Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Laboratoriya ishlarida talabalar zagotovka olish
va detal tayyorlashning
usullari bilan tanishadilar.
1. Elektrokontakt uslubida qoplama olish
texnologiyasi bilan tanishish;
2. Elektrouchqun yordamida qoplamalar olish texnologiyasi bilan tanishish;
3. Lazer energiyasi yordamida qoplamalar olish texnologiyasi bilan tanishish;
4. Galvanik usulda qoplamalar olish texnologiyasi bilan tanishish;
5. Gaz alangasida purkab qoplamalar olish texnologiyasi bilan tanishish;
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:
• darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
• tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
• avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazoratqiluvchi tizimlar
bilan ishlash;
• maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
•
yangi texnika, apparat, qurilma va texnologiyalarini o‘rganish;
• faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tkazish;
• masofaviy (distansion) ta’lim.