• 1.Himoya gazlari muhitida payvandlash usullari
  • 1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Himoya gazlar muhitida yoyli yarim avtomatik usulda payvandlashni o‘rganish Ishdan maqsad




    Download 5,69 Mb.
    bet1/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,69 Mb.
    #240229
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Eritib payvandlash 4-kurs


    1-Amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Himoya gazlar muhitida yoyli yarim avtomatik usulda payvandlashni o‘rganish
    Ishdan maqsad: Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi, inert va faol gazlarni payvand chokka ta’sirini o‘rganish.
    1.Himoya gazlari muhitida payvandlash usullari
    Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo‘ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan biriktirishga imkon beradi.
    Payvandlashning bu usuli po'lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo‘llanila boshlandi.
    Himoya gazlari muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar:
    - flyus yoki qoplamalar ishlatishga, binobarin, choklarni shlakdan tozalashga hojat yo‘q;
    - yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi strukturaviy o‘zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi;
    - chok metalli havo kislorodi va azoti bilan juda kam ta’sirlashadi;
    - payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay;
    - arayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoni bor.

    Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi 1 -rasmda ko‘rsatilgan.
    1-rasm. Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi.
    Himoya gazlari muhitida payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin.
    Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidrid kabi faol gazlardan foydalaniladi. Shuningdek, turli proporsiyalarda alohida gazlaming aralashmasi ham ishlatiladi. Gaz bilan ana shunday himoya qilinganida payvandlash zonasi atrofidagi havo siqib chiqariladi. Montaj sharoitlarida payvandlashda yoki gaz himoyasini puflab tarqatib yuboradigan sharoit mavjud bo‘lganda qo‘shimcha himoya qurilmalaridan foydalaniladi. Payvandlash zonasini gaz bilan himoyalash samaradorligi payvandlanadigan birikmaning turiga va payvandlash tezligiga bog‘liq. Himoyaga, shuningdek, soploning o‘lchami, himoya gazining sarfi va soplodan buyumgacha bo‘lgan masofa (u 5-40 mm bo‘lishi kerak) ham ta’sir qiladi.
    Payvandlash zonasining yaxshi himoyalanishi gazning issiqlik-fizik xossalari, shuningdek, gorelkaning konstruktiv xususiyatlari va payvandlash rejimiga bog‘liq. Payvandlash yoyi zonasiga kiritiladigan himoya gazlari yoy zaryadsizlanishining turg‘unligiga, elektrod metallining suyuqlanishiga va uning ko‘chishiga ta’sir qiladi. Elektrod metalli tomchilarining o‘lchami payvandlash toki ortishi bilan kamayadi, payvandlash toki ortishi bilan erish chuqurligining ortishi esa payvandlash yoyi bosimining ta’sirida elektrod ostidagi suyuq metallning ancha intensiv siqib chiqarilishiga bog‘liq.
    Eriydigan elektrod bilan payvandlashda yoy buyum bilan payvandlash zonasiga uzatiladigan eriydigan payvandlash simi orasida yonadi. Erimaydigan (volfram) elektrodlari bilan payvandlashda payvandlash yoyi bevosita yoki bavosita ta’sir qilishi mumkin. Volfram elektrodi va yoy zonasiga uzluksiz uzatib turiladigan payvandlash simi orasida yonadigan yoy bavosita ta’sir etadigan yoyning bir turidir [7].
    Inert gaz oqimining himoyalash ta’siri gazning tozaligiga, oqimning parametrlariga va payvandlash rejimiga bog‘liq. Gazning himoya xossalariga baho berishdagi ko‘rgazmali usullardan biri - volfram elektrodi bilan payvandlanadigan metall orasida o ‘zgaruvchan tok yoyini yondirishda katodning yonish zonasi diametrini aniqlashdan iborat. Payvandlanadigan metall katod vazifasini o‘taydigan davrda payvandlash vannasi sirtidan va qo‘shni zonalardan sovuq metallga nisbatan metall zarrachalari uzilib chiqadi. Katodning yonish darajasi, asosan, musbat ionlaming massasiga bog‘liq, ular payvandlash jarayonida katodni bombardimon qiladi. Masalan, argon muhitida geliy muhitidagiga qaraganda katodning ancha intensiv yonishi sodir bo‘ladi. Katodning yonishiga, metallar moyilligining kamayishiga qarab, ular quyidagi tartibda joylashadi:

    Download 5,69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 5,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Himoya gazlar muhitida yoyli yarim avtomatik usulda payvandlashni o‘rganish Ishdan maqsad

    Download 5,69 Mb.