|
Mis boyitish fabrikasi
|
bet | 3/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 23,19 Kb. | | #250103 |
Asosiy mahsulotlari
Mis boyitish fabrikasi mis va molibden mahsulotini ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar har yili tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan TIK (texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar) asosida belgilanadi. Mis konsentrati MBF tayyor mahsuloti hisoblanadi va mis eritish zavodiga qayta ishlash maqsadida yuboriladi.
Mis boyitish fabrikasining birlamchi ishlab chiqarish quvvati yiliga 39600 ming. tonnani tashkil qilgan, jumladan 1-sonli maydalash sexi (1-9 seksiyalar) – 29800 ming.tonna, 2-maydalash va boyitish majmuasi (10-12 seksiyalar) – 9800 ming. tonna.
1990-yilda rudalarni yanchilish darajasi 20% ga salbiylashgani sababli yillik ishlab chiqarish quvvati 29120 ming.tonnaga o‘zgartirilgan (yanchilish darajasi bo‘yicha tajriba ishlari “Mexanobr” instituti tomonidan amalga oshirilgan)
Hozirgi kunga kelib MBF yillik ishlab chiqarish quvvati 37,5 mln tonnani tashkil qilmoqda.
Yakuniy tayyor mahsulot Ts 00193950-013 “Mis konsentrati. Texnik talablar” (rus tahrirda) va Ts 00193950-050 “Molibden sanoat mahsuloti. Texnik talablar” (rus tahrirda) tashkilot standartlari asosida ishlab chiqarilgan konsentratlar hisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar
Rangli metallar metallurgiyasi, A.S.Hasanov, Q.S.Sanaqulov, A.A.Yusupxadjayev, Fan, T.: 2009
Erta bugundan boshlanadi, O.Dadayeva, L.Filippovich, KolorPak MCHJ, T.: 2020
Almalikskiy jemchujina, V.Sigedin, Sharq, T.: 1999
Ezgulikka baxshida umr, O.Dadayeva, U.Karimov, Q.Sanaqulov, A.Haydarov, U.Orudjov, A.Hasanov, A.Rasulov, L.Filippovich, A.Komilov, Mashhur-Press, 2018
https://www.agmk.uz/oz/complex/copper-concentrator-plant
|
| |