Mis boyitish fabrikasi




Download 23,19 Kb.
bet1/3
Sana22.05.2024
Hajmi23,19 Kb.
#250103
  1   2   3
Bog'liq
Представим что я работаю в салоне красоты «, Тз Электроагрегат АБП 5,5 Т230ВХ, Mavzu Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari-fayllar.org, Kapadokiya, письмо Ташалиева У.У, blank-akt-ustanovki-oborudovaniya, navroz bajrami urf-udumlari urf-odatlar, 21.12.1995, Dastgohini kinematik strukturasi, 5-mavzu Qotishmalar va ularning turlari, Ingliz tili zamonlar, Payvandlash , Sklaf, 123, Amaliy ish 1

Mis boyitish fabrikasi - "Olmaliq KMK" AJning dastlabki boyitish fabrikalaridan bo'lib, Qalmoqqir mis-molibden rudasi, 2-mis boyitish fabrikasi mis-molibden konsentrati, Rux zavodi keklari hamda Angren kon boshqarmasi va Kovuldi konining flyus rudalarini qayta ishlaydi.
Fabrika maydoni Piskent tumanidan 28 km uzoqlikda, Olmaliq shahriga nisbatan esa 5,2 km uzoqlikda joylashgan. Fabrika Mis eritish zavodi bilan bir maydonda joylashgan.
Tarixi
Mis-molibden rudalarini o‘rganish jarayoni 1932-yilda boshlangan. 1947-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan kombinat qurilishi uchun loyiha tuzish ishlari boshlangan.
1949-yilda “Giprosvetmet” (Moskva) instituti tomonidan Olmaliq tog‘-kon rudalarini tajribadan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
1950-yilda Olmaliq shahrida yirik kombinat qurilishi ishlari boshlandi.
1953-yili “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan boyitish fabrikasini qurish uchun loyihaviy topshiriq ishlab chiqilgan va keyinchalik ushbu loyiha bir necha marotaba o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olib 1956-yilda tasdiqlandi.
1958-yilda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan texnik pasport ishlab chiqilgan.
1961-yil iyun oyida Mis boyitish fabrikasining birinchi seksiyasi ishga tushirilgan, keyinchalik 1962-yil mobaynida to‘rtta seksiya ishga tushirildi. Beshinchi seksiya 1970-yilda, 6-9 seksiyalar 1965-1967-yillar mobaynida foydalanishga topshirildi.
1973-1974-yillarda 1-4 seksiyaning rekonstruksiya ishlari tugatilib, ishlab chiqarish quvvati 3,7 million tonna rudani qayta ishlashga tenglashdi.
6-9-seksiyalarning rekonstruksiya ishlari 1983-yilga to‘g‘ri kelgan.
1986-1988-yillarda “Mexanobr” (Leningrad) instituti tomonidan 8,8 mln tonna rudani qayta ishlashga mo‘ljallangan 2,5 seksiya hajmida sulfidli va oksidli rudalarni qayta ishlash maqsadida 2-maydalash va boyitish majmuasi foydalanishga topshirildi. Biroq keyinchalik oksidlangan rudalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan texnologik kompleksning qurilish ishlari yakuniga yetmagani sabab, tarkibida 2 ta tegirmon bilan yarim seksiya sulfidli rudalarni qayta ishlashga topshirildi.
1992-yilda 1-monoseksiya, 1995-yilda 2-monoseksiya foydalanishga topshirildi. 1-uchastka flotoparki rekonstruksiyasi vaqtida FMR–6,3 flotomashinalari FPM–16 flotomashinalariga almashtirildi.
2004-yilning may oyidan 2005-yilning dekabr oyiga qadar 2-uchastkada texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. 6-,7-,8- va 9- seksiyalarning hisobiga 3- va 4-monoseksiyalar vujudga keldi hamda FPM-12,5 flotomashinalari SP ZAO “IVS” RIF-45 va RIF-25 flotomashinalariga almashtirildi.
2010-yilning sentabr oyidan dekabr oyigacha 10-12-seksiyalarda texnik qayta jihozlanish ishlari amalga oshirildi. Ushbu seksiyalarning birlashishi natijasida 5-monoseksiya vujudga keldi.
1-uchastkaning avvalgi 5-seksiyasi maydonida 6-monoseksiya foydalanishga topshirildi. Rekonstruksiya vaqtida SP ZAO «IVS» RIF-45 va RIF-25 flotomashinalari ishga tushirildi.
Yangi monoseksiyalarning foydalanishga topshirilgan sanalari:
- 5-monoseksiya 2010-yilning noyabr oyida;
- 6-monoseksiya 2010-yilning dekabr oyida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida “MBF maydalash va yanchish bo‘linmalarining rekonstruksiyasi” ishlari amalga oshirildi.
2013-yil fevral oyida birinchi bosqich yakuniga kelib, 2-MBM 11-seksiyasida 2 ta 2-bosqich tegirmonlari foydalanishga topshirildi.
Keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini bir me'yorga keltirish va sarf harajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Olmaliq KMK” AJni 2009-2015-yillar mobaynida modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi” asosida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2016-yil dekabr oyida loyihaga asosan, yanchish va flotasiyalash sexi tarkibida maydalash va yanchish bo‘linmasi jag‘li maydalagich PEJ 1521 (ShDP 15x21), yarim o‘zi yanchuvchi tegirmon MMPS-9500x5400 va 2 ta MShS-5800x8100 sharli tegirmonlari bilan foydalanishga topshirildi.
2016-yil oktyabr oyidan mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi filtrlash va quritish bo‘linmasini qayta jihozlash maqsadida 3 ta KA400/1600-Z1.1 press-filtrlarining montaj ishlari amalga oshirildi. 100 tn/soatiga ishlab chiqarish quvvati bilan filtr-presslash uchastkasi 2017-yil fevral oyida foydalanishga topshirildi.

Download 23,19 Kb.
  1   2   3




Download 23,19 Kb.