• Kalit sо‘zlar: raqs, milliylik, xoreografiya san’ati, baletmeyster, bastakor, musiqa, kuy, ansambl. АННОТАТЦИЯ
  • Ключевые слова: танец, национальность, хореографическое искусство, балетмейстер, композитор, музыка, мелодия, ансамбль. ANNOTATION
  • Key words: dance, nationality, choreographic art, choreographer, composer, music, melody, ensemble.
  • Atiga baxshida baxtli umr. Baxtiyor aliyev yaratgan raqs musiqiy durdonalari




    Download 0.9 Mb.
    bet1/2
    Sana26.10.2023
    Hajmi0.9 Mb.
    #90528
      1   2
    Bog'liq
    M.Muxamedova-Nafosat olami
    Graflarda eng qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Lug‘atlar va u-kompy.info

    RAQS SAN’ATIGA BAXSHIDA BAXTLI UMR.
    BAXTIYOR ALIYEV YARATGAN RAQS MUSIQIY DURDONALARI
    О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
    San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta о‘qituvchisi
    Muxamedova M.A
    ANNOTATSIYA
    Maqolada О‘zbekiston san’ati ustasi, bastakorining ijrochikik faoliyati, kompozitor va xoreograflarning hamkorliklari haqida gapiriladi. Respublikada raqs san’atining bosqichma-bosqich bosib о‘tgan ijodkor, ulug‘ ustozlar qо‘lida tahsil olgani va ishlagani. Bastakorning nodir musiqiy asarlari alohida aytib о‘tilgan.
    Kalit sо‘zlar: raqs, milliylik, xoreografiya san’ati, baletmeyster, bastakor, musiqa, kuy, ansambl.
    АННОТАТЦИЯ
    В статье говорится о творчестве мастера искусств Узбекистана, композитора, сотрудничестве композиторов и хореографов. Дело в том, что он учился и работал под руководством творческих, замечательных педагогов, прошедших этапы танцевального искусства республики. Отдельно упомянуты редкие музыкальные произведения композитора.
    Ключевые слова: танец, национальность, хореографическое искусство, балетмейстер, композитор, музыка, мелодия, ансамбль.
    ANNOTATION
    The article talks about the work of the master of arts of Uzbekistan, composer, cooperation between composers and choreographers. The fact is that he studied and worked under the guidance of creative, wonderful teachers who went through the stages of the dance art of the republic. Rare musical works by the composer are mentioned separately.
    Key words: dance, nationality, choreographic art, choreographer, composer, music, melody, ensemble.

    О‘zbek musiqa madaniyati qadimiy va rang-barang, ayni paytda yangi zamon an’analarini о‘zida mujassam etib rivojlanmoqda. Bunda avvalo benazir xalq musiqasi, mumtoz musiqiy meros, milliy bastakorlik hozirgi zamon bastakorligi, shuningdek xalq havaskorligi hamda jо‘shqin ommabop estrada ijodiyoti kabi serjilo jabhalar namoyon bо‘ladi. Istiqlol sharofati bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga bо‘lgan diqqat-e’tibor, unutilayozgan an’analarimizni tarixan qisqa muddat ichida qayta tiklanishi, muttasil taraqqiy ettirish maqsadidagi yangilanish, isloh etish jarayonlarida ustivorlik kasb etdi. Shuningdek qо‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-musiqiy aloqalarni о‘zaro boyitish yо‘lida rivojlantirish sayi-harakatlari ham dolzarb ahamiyatga ega bо‘ldi.


    О‘zbek xalqining ma’naviy gо‘zalligi asrlar davomida kelayotgan kuy- ohanglarida о‘zining ajoyib, betakror badiiy in’ikosini topgan. Ulamolarimiz ta’riflardan biriga kо‘ra, musiqa-inson ruhining oziqidir. Binobarin, milliy musiqa kо‘p asrlar davomida ajdodlarimiz boy ma’naviyatining, teran tafakkurining, barkamol ruhiyatining sadolardagi jonli ifodasi va ayni paytda yangi buyuk davlat bunyodkori bо‘lmish jamiyatimizning ruh, quvvatidir.
    Ayni vaqtda qadimiy va boy musiqiy merosimiz yangi davrlarda qaror top­gan bastakorlik an’analarini ham о‘zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda.
    О‘zbekiston xalq artisti davlat mukofati laureati, bir necha orden va medallar sohibi. Mastona xiroman aylar rakossa. Bu ne kuy, maloxat atib taralar Bastakor Baxtiyor oxanglaridan Yurak parchalovchi otash yaralar.
    U 1938 yili Toshkent shaxrining qashqar maxallasida ziyoliylar oilasida tavallud topgan. 1945 yili 5-maktabga boradi.
    Baxtiyor Aliyev bilan suhbat uyushitganimda ustoz menga о‘z navqiron davrlarini xotirlab, “о‘kib yurgan kezlarim baxor faslining sо‘ngi oylarining birida deb xotiralaydi Baxtiyor aka sinf raxbarimiz matematika о‘kituvchisi Axmadjon aka barcha о‘qituvchilarimizni san’at saroyiga olib bordilar, shu sabab bо‘ldimi kundan kunga musiqaga tobora mexr qо‘ya boshladim. Ustozlarimdan Sayfi Jalil, professor Axmadjon Odilovlardan milliy musika asboblaridan sobok oldim. Ayniksa chang asbobi meni о‘zgacha rom etardi. Uning tovush pardalari tilga kirganda vijidimda yekimli xayajon titrok paydo bulardi. Men uning asiriga aylangadim. San’at saroyi bi birgalikda musika maktabini tugalladim, xa baxor faslidagi kizikishim, tanlagan yulim bora-bora yillar osha “Baxor” dargoxiga yetakladi. U yerda bahorning beqiyos g‘unchalari, turfa raqs malikalari bilan shiladim. Ularga 300-dan ortik kuy bastaladim. 1965 yildan buyon “Baxor”ning musika raxbariman. Men uzimni ismi-jismimga monan tо‘liq Baxtiyor deb xisoblayman”- deydi.1

    Baxtiyor Aliyev 1953 yili Xamza bilim yurtiga kiradi. Shu orada Temiriulchilar qoshidagi orkestrga ham qatnashib keladi. Unga О‘zbekiston xalq artisti Xakim Nishonov rahbarlik qilib kelgan. Bu orkestr usha davrning obrо‘li, e’tiborli orkestrlardan sanalgan. 1955 yilda 1957 yilga qadar О‘zbekiston ashula va raqs ansambliga ustozi tavsiyasi bilan ishga qabul qilinadi. 1957 yil katta tanlovlar bilan “Baxor” ansamblga tanlov jarayonidan, ya’ni Kamtar Otaboyev, Boboraxim Amirzayev, Sharif Ramazonii, Muxammadjon Mirzayev, Isohor Oqilovlar kurigidan muvafakiyatli, utib Mukarrama opa qо‘liga keladi. Yuqorida sanalgan katta ustozlar kumagida katta zafarlarga sazovor bо‘ladi. 1958 yili u kuy bastalashga bel bog‘laydi va ansambl sozandalari yurukiga “Bahor nashidasi” nomli kuy bastaladi. 1961 yilda Finlyandiyada bо‘lib о‘tgan. VIII jahon festivaliga “Shо‘xi pari” raqsiga musiqa bastalaydi. Kuy va raqs shu darajada uyg’unlashib ijro etilgani, “oltin medal” sovrindoriga aylanib qaytadi.2
    1956 yili konservatoriyaga xujjat topshiradi, ammo 3 yil o’tgach, to’liq tugatolmay tashlab ketishga majbur bо‘ladi. Sababi gastrollarning kupligi “Baxor”ning jaxonga yuz tutaboshlaganligi. Bastakorning ansambldagi anik urni 1963 yilda Baxtiyor aka “Baxor” ansamblining rakossasi Karima Raxmatullayeva bilan takdir ipini boglaydi. Tez orada Baxtiyor Aliyev populyar bastakorga aylanadi. U mashxur ustoz san’atkorlar Mukarrama Turg‘unbayeva, Isohor Oqilov, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmayilovalarga va xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlarga qо‘l bilan sanoqsiz gо‘zal ohanglar yaratadi. Baxtiyor Aliyev nafaqat kuchli bastakor balki bilim doyrasi keng kamtar inson, dili toshqin ijodkor, xazil mutoibani qadrlaydigan yumorist, safarlarda zeriktirib qо‘ymaydigan talay-talay xandalarga boy sherik ham edi.3
    Zaxmatkash, yetuk qirrali ijodkor о‘z musiqiy sadolari ila faxrli “Mustaqillik”, “Navrо‘z” davlat bayramlarimizdan yuzdan ortiq musiqiy asarlar yaratib, sozandalarga rahbarlik qilganlar. Asarlari radio, televideniye, kino ekranlarida juda kо‘p marotaba yangragan. Hordiqdan nari ijodkor qadrdon “Bahor” ansamblida musiqa rahbari, ustoz darajasida ham о‘z shogirdlariga ega.
    Bastakor ikki qizining faxrli otasi va uch о‘g‘il nabiraning sevimli bobojonisi bо‘lgan.
    Baxtiyor Aliyevning bastakorlik san’atida erishgan muvaffaqiyatlarini, umuman olganda, uning ijodidan hayotga yо‘l olgan raqslarni, musiqalarni, qо‘shig‘u-cholg‘u kuylarini san’atkorlar qalb harorati va dillarida о‘rin olganligini alohida ta’kidlab о‘tish joiz albatta. Zero, bu kuylarda bastakor xalqimizning mehnat jasoratini, tabiatni, gо‘zalligini va ona zaminga muhabbati tarannum etardi.
    Xalqimiz ardoqidagi ushbu kamtarin bastakor 2019 yilning 27 martida bizni tark etdi.





    Download 0.9 Mb.
      1   2




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atiga baxshida baxtli umr. Baxtiyor aliyev yaratgan raqs musiqiy durdonalari

    Download 0.9 Mb.