orqa tomonida ikkinchi karetka o‘rnatilgan. Aylantirish richagining uchidagi sixcha o‘rniga shishadan ishlangan doiraviy oyna 5 qo‘yilgan, uning markazidagi belgi f (nuqta) shakl chegarasi bo‘ylab aylantiriladi. Belgining plandagi nuqta ustida to‘g‘ri turishi yondan qarab emas, balki ustidan qarab nuqtaga to‘g‘rilash kerak bunda chiziqdan yurgazish aniqligi oshadi.
Bu planimetr MIIZ (Moskva yer tuzish injenerlari instituti) planimetri deb ham ataladi. Karetkacha ikkita bo‘lganidan yuz hisoblashda qutb ikki tomonga qo‘yilmay, yolg‘iz bir tomonga qo‘yib aylantiriladi, lekin ikkala karetkachadan sanoq olinadi. Bunda asbob xatolari yo‘qoladi. CHapdagisi asosiy, o‘ngdagisi esa qo‘shimcha deyiladi; bo‘lar bir-birini tekshirishga imkon beradi. Bu planimetrning nazariyasi va undan foydalanish yuqorida ko‘rib o‘tilgan planimetrdagi kabidir. Agar ikkala g‘ildirakning diametrlari bir xil bo‘lganda richagning uzunligi R bir xil bo‘lgani uchun bir bo‘lakning qiymati R ham bir xil bo‘lishi kerak.
|
| |