Galvanil qoplamalar qoplashning fizik asoslari kursiga kirish




Download 403.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.01.2024
Hajmi403.42 Kb.
#146884
  1   2   3   4
Bog'liq
Lecture - 1
4-M I. AQLLI SHAXAR docx, 05 120 000327, l;\', 1-3 ma\'ruza, 4-8 ma\'ruza, 4-8 ma\'ruza, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.


1-mavzu: “GALVANIL QOPLAMALAR QOPLASHNING FIZIK 
ASOSLARI KURSIGA KIRISH” 
REJA: 
1. Qoplamalar qoplash usullari va turlari. 
2. Galvanik qoplamalar – nazariyadan amaliyotga. 
3. Galvanil qoplamalar qoplashning fizik asoslari kursining 
materialshunoslikdagi ahamiyati. Kursning maqsadi va vazifasi.
4. Galvanil qoplamalar qoplashning fan-texnika va texnologiya sohalarini 
rivojlanishidagi o’rni.
5. Galvanil qoplamalar qoplashning zamonaviy usullari, ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalarni rivozlanishidagi o’rni. 
6. Galvanil qoplamalar qoplashning fizik asoslari kursining tuzilishi. 
XXI asrga kelib mashinasozlik materialshunosligi shunday darajaga erishdiki, 
mashinasozlik materiallari asosida tayorlangan detallar va ularning sirtlariga talab 
darajasida ishlov berish, qoplamalar qoplash orqali ularning ish samaradorligini 
oshirish, tashqi dizaynini sifatli bajarish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu borada 
galvanik qoplamalar qoplash texnologiyalari yetakchi o‘rinlarni egalaydi.
Galvanik qoplamalar – bu galvanik metod bilan metall yoki nometall buyum 
sirtlariga mikrometrning kichik ulushlaridan bir necha millimetergacha qalinlikdagi 
metall qatlamlarini hosil qilishdir. Bunda metall yoki nometall materiallarning 
sirtlarida hosil qilingan qatlamning xarakteristikalarini o‘zgartirish amaliyotidagi 
dolzarb muammolardan biridir. Aniqroq aytganda, sirt xarakteristikalarini 
o‘zgartirish buyum yoki detallarning korroziyaga bardoshligi, qattiqligi, yeyilishga 
chidamligi, o‘tkazuvchanligini oshirish, qarshilikni kamaytirish, kovsharlashni 
yengillashtirish va boshqa fizik xususiyatlarini oshirish imkoniyatlarini berishi 
galvanik usulda qoplamalar qoplashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Bugungi 
kunda, jahonda, xususan, mamlakatimizning ko‘plab ishlab chiqarish sohalarida 
galvanik usulda qoplamalar qoplashga bo‘lgan e‘tibor kuchaymoqda. Jumladan, 
avtomobilsozlik, aviasozlik, radiotexnika va elektrotexnika sanoatida keng 


qo‘llanilib kelinmoqada. Bundan tashqari galvanik usulda qoplamalar qoplash detal 
yoki buyumlarning tashqi dizaynini oshirishda ham keng qo‘llaniladi. Masalan, turli 
mebel, parda karnizlari, eshik ruchkalarining tashqi dizaynini yaxshilash va 
boshqalar.
Qoplama usullarini tasniflashning turli printsiplari 
Xoking va bir qator boshqa tadqiqotchilar qoplama usullarining uch tasnifini 
taklif qilishdi: 

Ma’lum bir muhitning fazaviy holatida qoplama materialining hosil bo'lishi. 

Jarayonning holati bo’yicha, qaysiki qoplama hosil qilishning bir guruh 
metodlar. 

Amaldagi materialning holati. 
Qoplamalar qoplash usullari 
• kimyoviy-termik 
• kimyoviy 
• detanatsion 
fizikaviy 
• plazmali 
• galvanik 
Qoplamalar qoplashning kimyoviy metodlari 

Kimyoviy va elektrokimyoviy qoplamalar tasnifi 

Кимёвий ва электрокимёвий qoplamalar qoplash metodlarining mohiyati 

Kimyoviy qayta tiklash bilan qoplangan metal. Qoplamalar texnologiyasi 
Qoplamalar olishning kimyoviy usuli – bu tashqi manbadan elektr toki mavjud 
bo'lmagan holda tuzlarning eritmasida metall yoki nometall noorganik qoplama 
olish usulidir. Masalan, kimyoviy usulda qoplamalar olish: 

metall qoplamalar – kumush, mis yoki nikellash bilan qayta tiklab olingan 
qoplamalar va boshqalar; 

nometall qoplamalar –oksidlanish, fosfatlash, xromlash bilan olingan 
qoplamalar va boshqalar. Bundan tashqari, qoplamalar qo'shimcha ishlov 
berish uchun ishlatiladi. 



Download 403.42 Kb.
  1   2   3   4




Download 403.42 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Galvanil qoplamalar qoplashning fizik asoslari kursiga kirish

Download 403.42 Kb.
Pdf ko'rish