kamaytirish, kovsharlashni yengillashtirish, rezbali birikmalar yordamida
detallarning birikishini yaxshilash kiradi.
Galvanik qoplamalar detallar sirtiga metall qoplash orqali qayta tiklashda ham
qo‘llaniladi. Bunda mexanizm va mashina detallarining ishdan chiqqan sohalarini
elektrolitik usul bilan qayta tiklanadi.
Galvanik qoplamalar qoplashda quyidagilar talab etiladi:
elektr ta‘minoti tizimlari, yerga ulangan himoya qiluvchi sim, yoritish bilan
jihozlangan elektrolizlash uskunalarini joylashtirish uchun xona;
galvanik jarayon uchun detallar sirtini tayyorlash uskunalari;
galvanik vannalar;
galvanik yoki kimyoviy reagentlar uchun eritmalar;
tok manbai;
texnologik va yordamchi asbob-uskuna va bshqalar.
Galvanik qoplamalarni turli xil mahsulotlarga qo‘llashdan tashqari, quyidagi
turdagi elektrokimyoviy mahsulotlarni qayta ishlash
uchun energiya manbalari
qo‘llanilishi mumkin:
elektrokimyoviy tozalsh (yog‘sizlantirish);
elektrokimyoviy yemirish;
elektrokimyoviy faollashtirish;
elektrokimyoviy silliqlash, pardozlash va boshqalar.
Manbadan foydalanishda umumiy va funksional darajasi texnologik jarayon
samaradorligiga xususan, galvanik qoplamalar, ishlash va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
sifatiga bog‘liq. Zamonaviy yarimo‘tkazuvchili elementlarning paydo bo‘lishi bilan
yuqori quvvatli manbalariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaydi. Tokning
pulsasiya kattaligiga qarab, umumiy tok manbai qo‘llanilishini baholash mumkin.
Ideal holda, galvanik qoplamalarni qo‘llash bo‘yicha turli vazifalarni hal qilish
uchun pulsasiyalanuvchi kuchlanish manbalari yoki pulsasiyani bashqarish mumkin
bo‘lgan manbalar kerak bo‘ladi.
Galvanik jarayonning samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri galvanik
vannada doimiy tok oqimi harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdir. Galvanik jarayon
samaradorligini oshishi faqat galvanik vannadagi doimiy tok oqim yo‘nalishini,
balki katot va anod oqimlarining amplitudasi va vaqtini o‘zgartirish imkoniyatining
mavjudligidadir.
Bundan tashqari galvanik usulda qoplamalar
qoplash samaradorligini
oshirishda bir qancha amaliy va inovatsion texnologiyalar qo‘llaniladi. Ularning har
biri galvanik qoplamalar nazariyasini amaliyotga tadbiq etishda hal qilinadi.
Shuning uchun galvanik qoplamalar nazariyasini amaliyotga tadbiq etish,
texnologiyani materialshunoslik sohalarida qo‘llash usullarini o‘rganish XXI asr fan
va texnika va inovatsion texnologiyalarini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Qoplamalar konstruksiyasi bo’yicha (bir qatlamli, ko'p qatlamli).
Mashinasozlik va sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalar «Materialshunoslik
va yangi materiallar texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarga talabi
yildan-yilga oshib bormoqda. Shuning uchun bu yo‘nalish bo‘yicha raqobatbardosh
va o‘z sohasini yetuk mutaxassisini tayyorlash taqozo etiladi.
“Galvanik
qoplamalar qoplashning fizik asoslari” kursi ushbu yo‘nalishda bakalavrlar
tayyorlashda asosiy
ixtisoslik fani hisoblanib, yo‘nalish bo‘yicha talabalarga
materiallarni yuzalarini turli qoplamabop materiallar bilan qoplash nazariyasi va
texnologiyasi, galvanik qoplamalar qoplashning fizik asoslari bo‘yicha bilim beradi,
ularni soha bo‘yicha bilimlari poydevorini yaratadi va ishlab chiqarish korxonalarida
juda muhim hisoblangan materiallarni puxtalash texnologiyalari bo‘yicha
talabalarda malaka va tajribani shakllantiradi.
“Galvanik qoplamalar qoplashning fizik asoslari” kursining o‘quv rejadagi
boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi.
“Galvanik
qoplamalar qoplashning fizik asoslari” kursi matematik va tabiiy (fizika, kimyo),
umumkasbiy (konstruksion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik, nometall
materiallar va materiallar tuzilishining tahlili va detallar sifatini nazorat qilish
usullari) va ixtisoslik (qizdirish qurilmalari) fanlaridan talabaning yetarli bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lishligi talab etiladi.
“Galvanik qoplamalar qoplashning fizik asoslari” kursini o‘qitishda
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Fanni o‘zlashtirishda
yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda,
interaktiv usullarni
tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlarni
o‘zlashtirishda EHM axborot bazalaridan, INTERNETdan to‘liq foy-dalaniladi.
Bundan tashqari fanni o‘qitishda texnik vositalarning barcha turlaridan keng
foydalaniladi.