• 3.2. Tokli kesimning o‘rnatmalarini tanlash.
  • Sabr vaqtsiz tokli kesim uchun zaxira koeffisientining qiymati
  • Tokli kesim himoya parametrlarini hisoblash




    Download 275.08 Kb.
    bet1/2
    Sana26.02.2024
    Hajmi275.08 Kb.
    #162459
      1   2
    Bog'liq
    3-amaliy mashg\'ulot
    Korporativ boshqaruv. Xodiyev B



    3 – AMALIY MASHG‘ULOT
    TOKLI KESIM HIMOYA PARAMETRLARINI HISOBLASH
    3.1 Tokli kesim
    Tokli kesim – bu maksimal turdagi tezkor tokli himoya hisoblanib, tanlovchanlikka ishlash zonasini cheklash orqali erishiladi.
    Bir tomonlama ta’minlanuvchi tarmoqlarda tokli kesim himoyalanayotgan qismning manba tomonida o‘rnatiladi.
    Qisqa tutashuv toklari manbadan shikastlanish joyigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda tokli kesimning ishlash tokini shunday tanlash mumkinki, bunda kesimning ishlash hududida faqat nazarot qilinayotgan uskuna kiradi. Tokli kesimning (3.1 – rasmdagi TK1) ishlash toki qo‘shni tutashmalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta qisqa tutashuv tokidan, ya’ni L2 tarmoqdagi qisqa tutashuv tokidan katta bo‘lishi kerak. Chunki L2 tarmoqning boshidagi qisqa tutashuv toki L1 tarmoqning oxiridagi qisqa tutashuv tokiga deyarli teng, o‘rnatmalarni tanlashda odatda B podstansiyadagi qisqa tutashuv toklarini hisoblashadi (tarmoqlar chegarasidagi K1 nuqtadagi qisqa tutashuv).
    Ushbu holatda tokli kesimning ishlash toki quyidagicha yozilishi mumkin:
    , (3.1)
    bu yerda - energetika tizimining maksimal ish holati vaqtidagi K1 nuqtadagi qisqa tutashuv tokining haqiqiy qiymati.
    3.2. Tokli kesimning o‘rnatmalarini tanlash.
    Tezkor himoyalarning (tokli himoya ham shular jumlasiga kiradi) o‘rnatmalarini hisoblashda qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisini ham inobatga olish lozim. Ushbu maqsadda tanlash shartiga zaxira koeffitsiyenti ham kiritilib, uning qiymati himoyalanayotgan qurilmaga hamda qo‘llanilayotgan relening turiga bog‘liq.
    Zaxira koeffitsiyentining qiymati relening turiga bog‘liq holda 3.1 – jadvalga keltirilgan.
    3.1-jadval
    Sabr vaqtsiz tokli kesim uchun zaxira koeffisientining qiymati

    Relening turi

    Himoyalanayotgan qurilma

    liniya

    transformator

    PT-40

    1,2-1,3

    1,3-1,4

    PT-80

    1,5-1,6

    1,6

    Transformator yoki liniyalarga (ushbu liniyadan trasformator ta’minlanayotgan bo‘lsa) o‘rnatilgan sabr vaqtsiz tokli kesimlarni ushbu transformatorlarni ishga tushirishdan hosil bo‘luvchi magnitlovchi tokning sakrashidan ham sozlash kerak.
    Liniyadagi tokli kesimning ishlash hududi grafik orqali aniqlanadi, ya’ni qisqa tutashuv tokining egri chizig‘i bilan liniyaning o‘rnatmasiga mos keluvchi gorizontal chiziqlarning kesishish nuqtasi olinadi. Qisqa tutashuvning turiga hamda energetika tizimlarining ish holatlariga bog‘liq ravishda tokli kesimning o‘ng chegara ta’sir zonasi o‘zgarishi, ishlash zonasining kengligi esa dan oralig‘ida o‘zgarishi mumkin (3.1 – rasmga qarang). Minimal ta’sir zonasida ( ) tokli kesim energetika tizimining istalgan ish rejimidagi qisqa tutashuvlarni aniqlaydi. Maksimal ta’sir zonasidan ( ) tashqarida tokli kesim hech qanaqa qisqa tutashuvlarni aniqlamaydi. Shuning uchun odatda tokli kesimning ishchi zonasi sifatida minimal zona hisoblanadi.




    a)
    b)
    3.1 – rasm. Tokli kesimli elektr tarmoqning sxemasi (a) va qisqa tutashuv toklarining diagrammalari (b)

    Tokli kesimning samaradorligi sezgirlik koeffitsiyenti yoki ish zonasining uzunligi orqali baholanadi:


    - transformatorlar uchun tokli kesimning sezgirligi energetika tizimining minimal ish holatida tokli kesimning ish zonasiga kiruvchi eng «yengil» qisqa tutashuv toki orqali aniqlanadi: bunda
    sharti bajarilishi kerak;
    - «liniya-transformator» bloklaridagi tokli kesimning sezgirlik koeffitsiyentini hisoblashda liniyaning oxiridagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng kichik qisqa tutashuv toki (ya’ni liniya va transformator chegaralaridagi) olinadi: bunda bo‘lishi kerak;
    - agarda tokli kesimning ta’sir zonasi liniya uzunligining 15-20% o‘z ichiga qamrab olsa tokli kesim samarali hisoblanadi.
    Sabr vaqtsiz tokli kesim qurilmaning bir qismini himoyalaganligi sababli, ushbu qurilma uchun yagona himoya vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas.


    Misol. Quyida berilgan chizmada transformator va liniyaning tokli kesimini hisoblang.

    AS-70


    TMN-2 500/35





      1. – rasm. Tarmoqning prinsipial sxemasi




    Download 275.08 Kb.
      1   2




    Download 275.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tokli kesim himoya parametrlarini hisoblash

    Download 275.08 Kb.